Yulduz Usmonova

Qo`shiqchi
Yulduz Usmonova
Tavallud sanasi:
1963-yil 12-dekabr

Yulduz Ibragimovna Usmonova (1963-yil 12-dekabrda Marg'ilonda tug'ilgan) — o'zbek estrada xonandasi, bastakor. O'zbekiston (1995), Qoraqalpog'iston (2000) xalq artisti. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1988). O'zi tashkil etgan ansamblning yakkaxon xonandasi (1989 y.dan). Dardli va shirali ovoz sohibi. Milliy estrada qo'shiqchiligiga katta hissa qo'shib kelmoqda. Usmonova ijodi xonandalik va aktyorlik san'atining omuxtaligi, jo'shqinlik, ko'tarinkilik, badiiy izlanuvchanlik, har bir qo'shiq talqinida musiqa va saxna vositalarining yorqinligi bilan ajralib turadi. Repertuaridan o'rin olgan aksariyat qo'shiqlarning (so'zi va musiqasi) muallifi. 

Xalq kuy-ohang andozalarini ijodiy qo'llash orqali vatanparvarlik ruhidagi jo'shqin monolog, Muhammad Yusuf va boshqalarning she'rlari asosida o'ziga xos da'vat qo'shiqlarni yaratdi ("Hech kimga bermaymiz seni, O'zbekiston", "O'zingdan qo'ymasin, xalqim", "Elim", "O'zbegim", "Xalq yashar") Shuningdek, 20-asr o'zbek qo'shiqchiligi an'analarida lirik ("Nastarin", "Olov yonar yuragimda", "Qizil olma"), hajviy ("Nozanin, noziman", "Buxorodan kuyov keldi"), lirik-dramatik ("Onaizor", "G'iybat, bo'hton o'ldiradi", "Shoh va gado", "Otajon", "Allohim", "Muhammad Yusufga") qo'shiqlar, bir qator xorij va qardosh xalqlar estrada qo'shiqlarini (jumladan, "Ya, habib" (arabcha), "Dunyo" (turkcha), "Parvardigori" (forscha)) mahorat bilan ijro etgan. 

"Bolajon" kinofilmida bosh qahramon rolini o'ynagan, ko'pgina "Temir erkak", "Bolajon", "Olov qa'ridagi farishta", "Tohir va Zuhra yangi talqin", "Sarvinoz", "Muhabbat sinovlari 2" filmlarda rol ijro etgan. "Temir hotin", "Oshiqlar", "Yolg'on dunyo" kinofilmlar uchun qo'shiqlar ijro etgan. 

Bir necha xalqaro estrada tanlovlari laureati (Yurmala, 1989; Olmaota, 1991). "Sharq qo'shiqlari qirolichasi" unvoniga sazovor bo'lgan (2000, Turkiya). Ijrolari 3 gramplastinka va 20 dan ortiq kompakt diskga yozilgan. Yevropa, Osiyo, Amerika, Shimoliy Afrika mamlakatlarida gastrolda bo'lgan.

Manbaa: http://muz.uz/content/xonandalar/yulduz-usmonova.html
Sayt foyda berdi!
86270 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi