To‘lan Nizom

Shoir
To‘lan Nizom
Tavallud sanasi:
1939 Avgust 17

To‘lan Nizom mohir dostonnavis, shoir. U O‘zbekiston xalq shoiri (1998), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi. Xalqaro Cho‘lpon va Bobur mukofotlari laureati. «Mehnat shuhrati» (2003) va «El-yurt hurmati» (2008) ordenlari bilan taqdirlangan. To‘lan Nizom (taxallusi; asl ism-sharifi Nizomiddinov To‘lanboy) 1939 yil 17 avgustda Andijon viloyati, Bo‘z tumanining Beshgul qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatib, Andijon Davlat pedagogika institutiga kirgan.

Tarjimai hol

To‘lan Nizom institutni 1965 yilda tugatgan. Ko‘p vaqt viloyatda o‘qituvchilik qilgan. Jamoat ishlarida qatnashgan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limida, Bo‘zdagi Saida Zunnunova nomli pedagogika bilim yurtida faoliyat ko‘rsatgan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyat bo‘limida mas’ul kotib (1983-85), Bo‘z pedagogika bilim yurtida direktor (1985-2001) bo‘lib ishlagan.

Uning ilk she’riy to‘plami 1970 yilda «Sening ertaklaring» nomi bilan chop etilgan. Mazkur to‘plamga kirgan she’rlarda beg‘ubor tuyg‘ular, pokiza orzular ifodalangan bo‘lsa-da, hali ularning ko‘pchiligi badiiy jihatdan ancha g‘o‘r edi. Bunday holat hatto «Iftixor» (1982) nomli ikkinchi to‘plamida ham ko‘zga tashlangan. Biroq shoir yillar o‘tgan sayin izlanishlari samarasini ko‘ra boshlaydi.

Endi u chinakam qalb she’riyati, ruhiyat she’riyatini yaratish sari ko‘tarila boradi. Insonning ma’naviy olamini, o‘y va xayollari, orzu va umidlarini tarannum etishga intiladi. Shoir qalbidan qalqib chiqayotgan misralarda el-yurt qayg‘usi, ona Vatan muhabbati, xalqiga bo‘lgan mehr tuyg‘usi mustahkam o‘rin ola boshlaydi.

Faoliyati

Shoir yaratayotgan lirik qahramonlar avvalgidek mehnat jasorati bilangina namoyon bo‘lmay, balki bir tirik inson, oddiy odam, shaxs sifatida ichki olamini, ruhiy kechinmalari va ma’naviy go‘zalligini ko‘z-ko‘z qila boshlaydi.

Xuddi shu pallada uning «Muqaddas ruh» (1992) she’riy to‘plami paydo bo‘ladi. Ayniqsa, undagi ona mavzusida yaratilgan she’rlar o‘zining samimiyligi, beg‘ubor va mehr-oqibat tuyg‘ulariga limmo-limligi bilan kitobxon qalbidan chuqur o‘rin egallaydi. «Vatan tuyg‘usi» (1993), «Chaman ichra», «Aks-sado», «Intizorlik» (1994), «Dahr bog‘i» (1995), «Saylanma» (1998) kabi she’riy to‘plamlari e’lon qilingan. «Bahoriy maysalar», «Avji yoz» va «Zarrin yaproqlar» nomi bilan (2007-2010) uch jildlik asarlari bosilgan.

To‘lan Nizom mohir dostonnavis hamdir. Uning «Cho‘lpon», «Majnuntol yig‘isi», «Girya», «Ruxi ravonim», «Bobur» kabi liro-epik asarlari turli davr mahsuli bo‘lsa ham, ular ma’no va mazmun jihatdan bir umumiylikka ega. Jumladan, «Cho‘lpon» (1993) dostonida u shoir va davr fojiasini umumlashtirsa, Mirtemirga bag‘ishlangan «Majnuntol yig‘isi», shuningdek, «Bobur» kabi dostonlarida fojeiy taqdirlar haqida bahs yuritadi. «Ruhi ravonim»da esa shoir Mashrab qismati fojiasini umumlashtiradi. Umuman, To‘lan Nizom go‘zal insoniy fazilat va udumlarni ardoqlash bilan birga hayotdagi fojiaviy holatlarni tasvirlashga ham intiladi.

Shoirning yaqinda yozgan asarlari - Usmon Nosirga bag‘ishlangan «Botmay qolgan oy» dostoni va «Cho‘lpon» dramasi, shuningdek, «Dovon», «Ruhlar qasidasi», «Alisher», «Suhbat», «Avvalu oxir» (2002-2003) to‘plamlari shoir ijodiy kamolotiga dalildir. «Uch so‘z» (1995), «Oq gul», «Botmay qolgan oy» (1996), «Alisher» (2003) singari doston va lirik qissalarini yozdi. «Non hidi» (1998), «Suhbat» va Qamchiq dovoni qurilishiga bag‘ishlangan «Dovon» (2002) dostonlari muallifi.

To‘lan Nizom bolalar haqida ham ajoyib she’rlar yozgan. Uning «Andijonda bir qush bor», «Qaldirg‘och», «Oftob ishqi» kabi she’rlari bolalarning beg‘ubor, sirli olamini ochishga qaratilgan.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/to%E2%80%98lan_nizom_
Sayt foyda berdi!
86658 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi