Xayrulla Sa'diyev

Aktyor
Xayrulla Sa'diyev
Tavallud sanasi:
6.12.1940

Xayrulla Sa'diyev 1940 yilda Toshkentda tug’ilgan. 1963 yilda A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik san'ati instituti (hozirgi M.Uyg’ur nomidagi Toshkent Davlat san'at instituti)ni tugatadi.

X.Sa'diyev avval Hamza teatrida Zuhur Qobulov qo’ygan "Bulutlar tarqaganda" spektaklida qatnashadi. Biroq, Toshxo’ja Xo’jayev "Yigit, siz asli yosh tomoshabinlar teatriga mossiz. Adashmang", -deb unga maslahat beradi. Shundan keyin u yo’llanma bilan Y.Oxunboboyev nomidagi Yosh tomoshabinlar teatriga ishga keladi. Institutda ustozlari Nazira Aliyeva, Toshxo’ja Xo’jayevlardan tahsil olgani, yosh tomoshabinlar teatrida Ibrohim Aredov, Afandixon Ismoilov, Vohid Qodirov, Obid Tolipov kabi sahna ustalaridan aktyorlik san'ati sirlarini o’rgangani uning teatrda o’z o’rnini topishida muhim ahamiyat kasb etdi. Avval u teatrda I.Ahmedov sahnalashtirgan Latif Mahmudovning "Ali va Vali" spektaklida qatnashdi. X.Sa'diyev mehnatsevarligi, izlanuvchanligi bilan teatr ijodiy jamoasida o’z o’rnini topadi, ko’pchilik spektakllarda asosiy rollarni o’ynab, tomoshabinlar nazariga ham tushadi. Manka ("Piyozchalarning o’g’irlanishi"), Klimka ("Po’lat qanday toblandi"), Po’lat ("Kim aybdor"), Misha Dadonov ("Toshkent-non shahri"), Oleg Koshevoy ("Yosh gvardiya"), Shum bola ("Shum bola"), Xlestakov ("Revizor") va boshqa obrazlar yetuk mahorat va ijodiy ko’tarinkilik bilan ijro etildi va aktyorga chinakam shuhrat keltirdi.

Xususan, X.Sa'diyevni keng jamoatchilikka yaqindan tanitgan G’.G’ulomning "Shum bola" asari asosida sahnaga qo’yilgan shu nomli spektakldagi Shum bola obrazi bo’ldi. Keyinchalik bu qissa televideniyeda ham sahnalashtiriladi. Asar milliyligi va samimiyligi bilan darhol e'tiborni tortadi, tilga tushadi. Bunda, albatta Shum bola obrazini mohirona ijro etgan X.Sa'diyevning hissasi katta edi. Bu haqda aktyorning o’zi, "Shum bola kuchimga kuch, g’ayratimga g’ayrat qo’shdi. Xalq orasida tanitdi", - deb e'tirof etishi bejiz emas. X.Sa'diyev yosh tomoshabinlar teatrida ishlagan davrlaridayoq o’z ijodiy qiyofasiga va uslubiga ega bo’ldi. Hajviy obrazlarning mohir ustasi sifatida tomoshabinlarga tanildi.

U bu teatrda o’n yildan ortiq muddat ishlab, aktyorlik mahorati o’sib, ijodi shakllangan bir paytda, uni 1986 yilda yangi tashkil etilgan A.Qahhor nomidagi respublika Satira teatriga ishga taklif etadilar. X.Sa'diyevning Satira teatrida yaratgan yorqin hajviy obrazlari kulgisevar tomoshabinlarning tahsini va olqishlariga sazovor bo’ldi. Bu teatrda ham aktyor o’z tomoshabinini topdi. Uning o’z ustida tinmay ishlashi, ijodiy izlanishi roldan rolga o’sishiga zamin hozirladi, aktyorlik mahoratining yangi-yangi qirralarini namoyon etdi. Aktyor o’zining chuqur mazmunli, teran va betakror obrazlari bilan teatr repertuarini boyitdi.

Ular faqat o’zbek tomoshabinigagina emas, balki qo’shni respublikalar tomoshabinlariga ham manzur bo’ldi. Yusuf ("Tobutdan tovush"), Chol ("Armon"), Oshpaz ("Qovurilgan o’rdak parvozi"), Uchariddin ("Sabil qoldi"), Nasriddin ("Gap egasini topadi", musiqiy satirik tomosha), Bemor ("Xandamiz sizga, do’stlar"), Nasriddin ("Kulgan yetar murodga"), Shodiqul ("Buvam uylandilar") va boshqalar shunday obrazlardandir. X. Sa'diyev kino san'atida ham faol ishtirok etdi. Uning ijrosidagi Jingalak ("Oy borib, omon qayt"), Novvoy ("Semurg’"), Mamat ("Shiddat"), Anvar ("Chinor"), Xayrulla ("To’ylar muborak"), Masxaraboz ("Mahmud pahlavon"), Ertakchi ("Akmalning sarguzashtlari"), Xayrulla ("Marhumning xotirasi") kabi rollarni ham kino muhlislari iliq kutib oldi. Bundan tashqari "Nashtar" kinojurnalida qatnashib, bir qator puxta obrazlar yaratdi. Ikki yuzga yaqin filmlarning dublyajida ishtirok etdi. Shuningdek, uning O’zbekiston televideniyesida va radiosida yaratgan obrazlarini ham ijobiy baholash mumkin. Xayrulla Sa'diyev 1990 yilda "O’zbekiston xalq artisti" unvoniga sazovor bo’ldi.

Manbaa: http://kitob.uz/view_data.php?id=2207
Sayt foyda berdi!
85054 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi