Yoqutjon Rajabov 1973-yil 27-sentabr kuni Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida tavallud topdi. U Chirchiqdagi G'.G'ulom nomidagi 21-o'rta maktabda tahsil oldi, 2-sinfdan esa Xamza nomidagi musiqa maktabining chang asbobi bo'yicha tahsil oladi.
1988-yil Toshkent shahridagi Xamza nomli musiqa bilim yurtining xalq cholg'u asboblari yo'nalishida tahsil oldi. 1992-yilda esa majburiy harbiy hizmatga boradi. Yoqutjon Rajapov maktabda o'qib yurgan vaqtlarida maktab, tuman va shahar miqyosida o'tkaziladigan tadbirlarda oliy o'rinlarni egallab kelgan.
1995-yil Yoqutjon Rajapov Toshkent Chegarachilar Oliy Harbiy bilim yurtiga o'qishga kirib 1999-yil shu oliygohni tamomlaydi. Shu yillar orasida (1998-2002 yillar) M.Uyg'ur nomidagi Madaniyat institutining puflama sozlar fakultetida tahsil oldi. Ilk ijodini esa u 1996-yil "Azizam" qo'shig'i bilan boshladi. Bu qo'shiqning so'zi hamda musiqasini xonandaning o'z ijodidandir.
Xit taronalari esa "Kuz yomg'iri", "Sevgilim", "Taqdir" va "Ota yetim bo'larkan" qo'shiqlaridir. Xozirgi kunda Yoqutjon Rajapov 70 ga yaqin qo'shiqlarini, 10 dan ortiq kliplarini va 3 ta albomlarini o'z muhlislariga hadya etdi. Xonanda shoirlardan Ibrohim Umarov, Ibrohim Jiyanov, Halima Axmedova va shoir-bastakor Dilshod Axmad-Shox, bastakorlardan esa Aziz Xolmurodov, Shamsiddin Xolmurod, Uchqun Sharipov va Axmadjon Xojimatovlar bilan birgalikda ijod qiladi.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.