Yulduz Rizayeva

Aktyor
Yulduz Rizayeva
Tavallud sanasi:
29.12.1926

«El-yurt hurmati» ordeni sohibasi Yulduz Rizaeva aktyor, muharrir, o’zbek kinosida yaratilgan qator shoh asarlarda qatnashib, yorqin obrazlar yaratdi, kino studiyaga aktyor sifatida ish faoliyatini boshlab, bir necha filmlarda asosiy rollarni o’ynadi

Yulduz Rizaeva 1926 yilda Farg’onada tug’ilgan. 1946 yilda Toshkent studiyasi (hozirgi «O’zbekfilm») qoshidagi kinoaktyorlar maktabini tamomlagach, kino studiyaga aktyor sifatida ish faoliyatini boshlab, bir necha filmlarda asosiy rollarni o’ynadi.

Yulduz Rizaeva o’zbek kinosida yaratilgan qator shoh asarlarda qatnashib, yorqin obrazlar yaratdi. «Tohir va Zuhra» filmidagi Zuhra, «Nasriddin sarguzashtlari»dagi Dilbar obrazlari aktrisa ijodida alohida qimmatga va o’zbek kinosi tarixida o’z o’rniga ega bo’ldi. «Tohir va Zuhra» filmi tufayli o’zbek milliy kinosi, jahon kinosi tarixida Yulduz Rizaevaning ham nomi qayd etiladigan bo’ldi.

1953 yilda A. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutining teatrshunoslik fakultetini tugatgan Yulduz Rizaeva kinostudiyaning stsenariya bo’limida muharrir, 1960 yildan «O’zbekfilm» kinostudiyasining dublyaj guruhida muharrir bo’lib ishlash bilan birga filmlarni dublyaj qilishda faol qatnashdi.
Yulduz Rizaeva 40 yil davomida «Siyovush haqida doston», «Qirol Lir», «Ivan Vasilevich o’z kasbini o’zgartiradi», «Omadli jentelmenlar» kabi qator filmlarga muharrirlik qilarkan, bu filmlar o’zgacha jilo topib, sayqallandi va tomoshabinlar qalbidan joy oldi.
Yulduz Rizaevaning ijodi munosib taqdirlandi. U 1998 yilda «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlandi.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/rizayeva_yulduz_akramovna
Sayt foyda berdi!
41797 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2023
Obuna va GoodGroup loyihasi