Vali G‘оfurov

Yozuvchi
Vali G‘оfurov
Tavallud sanasi:
1922 Oktyabr 1
Vafot sanasi:
1995 Avgust 5

Jangchi-yozuvchi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Vali G‘ofurov brail-igna bilan yozish, o‘qish usulini o‘zlashtirgan. Uning shaxsiy hayoti tasviri orqali xalqimizga xos metin-mustahkam iroda, qahramonlik, birodarlik tuyg‘ulari ulug‘langan mashhur «Vafodor» romani adabiy jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi, rus va qardosh tillarga tarjima qilindi.

Tarjimai hol

Jangchi-yozuvchi Vali G‘afurov 1922 yilda Toshkentda tavallud topgan. Tarjimai holi nihoyatda oddiy, ayni chog‘da, hayajonli, jasoratga to‘la, sermazmun. U Toshkent davlat universitetida tahsil oldi. Samarqand viloyatidagi maktablarda o‘qituvchilik qildi.

19 yoshga yetar-yetmasdan jang-u jadalga yo‘l oldi. Stalingrad ostonalarida mardlik namunalarini ko‘rsatdi.

Navbatdagi hufiya(razvedka) vaqtida bir yo‘la ikki ko‘zidan ajraldi, bir oyog‘i nogiron bo‘lib qoldi.

Jangdan qaytgach, tirishqoqligi, mehnatsevarligi tufayli yaxshi odamlar ko‘magida brail-igna bilan yozish, o‘qish usullarini tezda o‘zlashtirib oldi. O‘qituvchilik qildi, ko‘zi ojizlarga rahbarlik qildi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Vali G‘ofurov 1995 yilning 5 avgustida vafot etgan. Va, nihoyat, 60-yillar boshlariga kelib, uning igna bilan yozilgan «Vafodor» romanining birinchi kitobi nashr etildi.

1973 yilda «Vafodor» romanining ikkinchi kitobi ham paydo bo‘ldi. Asar adabiy jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi, rus va qardosh tillarga tarjima qilindi. Romanda yozuvchining shaxsiy hayoti tasviri orqali xalqimizga xos metin-mustahkam iroda, qahramonlik, birodarlik tuyg‘ulari ulug‘landi.

Vali G‘ofurov «Vafodor» romanidan keyin «So‘nggi pushaymon», «Botirga o‘lim yo‘q» kabi qissalar, «Shohlardagi mezonlar» kabi memuar asarlar va ko‘plab hikoyalar yaratdi.

Ular orasida «So‘nggi pushaymon» qissasi alohida ajralib turadi.

Unda yoshlarning ma'naviy-axloqiy barkamollashuviga to‘siq bo‘layotgan ayrim eskicha urf-odatlar, nuqsonlarni bartaraf etish yo‘llari haqida yozilgan.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/g%E2%80%98ofurov_vali_
Sayt foyda berdi!
42861 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2023
Obuna va GoodGroup loyihasi