Sulaymon Shodmonov

Dirijyor
Sulaymon Shodmonov
Tavallud sanasi:
15.09.1938

Shodmonov Sulaymon Nurillayevich (15.09.1938, Buxoro) — dirijyor, O‘zbekiston xalq artisti (2000). Toshkent konservatoriyasini xor dirijyorligi (1960) hamda operasimfonik dirijyorligi (1975) ixtisosliklari bo‘yicha tugatgan.

Navoiy teatrida xormeyster (1960-1966), bosh xormeyster (1966-1980), Leningrad opera va balet teatrida dirijyor-stajer (1980-1982), Toshkent operetta teatrida dirijyor (1982-1991), Navoiy teatrida bosh xormeyster va dirijyor (1991 yildan).

Musiqali teatr sahnasida bir necha operetta («Boyadera», I.Kalman; «Gusar uylanishi», G.Gladkov va boshqalar), o‘zbek («Buyuk Temur», A.Ikromov; «Al-Farg‘oniy», M.Bafoyev; «So‘g‘d elining qoploni», Ikrom Akbarov) hamda Yevropa mumtoz («Lyuchiya di Lammermur», «Tungi qo‘ng‘iroqcha», G.Donitsetti; O‘zbekistonda ilk marta) operalarini dirijyor sifatida sahnalashtirgan.

1974 yili Respublika “Qo‘shiq bayrami”ni bosh xormeyster va dirijyori etib tayinlandi.U uch yil mobaynida Hamza nomidagi Toshkent musiqa bilim yurtini vokal va dirijyor-xor bo‘limining Davlat imtihon komissiya raisi bo‘lgan.

1974 yil S.Shodmonov professor Muxtor Ashrafiyning shogirdi bo‘lgan va opera-simfoniya dirijyorligi bo‘limini bitirdi. Uning diplom ishi A.Navoiy nomidagi DABT sahnasida qo‘yilgan Verdining “Aida” operasi bo‘ldi.

1980-1982 yillarda S.Shodmonov Sankt-Peterburgdagi Mariinskiy teatrida dirijyor sifatida malakasini oshirgan, shundan so‘ng Toshkent teatr operettasida dirijyor-postanovkachi bo‘lib: I.Kalmanning “Boyader”, G.Gladnevning “Gusarning uylanishi”, A.Solinning “Xonimlar va gusarlar”, A.Berninning “Mening orzuimdagi qaldirg‘och” operettalarini sahnalashtirdi.

1991 yildan A.Navoiy nomidagi DABTda bosh xormeyster bo‘lib ishlab kelmoqda. S.Shodmonov xor kollektivi rahbari sifatida 60 dan ziyod spektakllarni tayyorlash va sahanaga qo‘yishda ishtirok etgan. 1978 yil dirijyorga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoniga sazovor bo‘ldi. 2000 yil unga “O‘zbekiston xalq artisti” unvoni berildi.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/shodmonov_sulaymon_nurillayevich
Sayt foyda berdi!
48796 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2023
Obuna va GoodGroup loyihasi