O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Abduraxmonovich Ketmonov 1969 yilda Andijon viloyatining Baliqchi tumanida tug‘ilgan.
Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy, 1993 yilda Andijon davlat tillar pedagogika institutini tugatgan.
Mehnat faoliyatini 1993 yilda Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi 28-sonli o‘rta maktabda o‘qituvchilikdan boshlagan. 1995-2004 yillarda Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2004-2013 yillarda Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari lavozimida mehnat qilgan.
Bu davrda Xatamjon Ketmonov viloyatda jamoat tashkilotlarini rivojlantirish, mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini yechishda ularning rolini oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha amaliy choralarning hayotga tatbiq qilinishida faol ishtirok etdi.
Uning bevosita ishtirokida viloyatda davlat va jamoat tashkilotlarining o‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol rivojlantirish, yoshlarning siyosiy, huquqiy ongini yuksaltirish, fuqarolik burchlarini anglashlari yo‘lidagi faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
2013 yilda Xatamjon Ketmonov O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi etib saylandi.
O‘tgan davr mobaynida partiyaning markazda va joylardagi kadrlar salohiyatini sezilarli darajada oshirdi, partiya elektoratini o‘ylantirayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni yechishda partiya tashkilotlarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlari bilan hamkorligini yaxshilashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirdi.
2014 yilda u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi.
2015 yildan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Oilali, uch nafar farzandi bor.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.