Shoir va nosir To‘lqin Imomxo‘jayev inson sifatida o‘ta kamtar, andishali va imonli edi. Binobarin, u faqat asarlari bilangina emas, o‘zining namunaviy, ma’naviy-axloqiy qiyofasi bilan ham kitobxon hurmatiga kirgan edi. Uning bir necha sahna asarlari Muqimiy teatrida («Oltin kamar», 1979), Satira teatrida («Buvam uylanmoqchi», 1993) va Yosh tomoshabinlar sahnasida («Qaynar xumcha», 1996) namoyish etilgan.
Tarjimai hol
Shoirning asl ism-sharifi To‘lqin Imomxo‘jayev bo‘lib, 1938 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatgach, 1956-1961 yillarda Toshkent Davlat universitetining (hozirgi Milliy universitet) filologiya bo‘limida o‘qigan.
1961-1970 yillarda esa G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir vazifasida faoliyat ko‘rsatgan. Keyinchalik Toshkent telestudiyasida katta muharrir, «Yangi avlod» nashriyotida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib xizmat qilgan.
Undagi adabiyotga qiziqish o‘rta maktabdaligidayoq uyg‘onib, bu qiziqish uni shoir G‘ayratiy boshliq adabiy to‘garakka olib boradi. U Erkin Vohidov va iste’dodli shoir Sayyor bilan ana shu adabiy to‘garaqda kamol topadi.
U inson sifatida ham o‘ta kamtar, andishali va imonli edi. Binobarin, u faqat asarlari bilangina emas, o‘zining namunaviy, ma’naviy-axloqiy qiyofasi bilan ham kitobxon hurmatiga kirgan edi.
Shunday qilib, To‘lqin adabiyotimizning katta va qutlug‘ dargohiga 60-yillarning boshlarida kirib keladi.
Faoliyati
Shoirning ilk she’riy to‘plami 1962 yilda «Jilg‘alar» nomi bilan chop etiladi. Shoirning «Yurak tinchimaydi» (1963), «Sevgim» (1965), «Buloq qo‘shig‘i» (1966), «Yuragimdan izlangiz» (1968), «Yulduzlar to‘kilmaydi» (1968), «Sevgi ko‘prigi» (1974), «Umrdan hadya» (1978), «Birinchi muhabbat bekati» (1980), «O‘sha muhabbat» (1988), «Yana uchrashamiz» (1988), «Bir xiyonat fojiasi» (1995), «Sochilgan sirlar» (1996) kabi o‘nlab she’riy va nasriy to‘plamlari chop etiladi. Bular orasida «Bola va burgut» (1968), «Quduqdagi quticha» (1968), «Salom, assalom» (1979), «Sevara» (1980), «G‘unchalar» (1986) kabi yoshlar va o‘smirlar uchun alohida kitoblari ham mavjuddir.
To‘lqin shoir va nosir bo‘lishi bilan birga bir necha sahna asarlari ham yaratgan. Ulardan biri Muqimiy teatrida («Oltin kamar», 1979), yana biri Satira teatrida («Buvam uylanmoqchi», 1993) va boshqasi Yosh tomoshabinlar sahnasida («Qaynar xumcha», 1996) namoyish etilgan.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.