Hozirgi o‘zbek nasrining taraqqiyotida iste’dodli adib, mohir tarjimon, yozuvchi Xayriddin Sultonovning ham munosib hissasi bor. Adibning «Yozning yolg‘iz yodgori» stsenariysi asosida kinofilm yaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida mas’ul vazifada ishlab kelmoqda.
Biografiya
U 1956 yil 18 yanvarda Toshkent viloyati Qibray tumaninint Tuzel qishlog‘ida dunyoga kelgan. 1963-1973 yillarda Parkent qishlog‘idagi maktabda o‘qib, uni muvaffaqiyatli tugatadi.
1973-1978 yillarda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil oladi.
Uning mehnat faoliyati 80-yillarda boshlangan bo‘lib, avval «Guliston» (1974-1980), «Yoshlik» (1982-1985) kabi jurnallarda, G‘afur G‘ulom nomidagi
Adabiyot va san’at nashriyotida (1980-1982, 1985-1993) faoliyat ko‘rsatadi.
1993 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida mas’ul vazifada ishlab kelmoqda.
Xayriddin Sultonov faqat iste’dodli adibgina emas, balki mohir tarjimon hamdir. Jumladan, A.Sent-Ekzyuperi, Y.Nagibin, V.Shukshin kabi adiblarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Adibning «Yozning yolg‘iz yodgori» stsenariysi asosida shu nomda kinofilm yaratilgan.
Faoliyati
Xayriddin Sultonov ijodi 70-yillarning ikkinchi yarmida boshlangan. Adibning «Quyosh barchaga barobar» (1980), «Bir oqshom ertagi» (1983), «Onamning yurti» (1987), «Umr esa o‘tmoqda» (1988), «Boburning tushlari» (1992), «Boburiynoma» (1997), «Saodat sohili» (2005) kabi nasriy kitoblari keng o‘quvchilar ommasiga tanish.
Shuningdek, u «Changak», «Moziydan bir sahifa», «Mehrobdan chayon» kabi videofilmlar hamda «Tushlarimda ko‘rib yig‘layman» kabi badiiy filmlar stsenariysining muallifi hamdir. «Sarhovuzning bo‘ylarida» (1992) dramasini yozgan.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.