Umida Mirhamidova 1974-yil 2-mart kuni Parkent tumanining Changchi qishlog'ida san'atkor Mirsobit Mirhamidovlar oilasida tavallud topdi. Umida Mirhamidova maktabda o'qib yurgan vaqtlaridayoq qo'shiq kuylashga qiziqib, tuman ijodiyot markazlariga qo'shiq kuylash bo'yicha to'garaklarga qatnar edi. Maktab va tuman aro o'tkaziladigan ko'rik tanlovlarda faol ishtirok etib, fahrli o'rin sohibi bo'lgan.
Xonanda maktabni 1989-yil tamomlab, poytaxtdagi Yunus Rajabiy nomidagi musiqa bilim yurtiga o'qishga kiradi. 1991-yil bilim yurtini tamomlagandan so'ng Muqimiy nomli teatrga xor ijrochisi bo'lib ishga kiradi. Xonanda qo'shiq kuylashga juda ishtiyoqi kuchli bo'ladi va u xonanda Zulayho Boyxonovaga shogirdlikka tushib, qo'shiq aytish sirlarini o'rgana boshlaydi.
Umida Mirhamidova estrada yo'nalishida ilk ijodini 1997-yil "Sayrang bulbulim" qo'shig'i bilan boshlaydi. Bu qo'shiq Umida Mirhamidovaning xit taronasiga aylanadi. 1994-yilda ijro etgan "Ey nozanin", 2000-yilda ijro etgan "Oq atir gullar" qo'shiqlari ham xonandaning xit taronalar pog'onasidan joy oladi. Xozirgi kungacha xonandaning bir nechta musiqiy to'plamlari muhlislar e'tiboriga havola etilgan. 1999-yilda esa Umida Mirhamidova "Xalqlar do'stligi" san'at saroyida "Mexmonim bo'ling" deb nomlangan konsert dasturini o'z muhlislariga havola etadi.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.