Sunnatilla Anorbоyev

Yozuvchi
Sunnatilla Anorbоyev
Yozuvchi
Tavallud sanasi:
1922 Sentyabr 9
Vafot sanasi:
2003 Aprel 1

Adabiyot tarixida shunday yozuvchilar borki, o’z ijodini bolalarga bag’ishlangan asarlar bilan boshlaydi-yu, keyin kattalar adabiyotiga o’tib ketgan bo’ladi. Yoki aksincha, kattalar adabiyotida qalamini charxlab, so’ngra beg’ubor bolalik dunyosiga qaytadi. Sunnatilla Anorboev bolalar dunyosini g’oyat rang-barang va murakkabligini ularning nigohi bilan kuzatish, his etish va tasvirlash yo’lidagi mahorati va chuqur hayotiy tajribasi bilan yorqin tasvirlab bera oldi.

Tarjimai hol

Sunnatilla Anorboev yozuvchi sifatida bu yo’llardan bormaydi. U adabiyotni yaxlit badiiy hodisa tarzida tushundi va ijodida ham shunga to’la amal qildi. Kattalar hayotidan olingan «Oqsoy», «Sayli» romanlari bilan birga bolalarga bag’ishlangan «To’rtko’zning boshidan kechirganlari» qissasi ketma-ket dunyo yuzini ko’rdi. 

1922 yilning 9 sentyabrida ko’hna Turkistonning Qarnoq qishlog’ida tavallud topgan bo’lajak adib ikkinchi jahon urushidan qaytgach, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti tahsil ko’radi. So’ngra tahririyatlarda faoliyat ko’rsatadi. 

Uning ijodida chorvador va ovchilar hayotiga bag’ishlangan asarlar yetakchi o’rin tutadi. O’z mavzuiga «sodiq» yozuvchi har asarida o’z-o’zini takrorlamaydigan holda yangi obrazlar yaratadi, tabiatni asrash bilan bog’liq dolzarb masalalarni ko’tarib chiqadi. «Oqsoy», «To’rtko’zning boshidan kechirganlari», «Sulaymon ovchi va uning iti haqida», «Musicha bilan qaldirg’och qissasi» boringki, so’nggi asari – «Suzib borar arxarlar»da ham cho’pon-cho’liqlar va ovchilar hayoti qalamga olingan. 

Yozuvchining «To’rtko’zning boshidan kechirganlari» nomli qissasi bir necha bor e’lon qilindi. Asar kichik kitobxonlarga ham ma’lum. Qissa yutug’i adibning ijod mashaqqatlaridan cho’chimay, astoydil izlanishlari bilan bog’liq.

S.Anorboev mazkur asarida «To’rtko’zning sarguzashtlari» orqali o’quvchini bir tomondan, hayvonot olami bilan tanishtirsa, ikkinchi tomondan, to’g’rilik, mardlik va sofdillik singari yuksak insoniy fazilatlarni targ’ib etadi.

Yozuvchining hikoyalash uslubiga ko’ra kichik yoshdagi kitobxonlarga mo’ljallangan «To’rtko’zning boshidan kechirganlari» qissasidagi To’rtko’z, Olapar va Ko’ppaklar baayni inson tiliga tushunadi. 

Asar bosh qahramoni To’rtko’z vafodorlik timsoli u asarda yaxshilik bilan yomonlikning farqiga bormaydigan jirtaki ko’ppakka qarshi qo’yiladi. Ko’ppak ochko’zligi, mo’ltoni va yaltoqligi tufayli o’quvchi nafratiga uchrasa, To’rtko’z insonga sodiq va vafodorligi bilan e’tiborni tortadi. Uning suruvni bo’rilardan qo’riqlashda onasi olaparga astoydil yordam berishi, boshqalarga nisbatan halol va pokligi kishini cheksiz hayajonlantiradi.

To’rtko’zga xos fazilatlardan yana biri maqtanishni bilmasligidir. Qoravoyning o’rtoqlari uni eng zo’r bo’ribosar it deb olqishlaganlarida To’rtko’z buni o’zining burchi sifatida e’tirof qiladi. Kamtarlikni targ’ib qilishda bu juda muhimdir. 

Qissada el-yurt ishiga fidoyilik, sodiqlik, umummanfaati yo’lida kurashish kabi yuksak hayotiy g’oyani bolalar tushunchasi darajasida ifodalashda To’rtko’z, Olapar obrazlari muvaffaqiyatli qo’llangan.

Adibning «Suzib borar arxarlar» nomli yangi qissasida esa professor Aziz Nurievich va Qo’chqor bilan To’rabek va Rabbimovlar o’rtasidagi ziddiyat tasviri orqali tabiatni asrash g’oyasi ilgari suriladi. 

Tabiatni asrash hamisha insoniyat oldidagi asosiy masalalardan biri bo’lib kelgan. Ushbu muammoni bolalarning bilim saviyasi va hayotiy tajribasiga mos tarzda qo’yish yozuvchidan badiiy mahorat bilan birga, kichkintoylar psixologiyasini ham puxta bilishni taqozo etadi. Qissani o’qib, yozuvchining ana shu mas’uliyatni chuqur his qilgan holda qalam tebratganini sezish qiyin emas.

