Qo‘shiqchi shoir va dramaturg Turob To‘laning qo‘shiq uchun yozilgan yoqimli, jarangdor she’rlari zamonamiz kishilarining yuragiga hamohangdir. U qo‘shiqchi shoir sifatida, ayniqsa, mashhur bo‘lgan. Turob To‘laning dramaturg sifatida pyesalari respublika teatrlarida qo‘yilgan, opera, balet librettolarini yozgan.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Turob To‘la o‘z she’rlari, qo‘shiqlari, musiqali dramalari va kinostsenariylari bilan o‘zbek kitobxonlari va tomoshabinlari qalbidan chuqur joy olgan.
Turob To‘la 1990 yilda olamdan o‘tgan.
Turob To‘la she’r yozishni 1934 yillardan boshlagan. 1939 yilda uning birinchi she’rlar to‘plami bosilgan.
1941-1945 yillarda u harbiy mavzudagi she’rlari bilan xalqimizning fashizmga bo‘lgan nafratini ifodaladi. Shoirning «Shodligim» (1941), «Tabassum» (1944) to‘plamlaridagi she’rlar ham qahramon jangchilarga bag‘ishlangan.
Turob To‘la bir qancha kinoqissalar, jumladan, «Rais», «Marg‘ilonlik qiz», «Talant», «Maftuningman», «Furqat», «Shashmaqom» «To‘qqizinchi asr monologi», «Qahr» filmlari stsenariysini yaratishda ishtirok etgan, ayrimlarini o‘zi yozgan.
Turob To‘la dramaturg sifatida ham mashhur bo‘lib, uning «Qari qiz», «Qizbuloq», «Momo Yer» (Ch.Aytmatov asari asosida), «Nodirabegim», «Qahr» pesalari respublika teatrlarida qo‘yildi. Shuningdek, u «Zulmatdan ziyo» (Oybekning «Qutlug‘ qon» romani asosida) operasi hamda «Samarqand afsonasi» baleti librettolarini yozgan.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.