Shukur Holmirzayev

Yozuvchi
Shukur Holmirzayev
Tavallud sanasi:
24.03.1940 yil
Vafot sanasi:
2005

Taniqli adib Shukur Xolmirzayevning hikoya, qissa va romanlari tesha tegmagan voqealarga bag‘ishlanganligi, xarakterlarga boyligi bilan ajralib turadi. Talabalik yillarida o‘z qissalari bilan o‘zbek adabiyotiga kirib kelgan adib - Shukur Xolmirzayev adabiyot sohasidagi xizmatlari uchun Hamza nomidagi respublika Davlat mukofotiga.

Shukur Xolmirzayev 1991 yilda esa O‘zbekiston xalq yozuvchisi unvoniga musharraf bo‘lgan.

Shukur Xolmirzayev 1940 yili Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tavallud topdi. U o‘rta maktabni tugatib, Toshkent Davlat universitetida tahsil oldi.

Shukur Xolmirzayev hozirga qadar kitobxonlarga juda ko‘p hikoyalar, bir necha qissa va romanlarni taqdim etdi.

Shukur Xolmirzayev o‘zbek hikoyachilik san’atining ustozi Abdulla Qahhordan keyin yangi, yuqori bosqichga ko‘targan yozuvchilardan biridir. Uning hikoya, qissa va romanlari tesha tegmagan voqealarga bag‘ishlanganligi, xarakterlarga boyligi bilan ajralib turadi.

San’atkor dramaturgiyaga ham qo‘l urib, «Qora kamar» pesasini yozgan, unda 20-yillarning boshlarida milliy ozodlik yo‘lida olib borilgan kurash aks ettiriladi.

Shukur Xolmirzayev adabiyot sohasidagi xizmatlari uchun Hamza nomidagi respublika Davlat mukofotiga, 1991 yilda esa O‘zbekiston xalq yozuvchisi unvoniga musharraf bo‘lgan.

Adib 2005 yilning kuz oylarida bu dunyo bilan abadiy xayrlashdi.

Uning ilk qissasi «Oq otli» tog‘ bolalari hayotidan hikoya qiladi. Shukur Xolmirzayevning talabalik yillarida yozilgan «To‘lqinlar», (1963), shuningdek, «O‘n sakkizga kirmagan kim bor?» (1965) qissalari o‘z avlodi - tengqurlari hayotiga bag‘ishlangan.

Muallifning keyingi asarlari - «Olis yulduzlar ostida», «Hayot abadiy», «Og‘ir tosh ko‘chsa...», «Bodom qishda gulladi» (1968), «So‘nmas olov» (1985), «Tog‘larga qor tushdi» (1987) hikoyalar to‘plami, «So‘nggi bekat», «Qil ko‘prik», «Yo‘lovchi», «Olabo‘ji» romanlari chop etildi.

Nega adib romanlaridan birini «Olabo‘ji» deb atadi? Kim o‘zi - Olabo‘ji? Asarni o‘qiganingizda, anglaysizki, Olabo‘ji - sho‘ro tuzumining yashash tarziga bo‘yin egmagan, milliy qadriyatlarimizga ixlosi baland bir devonadir. Devona? Yo‘q, unday emas: bu devona - buyuk arxeolog (qadimshunos), ayni chog‘da o‘ziga xos o‘jar bir insondirki, hayotning zarbalaridan qochib, tabiat bag‘riga chekinadi. Shu bois «Jinni» laqabini oladi va oqibat jinnixonaga jo‘natiladi.

Shukurning so‘nggi romani «Dinozavr»dir. Muallifning aytishicha: «Kuchlilar yengadi, kuchsizlar yengiladi, deyilgan nazariya noto‘g‘ri! Agar kuchlilar yengish qobiliyatiga ega bo‘lganlarida, avvalo, dinozavr yenggan bo‘lardi. Yo‘q, u o‘ladi. Sabab? U shakllanib bo‘lgan. Shundoqda: ko‘p mardlar maydonga kiradilar. Ular o‘limlarini bilishadi. Ammo ular uchun orqaga yo‘l yo‘q. Qo‘rqoqlarchi? O‘shandayoq kavaklariga kirib o'lishganlar...»

Bunday qarash qanchalik munozarali bo‘lmasin, muallifning bugungi kun - yangi asrni qabul qilishdagi ziyolilar fojiasi va iztiroblarini aks ettirishda o‘ziga xos bir yo‘lni tutgani sezilib turadi.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/holmirzayev_shukur
Sayt foyda berdi!
42585 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2023
Obuna va GoodGroup loyihasi