Tohir Sodiqov 1973 yil 1 iyulda Toshkent shahri, Sobir Rahimov tumani, Langar ko'chasi, 12-uyda tug'ilgan. Eski Jo'vadagi masjidning orqasida joylashgan bog'chaga borgan (bog'cha xotirotlari esida, faqat raqami emas). Otasi - Sodiqov Bahromjon Sobirovich - uchuvchi, zahiradagi ofiser edi. Onasi - Sodiqova Gulnur Mansurovna (xalq xo'jaligi institutini tamomlagan), uy bekasi.
Tohir Toshkent shahridagi 41-maktabda tahsil olgan. Oliy o'quv yurtini tugatmagan, mutaxassiligi yo'q. Ma'lumoti o'rta. O'z qo'shiqlarini sevib tinglaydi. Sevimli aktyori - Obid Asomov. Shiori: "Yaxshi insonga boringni ayama”. Va'dabozlikni yomon ko'radi. Bir so'zli insonlarni hurmat qiladi. Hech bir xonandaga tanqidiy fikri, g'arazi yo'q. Chunki, Tohir Sodiqovning fikricha, hamma o'zicha to'g'ri. "Yaxshi qo'shiqqa klipning hech ham keragi yo'q. Sevimli qo'shiq klipsiz ham sevimli bo'lib qolaveradi”.
"Bolalar” guruhi 1989 yilning kuz oyida Ruslan Sharipov tashabbusi bilan tashkil topgan. Guruhning ilk albomi "Esingdami sening...” Bolalar”ning birinchi ofisi "Bolalar shou” firmasida bo'lgan ("Yoshlik” metro bekati yonida). Guruhning ilk a'zolari: Tohir Sodiqov, Husan Sodiqov, Tofik Marduxaev, Bahodir Po'latov, Toir Odilov, Ruslan Sharipov, Nargiza Zokirova, Javohir Zokirov.
"Bolalar”ning plastinkasi 1992 yilda chiqarildi. "Bolalar-shou” firmasida. "Bolalar”ning aranjirovkachisi Ruslan Sharipov, qo'shiqlar muallifi Tohir va Husan Sodiqovlar bo'lishgan. "Bolalar” "O'zsport” birlashmasiga qarashli edi. Guruh a'zolariga maoshni Ruslan Sharipov bo'lib bergan.
Har bir konsertdan o'zi va Nargiza Zokirovaga 50 rubldan, Husan Sodiqov va Tofik Marduxaevga 25 rubldan, boshqalarga 15 rubldan taqsimlangan.
Tohir Sodiqov AQSH, Fransiya, Angliya, Turkiya kabi chet davlatlarida bo'lgan. "Bolalar”ning birinchi muxlislari - 41-maktab o'quvchilari.
Guruh ilk marotaba 1990 yil 23 fevral kuni "Alpomish” sport saroyi (hozirgi "O'zko'rgazmasavdo” markazi)da katta sahnaga chiqqan. "Bolalar” 2000 yilgacha O'zbekiston va qator hamdo'stlik davlatlari bo'ylab yiliga yuzlab konsertlar bergan. Olti yildan buyon esa O'zbekistonning o'zida qirqdan ortiq konsertlar beryapti. Tilagi: "Vaqtni bekor o'tkazmaylik. Hammasi o'tib ketaveradi. Hayotning har bir lahzasidan unumli foydalanaylik. Ertaga hayotga shunchaki kelib-ketdi emas, balki yashadi degan nom qoldirishga intilaylik, o'tkinchi dunyoda nomimiz yaxshi inson sifatida abadiy qolsin!
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.