Sirojiddin Sayyid - iste’dodli va izlanuvchan shoir. U tafakkurining yangiligi, teranligi, ruhiyat shoiri ekanligi bilan e’tiborga sazovor. Uning she’riyatida xalq og‘zaki ijodiga xos sodda, lo‘nda ifoda usuli mumtoz adabiyotimiz ohanglari bilan uyg‘unlashib ketadi. 2006 yilda unga «O‘zbekiston xalq shoiri» unvoni berildi.
Sirojiddin Sayyid 1958 yilda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi Kundajuvoz qishlog‘ida matalgo‘ylik, dostonchilik urf bo‘lgan oilada tavallud topgan.
Shu kungacha Sirojiddinning «Ruhim xaritasi», «Salqin xarsanglar kaftida», «Sevgi mamlakati», «Asragil», «Mehr qolur, muhabbat qolur», «Kuydim» va «Vatanni o‘rganish» kabi bir qator she’riy to‘plamlari nashr bo‘ldi. Agar uning birinchi «Orzu» nomli she’ri 1975 yilda chop etilgan bo‘lsa, birinchi to‘plami «Ruhim xaritasi» nomi bilan 1985 yilda bosilib chiqdi. Sirojiddin Sayyid - hamisha uyg‘oq shoir. U dunyo va qishlog‘ida, zamondoshlari, do‘st-u yorlari qalbida kechayotgan o‘zgarishlardan, yangilanishlardan voqif.
Xuddi shu jihatdan qaraganda shoirnint «Vatanni o‘rganish» (1996) nomli to‘plamiga kirgan she’rlarda «Kuydim» (1994) to‘plamida qulf ura boshlagan go‘zal va mungli tuyg‘ulari yanada chuqurlashgan.
Sirojiddin Sayyidning ona Vatan haqidagi tuyg‘ulari yangi nur, yangi ruh kasb etgan. «Vatan abadiy» (2001) «Ustimizdan o‘tgan oylar» (2003), «Ko‘ksimdagi zangorlarim» (2005), «Qaldirg‘ochlarga ber, ayvonlaringni» (2006) nomli she’riy to‘plamlarida Sirojiddin Sayyid she’riyatida xalq og‘zaki ijodiga xos sodda, lo‘nda ifoda usuli mumtoz adabiyotimiz ohanglari bilan uyg‘unlashib ketadi.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.