Asarning syujeti bolalarbop tarzda sodda. Yaqindagina veterenariya vrachi sifatida ish boshlagan To’rabek uylariga mehmonga kelayotgan ustozi sharafiga tog’dan arxar otib keladi. Professor o’lgan arxarning urug’ini olib bir necha qo’yni sun’iy qochiradi. Shu tarzda boshlagan qimmatli tajribaga Qo’chqor ham aralashadi. Tug’ilgan duragaylar o’sa boshlaydi. Nihoyat toqqa qochadilar. Qo’chqor ularni «qo’liga qurol tutgan…» – To’rabek bilan Rabbimov inspektorning o’qidan saqlab qolaman deb o’zi halokatga uchraydi. Bu yerda Qo’chqorga o’q tegmasligi unchalik muhim emas. Asosiy masala professor bilan Qo’chqorning To’rabek bilan Rabbimovga o’xshash tabiat kushandalariga qarshi kurashuvida, yana ham aniqrog’i Qo’chqor qalbida tabiatga muhabbat, uni asrash uchun kurash tuyg’ularining uyg’onishidadir.

Qo’chqor cho’ponlar oilasida tug’ilgan. Shuning uchun qo’y-qo’zilarga mehri bo’lakcha. Lekin u bola emasmi, jamiki hayvonot olami va dov-daraxtlar, tog’lar tabiat ehsoni ekanligi, uni asrash uchun kurashish lozimligini dastlab tushunib yetmaydi. Arxar otgani uchun amakisiga professor Aziz Nurievichning tanbeh berishi bu borada Qo’chqorga saboq bo’ladi. «Ilgari mana bu tog’da, – deydi professor, – arxaru tog’ taka poda-poda bo’lib yoyilib yurgan… Qani endi o’sha podalar? Qirib tashlandi! Qo’liga qurol tutgan, so’qmoqlarga qopqon qo’ygan aqlli yirtqichlar qirishdi bu jonivorlarni. Kerakmi, kerak emasmi, o’ylamay netmay manmanlikka boriboq o’ldiraverishdi. Odamzod bu bilan o’zining ertangi nasibasiga bolta urdi. Siz tuyoqqa tuyoq qo’shish o’rniga, zootexnika ilmini suv qilib ichib yuborgan qizil diplomli mutaxassis – u To’rabekka kinoyali tikildi, – bu tog’dagi balki oxirgi arxarning boshiga yetgandirsiz?»

Yozuvchi professorning bu gaplari orqali asar g’oyasini ham ifoda etadi. Psixologlar bolalardagi hayotga kattalar ko’zi bilan qarash, hatto kattalarning o’zlari bilan tengqurlardek jiddiy muomala qilishlariga istak maylini shu yoshga xos xarakter alomatlaridan biri sifatida uqtiradi. Yozuvchi Qo’chqor obrazini yaratishda bolalarning bu «xislat»idan juda o’rinli foydalangan.

Jumladan, amakisining «genetikani tushunmaysan», deganda Qo’chqorning astoydil xafa bo’lishi bizda unga nisbatan ishonch uyg’otadi. Yozuvchi shu o’rinda genetikaning lug’aviy ma’nosini professor tilidan berish birdaniga ikkita quyonni nishonni oladi. Bir tomondan, Qo’chqorning savoliga javob beradi. Shu bilan uni syujet voqealari ichiga chuqurroq olib kiradi. Ikkinchi tomondan, kichik kitobxonni o’tkazilgan murakkab tajriba bilan tanishtiradi. 

Ayrim hollarda shunday bo’ladiki, bolalarga bag’ishlangan asarlarning qahramonlari hali yosh bo’lishiga qaramay, kattalardek fikrlaydilar. Natijada kitobxonda xarakter sifatida yaxlit taassurot qoldirmaydilar. «Suzib borar arxarlar» bunday illatdan holi. Buning sababi adibning tasvirda bolalarning yosh xususiyatlarini nazardan qochirmaganligidir. Binobarin, Qo’chqorning har bir gap-so’zida, boshqalarga bo’lgan munosabatida bolalarcha samimiyat aks etib turadi. Kitobxon asar voqealariga Qo’chqor nigohi orqali nazar tashlaydi, lekin uning yaxshilik va yomonlik to’g’risidagi elementar tushunchasi, sodda tasavvuri bilan cheklanib qolmaydi. 

Bolalar dunyosi bir qarashda oddiy tuyulsa-da, g’oyat rang-barang va murakkab. Hayotni ular nigohi bilan kuzatish, his etish va tasvirlash uchun yozuvchining badiiy mahorati, chuqur hayotiy tajribasi va yurak qo’ridan tashqari, bola darajasida turib ijod qilishi ham talab etiladi.

Bizningcha, Sunnatilla Anorboev hayot va tabiat haqidagi mazkur qissalari bilangina emas, boshlang’ich sinflarning «O’qish kitobi» darsliklaridan o’rin olgan «Bahs», «Qo’rqoq» kabi ko’plab hikoyalari bilan ham kichkintoylar qalbiga to’g’ri yo’l topgan shunday yozuvchilardan hisoblanadi.

Uning adabiyot oldidagi xizmatlari e’tirof etilib, unga «O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi» degan sharafli unvon berilgan. 1999 yilda bir qator kasbdoshlari qatorida «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan.

U 2003 yil 1 aprelda 81 yoshida vafot etdi.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/anorboyev_sunnatilla
Sayt foyda berdi!
87433 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi