Yozuzchi Temur Po‘latov o‘zining o‘nlab qissa va romanlari bilan o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan adiblar sirasiga kiradi.
U 1939 yilda Buxoroda tug‘ilib, erta mehnat faoliyatnni boshladi. So‘ngra Buxoro Davlat pedagogika institutida tahsil oldi. Uni 1963 yilda tugatib, 1967 yilda Moskvadagi kinostsenariy oliy kursiga kirib o‘qidi.
Uning ijodi jurnalist sifatida boshlangan bo‘lib, xabar va ocherklari talabank yillaridayoq mahalliy matbuot sahifalarida paydo bo‘ladi. Uning dastlabki qissasi («Ne xodi po obochine») 1964 yilda «Zvezda Vostoka» jurnalida chop etiladi. Shundan so‘ng u yaratgan qissa va romanlar Toshkentda, Moskvada rus va o‘zbek tillarida nashr etila boradi. Shuni ham alohida qayd etish kerakki, Temur Po‘lat rus ilida yozadigan o‘zbek yozuvchilaridan bo‘lganligidan uning asarlari tezroq tarqaladi, Ittifoq nashrlarida tez-tez chop etiladi
Adibning «Bo‘lak manzilgohlar», «Bolalar xori», “Dushan qaysarning ko‘rgan-kechirganlari» 70—80-yillar adabiyotida sarguzasht janri taraqqiyotiga hissa bo‘iib qo‘shildi. Shuningdek uning «Buxoro xonadonining kechmishlari», «Mulk», «Kunda-shunda», «G‘oyibning ikkinchi safari», «Etti huzur-halovat va qirq qayg‘u alam», «G‘oyibning qaytishi», «Taroziy toshbaqasi» kabi o‘nlab yirik epik polotnolari kitobxon tomonidan iliq qarshi olingan.
Temur Po‘lat publitsist va munaqqid sifatida ham o‘zining o‘nlab maqolalari bilan «Sharq yulduzi», «Zvezda Vostoka», «Literaturnoye obozreniye», «Drujba narodov» kabi oynomalarda tez-tez chiqib turadi. Ayniqsa, uning tabiat muhofazasiga, xususan Orolga oid o‘tkir chiqishlari alohida e’tirofga loyiqdir. U ayni chogda o‘zbek adiblari asarlarini rus tiliga, rus tilidagi adabiyotlarni o‘z ona tiliga tarjima qilishda ham mahorat ko‘rsatadi.
Temur Po‘latov 1986 yilda o‘zining «Mulk», «G‘oyibning ikkinchi safari», «Kunda-shunda» qissalari va «Buxoro xonadonining kechmishlari» romani uchun Hamza nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. 1989 yilda esa unga O‘zbekiston xalq yozuvchisi faxriy unvoni berilgan.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.