Shukrullo (ismi va taxallusi; familiyasi Yusupov) (1921.2.9, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq shoiri (1981). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1977). Pedagogika bilim yurti (1935—38) va Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1944), 1938 yil Qoraqalpogʻistonda, 1939—45 yillarda Toshkentda oʻqituvchilik qilgan. Keyin Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi (1945—49), Oʻzbekiston davlat nashriyotida muharrir (1945—51; 1955—65). 1951 yilda millatchilik va sovetlarga qarshi targʻibotda ayblanib, 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan, Stalin vafotidan keyin ozod etilgan (1955).
Ilk sheʼrlar toʻplami — "Birinchi daftar" (1949). Shundan keyin uning "Qalb qoʻshiqlari" (1949), "Hayot ilhomlari" (1959), "Umrim boricha" (1960), "Inson va yaxshilik" (1961), "Inson — inson uchun" (1964), "Zarralar" (1973), "Suyanchiq" (1977), "Yashagim keladi" (1978), "Sening baxting" (1988), "Toʻkilgan dardlarim" (2001) kabi sheʼriy toʻplamlari eʼlon qilingan. Shukurillo lirik sheʼrlarida sevgi va vafo, mehr va oqibat singari insoniy qadriyatlarni uluglab, kitobxonda yalqovlik, loqaydlik, kalondimogʻlik, hasadgoʻylik, gʻarazgoʻylik kabi illatlarga nisbatan nafrat tuygʻusini uygʻotishga intilgan. Lirik qahramonning ruhiy olamida kechgan va kechayotgan evrilishlarni inson va jamiyat, inson va tabiat oʻrtasidagi uzviy aloqani tasvirlash orqali koʻrsatib bergan.
Skukurillo "Chollar" (1948), "Rossiya" (1956), "Ikki qoya" (1964), "26 tong otari" (1966), "Gul va otash" (1972), "Koʻngil chirogʻi" (1975), "Asr bahsi" (1985) va boshqa dostonlarini yozgan. Shahrining bolalarga bagʻishlangan sheʼr va ertaklari "Bahor sovgʻasi" (1962), "Yulduzlar" (1964) sheʼriy toʻplamlaridan oʻrin olgan. "Xatarli yoʻl" (1962), "Tabassum oʻgʻrilari" (1964), "Toʻydan keyin tomosha" (1980), "Oʻgʻrini qaroqchi urdi" (1982), ustoz yozuvchilarning ijodi tajribalari toʻgʻrisida bahs yurituvchi "Javohirlar sandigʻi" (1983) essesi, qatagʻon davri dahshatlari haqidagi "Kafansiz koʻmilganlar" (1989) avtobiografik qissasi, "Qasosli dunyo" (1994) publitsistik maqolalar toʻplami, Ubaydulla Xoʻjayev toʻgʻrisidagi "Tirik ruhlar" (1999) roman-xronikasi muallifi.
Shukurillo Karlo Gotssining "Baxtiyor gadolar" pyesasi, Sh.Petyofi, T.Shevchenko, Q.Quliyev va boshqalar shoirlarning sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Uning asarlari rus, arab, turk, ozarbayjon, qoraqalpoq, qozoq, qirgʻiz tillarida nashr etilgan. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1994). "Doʻstlik" (1994) va "Elyurt hurmati" (1999) ordenlari bilan mukofotlangan.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.