O‘zbek kino san’atining maydonga kelishiga zamin hozirlagan, birinchi o‘zbek kinooperatori Xudoybergan Devonov 1878 yilda tug‘ilgan. Hali xalqimiz kino haqida tushunchaga ega bo‘lmagan 1907-1908 yillardayoq u Moskva, Sankt-Peterburglardan teleskop, grammofon, foto va kinoapparatlari olib kelib, Xiva va Urganch shaharlari bozorlarida odamlar o‘rtasida keng namoyish qilgan.
Bu o‘sha davr uchun bir mo‘’jiza edi. X.Devonov tashkil etgan laboratoriya o‘z vaqtida Xorazmda fotokinostudiyasi vazifasini ham o‘tagan.
X.Devonov 1913 yilda suratga olgan «O‘rta Osiyo arxitektura boyliklari»», 1916 yilda yaratgan «Turkiston ko‘rinishlari», «Xiva va xivaliklar» kabi film-miniatyuralarida ma’rifatparvarlik g‘oyalarini ilgari surdi. Shuningdek, u suratkashlik bilan ham shug‘ullanib, mingdan ortiq fotosuratlarni tayyorladiki, bu suratlarda muallif Xorazm xalqining hayoti, mehnati, urf-odatlari, madaniyati. hamda Xiva tarixiy yodgorliklarini aks ettirgan.
X.Devonov 20-yillarning boshida hukumat yordamida maktablar, internatlar ochib, ularda kinofoto ishlariga rahbarlik qildi, to‘garaklar ochdi, shu tarzda ta’lim-tarbiya ishlari bilan ham shug‘ullandi. Umuman, bu davrda u juda ko‘p mehnat qildi. «Uzbekistanskaya pravda» va yana bir necha gazetalarda fotomuxbir bo‘lib ishlab, Xorazmda dehqonlarga yer taqsimlanishi, dalalarda birinchi traktorlarning paydo bo‘lishi, Xiva va Urganch shaharlarida bo‘lgan ommaviy yig‘ilishlar haqida ko‘plab fotosuratlar, kinolavhalar tayyorladi.
1925 yilda Toshkentda o‘zbek kinostudiyasi tashkil etilishi bilan X.Devonov Toshkentga chaqirilib, unga Xorazm vohasi haqida kino asarlari yaratish vazifasi topshiriladi. So‘ngra u Butunittifoq fotokinomatografiya jamiyati («Sovkino»)ning muxbiri etib ishga qabul qilinadi. U Xorazmning tabiati, Xorazm xalqining hayoti, urf-odatlariga oid «Sho‘r ko‘l», «Ishchi ayollar» kabi lavhalarni Moskvaga jo‘natib turadi.
Birinchi o‘zbek kinooperatori X.Devonov 1940 yilda vafot etdi. U o‘zidan keyin katta ma’naviy meros qoldirdi. 1970 yilda X.Devonov yashagan uy Xorazm tarixiy muzeyining filialiga aylantirildi.
Dunyo tan olgan o‘zbek kinosan’atiga XX asrning boshlarida tamal toshini qo‘ygan birinchi o‘zbek kinooperatori Xudoybergan Devonov o‘zbek kinosi tarixida faxrli o‘rin egalladi.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.