Umid Azizxon 1982-yil 8-iyunda Sirdaryo viloyati Guliston shahrida san'atkorlar oilasida tavallud topdi. Bolaligidan u maktab bilan bir vaqtning o'zida musiqa maktabiga ham bordi.
Rejissyor dramaturg va aktyor To'laboy Qanoatovning kenja farzandi Umid Azizxon ham san'atga bolaligidan kirishdi. Maktabda drama va musiqa to'garaklarida faol istirok etardi. Maktabdan so'ng Toshkent Davlat San'at institutining drama kinoaktyorligi fakultetini tamomladi.
Unga O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi Munavvara Abdullayeva ustozlik qildi. Bolalik davridayoq sahnada ilk ijodini boshladi. Ota-onasi teatrda ishlab yurgan vaqtda ijro etilayotgan spektakllardagi bolalar rollarini ijro etib kelgan. "Oqshomlar", "Sevgi bu xayot", "Sog'inasan" va "Ohu ko'zini ko'rdim" qo'shiqlari xonandaning xit taronalariga aylangan.
Hozirgi kunga qadar Umid Azizxonning 30 dan ortiq qo'shiqlari, 6 klip va "Sevgi bu xayot", "Sen baxtimsan" deb nomlangan albomlari o'z muhlislarini topdi. 2010-yilda o'tkazilgan IIV tizimida o'tkaziladigan "Yagonasan muqaddas Vatan" tanlovida birinchi o'rin sohibi bo'lgan.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.