Tursun Ali

Tursun Ali
Shoir, Yozuvchi
Tavallud sanasi:
1952 Fevral 5

Tursun Ali (O‘rmonov) 1952 yil 5 fevralda Farg‘ona viloyatining Quva tumani, Toshyo‘li qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan.

Tursun Ali 1960-1968 yillari o‘sha qishloqdagi o‘rta maktabda o‘qigan. U onasidan yosh yetim qolgan va 1971 yili o‘rta maktabni Toshkentda tugallagan. 1975 yilda hozirgi O‘zbekiston Milliy (sobiq ToshDU) universitetining filologiya fakulteti sirtqi bo‘limiga kirib, 1981 yilda tamomlagan.

U bolaligidan she’riyatga qiziqqan. Onasi Qunduzxon aya sabog‘ida she’rlar mashq qila boshlaydi.

Ilk she’ri 2-sinfdaligida Respublika bolalar gazetasida bosiltan. «Yoshlik bayozi», «Yoshlik» va turli to‘plamlarda she’rlari chop etilgan.

U safdoshlari Faxriyor, Baxrom Ro‘zimuhammad, Abduvali Qutbiddin kabi shoirlar bilan bu she’riy yo‘nalishda ijod qilmoqda. «Zangori ovoza» (1979), «Yurakdagi so‘zlar» (1983), «Yorug‘ kunlar» (1985), «Iztirob ostonasi» (1992), «Tun tovushi» (1993), «Yolg‘izim» (1995), «Uyg‘oq sukunat» (1999), «Tuyg‘ular rangi» (saylanma, 2001), «Sokin hayqiriq» (2005) nomli she’riy kitoblari chop etilgan.

Shoir O‘zbekiston Mustaqilligining 10 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan medal bilan taqdirlangan.

Ayni kunlarda Tursun Ali «Bolaligim suvratlari» dostonini tugallab, «Oy yaprog‘i» nomli she’riy kitobini nashrga tayyorlamoqda.

So‘nggi yillarda «Bekinmachoq» va «Hayratlarga to‘la» kitoblari chop etildi.