Yoʻldosh Aʼzamov

Yoʻldosh Aʼzamov
Aktyor, Rejissyor, Dramaturg
Tavallud sanasi:
10-may 1909-yil
Vafot sanasi:
16-iyun 1985 yil

Yoʻldosh Aʼzamov (baʼzan Yoʻldosh Agzamov deb yoziladi)  — o‘zbek aktori, rejissori va dramaturgi. Aʼzamov 1979-yil Oʻzbek SSR xalq artisti va 1979-yil SSRI xalq artisti unvonlarini olgan. Uning eng mashhur filmlari «Maftuningman»(1958) va «Oʻtkan kunlar» filmlaridir. «Maftuningman» birinchi oʻzbek komediyasidir va u eng sara oʻzbek filmlardan biri hisoblanadi.

Yoʻldosh Aʼzamov 1909-yil 10-mayda Toshkentda tugʻilgan. 1930-yilgacha Aʼzamov Sovkino va Vostokkinoda aktorlik qilgan. 1930-yildan boshlab Oʻzbekfilmda ishlay boshlagan. Yoʻldosh Aʼzamov 1985-yil 16-iyunda 76 yoshda oʻlamdan oʻtgan. U Toshkentdagi Chagʻatoy qabristonida koʻmilgan.

Aʼzamov aktor sifatida Yu.Rayzmanning „Yer chanqog‘i“ (1930), Nabi G‘aniyevning „Yuksalish“ (1931) filmlaridagi Qurbongeldi va mexanik obrazlarini yaratgan. „Tohir va Zuhra“ (1945) badiiy filmiga ikkinchi rejissor bo‘ldi.

Aʼzamov urushdan keyingi yillarda esa hujjatli-xronikal filmlar („Xalq qizlari“, „Toshkent MESi“ va boshqalar) ishladi. Aʼzamovning birinchi mustaqil badiiy filmi „Qilich“ (1934) filmidir. Aʼzamov Toshkent Yosh tomoshabinlar teatrida rejissor sifatida bir qancha pyesalarni sahnalashtirgan.

Aʼzamov kinorejissor sifatida „Gulbahor“ (1956), „Maftuningman“ (1958), „Furqat“ (1959), „Istiqbol yo‘li“ (1961), „Oydin sahifa“ (1965), „Sayyod qo‘ng‘irog‘i“ (1966), „Oʻtkan kunlar“ (1969), „Olovli so‘qmoqlar“ (1971), „Mehrobdan chayon“ („Zulmatni tark etib…“, 1973), „Odamlar tashvishida“ (1976), „Ota nasihati“ (1979), „Katta va qisqa hayot“ (1981), „Parol, „Regina“ mehmonxonasi“ (Z. Rayzman bilan hamkorlikda, 1984) va boshqa filmlarni yaratdi.

Aʼzamov ijodida o‘zbek xalqining tarixiy va zamonaviy hayoti sahifalarini milliy ruhda ko‘rsatishga intilish ko‘proq seziladi. Aktorlar bilan obrazlar ustida chuqur ishlash, barcha harakatlarni qahramon xarakteri va ichki dunyosini ochib berishga qaratish rejissor ijodiga xos.

Yoʻldosh Aʼzamov koʻplab unvon va mukofotlar sovrindoridir. 1965-yil unga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanʼat arbobi unvoni berilgan. 1970-yil Aʼzamov O‘zbekiston xalq artisti unvonini olgan. 1972-yil unga Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti berilgan. Aʼzamovga 1979-yil nufuzli SSRI xalq artisti unvoni berilgan

 

 

Manbaa: http://www.wikiwand.com/uz/Yo%CA%BBldosh_A%CA%BCzamov