Shoira, publitsist Tursunoy Sodiqovaning ijodi 60-yillardan boshlangan. U shoira sifatida ham kuygan, ham suygan qalb iztiroblarini kuyga solishni yoqtiradi. Yaxshi she’r orombaxsh kuydek kishiga huzur bag‘ishlaydi. Tuyg‘ularni qitiqlab, orzu-o‘ylarga, xayollarga yetaklaydi.
Shoira ona haqida kuylar ekan, hech kimni takrorlamaydi. Uning ona haqidagi she’rlari katta bir dard bilan, zo‘r zarb bilan yozilganligini his etish qiyin emas.
Shoira Tursunoy Sodiqova asli andijonlik. Ketma-ket farzand dog‘ida yongan onasi unga umid bilan «Tursunoy» deb ism qo‘ygan. U 1944 yil kuzida tavallud topgan. So‘ng Toshkentga ko‘chib kelishgan. O‘rta maktabni ham shu yerda tugatgan. 1961-1966 yillarda Toshkent Davlat universitetida tahsil olgan.
Tursunoy Sodiqovaning mehnat faoliyati o‘rta maktablarda dars berishdan boshlangan, keyinchalik Andijon Davlat chet tillar institutida, Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» markazida faoliyat ko‘rsatadi. U «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» unvoniga ega.
Ma’lumki, ona mavzui muhabbat mavzui kabi boqiydir. Tursunoy Sodiqova publitsist sifatida ham el-yurt ardog‘iga kirgan.
Tursunoy Sodiqovaning ijodi 60-yillardan boshlangan bo‘lsa ham ilk she’riy to‘plami «Kuy» nomi bilan 1976 yilda chop etilgan. Shundan beri «Gul fasli» (1981), «Iqbol» (1984), «Dil gavhari» (1985), «Izlay-izlay topganim» (1988), «Girya» (1994) kabi o‘nga yaqin she’riy guldastalar yaratib, o‘z o‘quvchilariga taqdim etdi. Shuningdek, odob-axloq mavzularida bitilgan maqolalarini «Andisha» (1988), «Mehrigiyo» (1989), «Baxt nima?» (1994), «Baxtli bo‘ling» (1989), adabiy-tanqidiy maqolalarini esa «O‘zbek she’riyatida an’ana va o‘ziga xoslik» kabi nomlar bilan nashr ettirdi.
Tursunoy Sodiqovanint «Hazrati ayol» (1999), «Yoningdagi baxt» (2000), «O‘g‘lim, senga aytaman» (2002) va boshqa publitsistik maqolalar to‘plamlari o‘quvchini hayajonga solmay, fikr-o‘ylarini qo‘zg‘atmay qolmaydi. Muallifning ushbu kitoblari badiiy-falsafiy va ilmiy-ma’rifiy fikrlar bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, oila haqida, qiz va yigitlar muammolari-yu, juftlik burchi va mas’uliyati masalalariga bag‘ishlangan.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.