Umid Shahobov

Qo`shiqchi
Umid Shahobov
Tavallud sanasi:
1978-yil 7-noyabr

Umid Shahobov 1978-yil 7-noyabr kuni Toshkent shahrida tavallud topdi. U Yakkasaroy tumanidagi 26-maktabda shu bilan barobar 6-musiqa maktabida, qashqar rubobi sozi ta'limini o'rgana boshlaydi.

Maktabni a'lo baholarga bitirgan xonanda Xamza nomidagi musiqa bilim yurtiga, so'ng O'zbekiston Davlat Konservatoriyasining "An'anaviy ashula va ijro" bo'limini tamomlaydi. Xonandaning xit taronalari – "Jonim seni olib ketaman", "Lola", "Farishtam", "Faryod" qo'shiqlaridir.

Xozirgi kungacha xonandaning 200ga yaqin qo'shiqlarini, 25dan ortiq kliplarini va 9 albomini o'z muhlislariga havola etgan. Albomlar "Olib ketaman", "Farishtam", "Nega kelmaysan", "Azob", "Sog'inganim", "Nozli gulim" va "Faryod" deb nomlangan.

2001-yil u Turkiston saroyida ilk "Farishtam" deb nomlangan konsert dasturini berdi. Umid Shahobov ko'pgina shoir va kompozitorlar bilan ijod qiladi. Bular, el suygan shoirlar Bobur Bobomurod, Ibrohim Jiyanov, Toxir Muxammad va Kamron, hamda kompozitorlar Ulug'bek Jabborov, Ilhom Mamatov, Axmadjon Xojimatov, Avzal Husanov va Elmah Solihovlardir.

Manbaa: http://muz.uz/content/xonandalar/umid-shahobov.html
Sayt foyda berdi!
49075 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2023
Obuna va GoodGroup loyihasi