Umarjon Shamsiyev

Qo`shiqchi
Umarjon Shamsiyev
Tavallud sanasi:
1985-yil 24-fevralda

Shamsiyev Umarjon Axmadjonovich 1985-yil 24-fevralda xizmatchi oilasida dunyoga keldgan. 1992-yil Toshkent shahridagi Vohid Zohidov nomidagi 146-maktabga 1-sinfga qabul qilingan. 1996-yilda shu maktabni 4-sinfini bitirib, shu yili Glier nomidagi musiqa maktabiga kirgan 5-sinfdan shu maktabda o'qishni davom ettirgan. Rubob - prima bo'yicha taxsil olgan. Musiqa bo'yicha bo'lgan tanlovlarda qatnashib faxrli o'rinlarni qo'lga kiritgan. 

2003-yil Glier nomidagi musiqa maktabini muvafaqqiyatli bitirib shu yil O'zbekiston Davlat Konservatoriyasini ovoz rejissorligi fakultetiga 1-kursga qabul qilingan. 2007-yil O'zbekiston Davlat Konservatoriyasini muvafaqqiyatli tugatdgan.

Ijodini qo'shiqchi bo'lib 2002-yil "Joziba" guruhida boshlagan. Ushbu guruhda 2-yil davomida faoliyatimni davom ettirgan. 2004-yildan to shu bugungacha yakkaxon xonanda sifatida faoliyatini davom ettirayapti.

Ilk qo'shig'i "Hayolimda", "Yoshlikdagi sevgilim", "Sen o'zing", "Eslaysanmu?" qo'shiqlaridir. Ijodini "Yondi-Yondi", "Boraman", "Ona qadri", "Yurtim", "Ajoyib", "Ne foyda", "So'ra-so'ra" qo'shiqlari bilan davom ettirdi. 2010-yil ilk duet qo'shig'ini Iroda Iraliyeva bilan birga kuylagan. Qo'shiq nomi "Qarab-qarab". 2011-yilni "Sensiz" nomli qo'shiqni muxlislarga sovg'a sifatida tuxfa qilindi.

Manbaa: http://www.tarona.net/news/umarjon_shamsiyev/2012-05-12-1324
Sayt foyda berdi!
41786 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2023
Obuna va GoodGroup loyihasi