Ulug‘bek Polvonov 1974 yil 1 yanvar kuni Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Xalqaro pianina konkursida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Gruziya davlatida o‘tkazilgan xalqaro pianinachilar konkursida Gran-pri bilan taqdirlangan.
U.Polvonov qator xalqaro pianinochilar konkurslarining g‘olibi va sovrindori sanaladi. U Toshkent Davlat konservatoriyasida o‘qib yurgan kezlaridan boshlab xalqaro konkurslarda qatnasha boshlagan, jumladan u Germaniya, Italiya, Portugaliya, Isroil, AQSh va MDH davlatlarida o‘zining yuksak mahoratini ko‘rsatgan.
Ulug‘bek V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi qaldirg‘och bitiruvchilaridan hisoblanadi. U fortepiano sinfida mashhur pedagog Tamara Afanasyev Popovich qo‘l ostida qator qobiliyat sohiblari bilan birga ta’lim olgan.
U o‘z ijodida nemis musiqa maktabining hissasi yuqoriligini ta’kidlaydi. O‘zbek pianisti ko‘p yillar mobaynida Berlin madaniyat instituti mashhur musiqa mutaxassisi Klaus Xellvidan musiqa sir asrorlarini o‘rgangan, hozirda esa unga shuningdek, Klausa Basslera ham ustozlik qilmoqda.
Portugaliyaning Porta shaxrida o‘tkazilgan xalqaro pianinachilar konkursida yosh musiqachsi Ulug‘bek Polvonov Bax va Shopen asarlarini mahorat bilan ijro etgani uchun uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
2009 yil 28 yanvarda Berlin markazidagi tarixiy Jandarmmarkta Kontsertlar zalida Ulug‘bek Polvonov o‘zining kontsertini berdi
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.