Tug`ilgan joyi: Toshkent shahri;
Burji: Dalv;
Kasbi: hozircha xonanda va talaba;
Oilaviy ahvoli: uylanmagan;
Oilasi: 5 kishi - otasi O`ktam Shodmonov, onasi - Shohida Shodmonova, ukalari - Farrux va Xurshid.
Xobbisi: Qo`shiq kuylash va veb-dizaynerlik;
Yoqtirgan ranglari: qizil, oq, qora;
Yoqtirgan raqami: 7 va 17;
Eng uzoq vaqt yaratilgan qo`shig`i: "Salomaley";
Sevimli bayrami: Barcha bayramlar;
Yoqtirgan taomi: Palov (ovqat tanlamaydi);
Muxlislardan olgan eng aziz sovg`a: ISHONCH
Yoqtirgan gullari: atirgul va lola;
Duetlarining eng omadlisi: Shahzoda va jiyani Sarvar bilan kuylangani;
Sevimli sport turi: stol tennisi va katta tennis;
Jami qo`shiqlarining soni: 50 dan ortiq;
Orzu qiladi: Ota-onasini umrining oxirigacha baxtli qilishni va duolarini olib yashashni;
Sevimli aktyorlari: Bred Pitt va Jan Klod Van-Damm;
Sevimli aktrisalari: Anjelina Joli;
Qo`rqadi: Allohning qahridan;
Ilk qo`shig`i: "My definition" ("Mening tushuncham"). Bu qo`shiqi o`quvchilik paytida yaratilgan;
Eng yaqin do`stlari: Ota-onasi;
San`atkorlar orasida do`stlari: Jamshid ("Afruz" guruhi);
Bolaligida ... juda ham kamgap bo`lgan;
Ilk ishlab topgan puliga ... gul sotib olgan. Bu gul 5-sinfdaligida yoqtirgan qizi uchun sotib olingan edi;
Yoqtirgan fasllari: qish va bahor;
Havas qiladi: repperlar qiroli Tupakka;
Fe`l-atvori: og`ir, bosiq, kamgap;
Biladigan chet tillari: rus va ingliz tili;
Gastrollari: Butun respublikamiz bo`ylab;
Onasiga yoqqan klipi: "Balandda";
Ijodiy yangiligi: muxlislar orasiga asl "rep" tushunchasini olib kirganligi;
Sevimli qo`shiqchilari: Sherali Jo`rayev va Sevara Nazarxon;
Faoliyat yuritadi: "Panterra" studiyasi;
Qachon jahli chiqadi: manman va va`daboz insonlarni ko`rsa;
Xit qo`shiqlari: Deyarli barcha qo`shiqlari;
Yaxshi ko`radi: xushmuomala va ochiqko`ngil insonlarni;
Eng katta va ilk yakkaxon konserti: 2006 yil 17-19 fevral kunlari "Xalqlar Do`stligi" saroyida bo`lib o`tgan. Mazkur konsertda ijro etgan 20 ta qo`shig`ining 17 tasini jonli ijro etgan;
Yoqtirgan asari: "Fir`avn";
Eng ashaddiy muxlisasi: Gulrux va Shaxnoza;
Tushkun kayfiyat paytida... shiftga qarab yotadi;
Ilk dastxatini: 2004 yil "Tarona" konsertidan so`ng yoshgina qizchaga bergan;
Ilk xit-qo`shig`i: "Xayr bevafo";
Sevimli tennischilari: Iroda To`laganova va Anna Kurnikova;
Oldidagi maqsadi: O`z mutaxassisligining ustasi bo`lish;
Ajoyib xislati: U doim uyda ovqatlanadi, shu bois restoran va kafelarda ovqatlanmaydi;
Kiyinishi: kayfiyatiga qarab;
O`zbek repperlaridan tan oladigani: Sobiq "Al-vakil" guruhi;
Maktab davrida ... 3-4-sinfgacha hech kim bilan gaplashmagan;
Tanqidga munosabati: e`tibor bermaydi;
Yoqtirmaydi: Ko`p savol berganlarni;
Yoqtiradi: Sekin yog`ayotgan qorni;
O`ziga o`rnak deb biladigan inson: Otasi;
Shiori: "Faqat olg`a!";
She`riyatda... U rus tilida bir necha she`rlar yozgan;
Ko`zoynak: Ko`rish darajasi sustlashganligi bois ko`zoynakka ehtiyoj sezadi;
Boshchilik qiladi: "Aks" nomli guruhga;
Tuhfasi: Yangi yil arafasida taniqli qiziqchi Obid Asomovga qo`l soati sov`a qilgan;