Bastakor, xonanda va sozanda, akademik Yunus Rajabiy avvalo keng madaniy jamoatchilikka o‘tkir shirali ovozga ega bo‘lgan iste’dodli xonanda sifatida tanilgan. Xonandalikni bastakorlik bilan baqamti olib borgan san’atkor o‘zbek musiqali drama janrida samarali ijod etib, kuylar, qo‘shiqlar, raqs kuylari, xor asarlari yozdi. U O‘zbekiston xalq artisti, «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni va Respublika Davlat mukofoti sohibi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi.
Bastakor, xonanda va sozanda, akademik Yunus Rajabiy 1897 yilda Toshkentda tug‘ilgan. Avval madrasada, so‘ng 1919-1922 yillarda Turkiston xalq konservatoriyasida, 1934 yilda Toshkent Oliy musiqa maktabining tayyorlov kursida, 1940—1941 yillarda Moskvada bastakorlar kursida ta’lim olgan Yu. Rajabiy xalq musiqa merosini Mirzaqosim hofiz, Sh. Shoumarov, To‘ychi Hofiz, Domla Halim Ibodovlardan o‘rgangan.
Mehnat faoliyatini 1923—1925 yillarda Samarqand pedagogika bilim yurti to‘garagi o‘qituvchisi sifatida boshlab, 1925—1926 yillarda Samarqand teatrining musiqa rahbari, 1927—1959 yillarda O‘zbekiston radio qo‘mitasi qoshidagi xalq cholg‘u asboblari ansambli tashkilotchisi va badiiy rahbari, 1942—1945 yillarda Toshkent viloyat Yangiyo‘l musiqali drama va komediya teatrining musiqa rahbari, 1959—1976 yillarda O‘zbekiston Televideniyesi va radio eshittirish Davlat qo‘mitasi huzuridagi maqom ansambli tashkilotchisi va badiiy rahbari vazifalarida ishladi.
Yu.Rajabiy avvalo keng madaniy jamoatchilikka o‘tkir shirali ovozga ega bo‘lgan iste’dodli xonanda sifatida tanilgan edi. U aytgan «Girya», «Nolish»,
«Ko‘cha bog‘i», «Eshvoy», «Kurd», «Qalandari», «Shahnozi Gulyor», «Bayot», «Qaro ko‘zim», «Dugohi Husayni», «Chorgoh», «Miskin», «Nasrulloyi» kabi maqom yo‘llaridagi ashulalar, u tiklagan «Subhidam», «Yolg‘iz», «Sayqal», «Segoh», «Dugoh» va boshqa qadimgi o‘zbek kuy va ashulalari hamon tinglovchilarga estetik zavq bag‘ishlab, dillarga orom berib kelmoqda.
Xonandalikni bastakorlik bilan baqamti olib borgan san’atkor o‘zbek musiqali drama janrida samarali ijod etib, kuylar, qo‘shiqlar, raqs kuylari, xor asarlari yozdi.
Dastlab Xurshidning «Farhod va Shirin» (1922—1925), «Layli va Majnun» (1926), O‘.Ismoilovning «Rustam» (1933), A. Hidoyatovning «Avaz» (1935), Hamzaning «Xolisxon» .
(1940) spektakllariga xalq ashulalari asosida kuylar bastalagan bo‘lsa, keyinchalik S. Abdulla va Chustiyning «Qo‘chqor Turdiyev» (1942), B. Nadejdin bilan hamkorlikda A. Umariy va Uyg‘unning «Qasos» (1941), K. Yashinning «Farhod va Shirin» (1944), G. Mushel bilan hamkorlikda H. Olimjonming «Muqanna» (1943), Xalilov bilan hamkorlikda S. Qosimov va L. Mamatxonovning «Nodira» (1942—1943), B.Zeydman bilan hamkorlikda H. G‘ulomning «O‘g‘il uylantirish» (1964), Sayfi Jalil bilan hamkorlikda Y. Mahsumovning «Navoiy Astrobodda (1968) kabi musiqali dramalarini va T. Sodiqov, D. Zokirov, B. Zeydmanlar bilan hamkorlikda «Zaynab va Omon» operasini yozib, o‘zbek musiqali drama janrining shakllanishiga katta hissa qo‘shdi.
«Fabrika yallasi»,«Yor-yor»,«Mirzacho‘lda to‘y», «O‘zbekiston», «Qahramonlar haqida qo‘shiq», «Bizning davron», «Vatan haqida qo‘shiq» «Xalqlar do‘stligi», «Bahor keldi», «Shodlik», «Dugonalarga», «Koshki», «Gulbargi», «G‘alaba» kabi kuy, xor asarlari, marshlari, «O‘yin bayoti», «O‘yin dugohi», «Paxta» singari raqs kuylarini ham yaratdi.
O‘zbek musiqa merosini to‘plashda Yu. Rajabiyning xizmatlari nihoyatda qatta. U 1935 yildan boshlab kuy va qo‘shiqlarni,maqomlarni to‘play boshladi. Shuning natijasi o‘laroq Ye.Romanovskaya, A.Akbarovlar 1939 yilda tuzgan «O‘zbek xalq qo‘shiqlari» to‘plamidan Yu. Rajabiy notaga solgan 29 ta ashula va qo‘shiqlar o‘rin oldi.
Yu. Rajabiy 1955—1959 yillarda (Y. Akbarov tahriri ostida) 5 jildlik «O‘zbek xalq muzikasi» to‘plamlarini nashr ettirdiki, ularga turli janrlardagi mingga yaqin o‘zbek (bir qancha tojik, uyg‘ur) kuy va ashulalar, «Buxoro Shashmaqomi», Toshkent, Farg‘ona maqom cho‘llari, qatta ashulalar, Hamza qo‘shiqlari, o‘nlab bastakorlarning asarlari kiritilgan. Maqom ansambli bilan uzoq ishlashi natijasida, 1966-1974 yillarda (F. Qaramatov tahririda) «Shashmaqom»ning 6 jildlik yangi nashrini tayyorladi.
Mazkur kitoblarga izoh beruvchi 1978 yilda nashr etilgan «Muzika merosimizga bir nazar» asari maqomchilarning ijro uslublarini o‘rganishda muhim qo‘llanma bo‘ldi.
Ustoz san’atkor T. Sodiqov, D. Zokirov, D. Soatqulov, F. Sodiqov, N.Hasanov kabi bastakorlarni, N. Ahmedova, B. Davidova, K. Ismoilova, O. Imomxo‘jayev, O. Alimahsumov kabi xonandalarni tarbiyalab voyaga yetkazish bilan birga O‘zbekiston xalq artisti Obid Yunusov, O‘zbekiston xalq hofizi Hasan Rajabiy, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsaggan artist Tohir Rajabiy kabi farzandlarni o‘stirib, ulg‘aytirdi.
Ular oqil farzand va ijodkor sifatida o‘z otalarining ishini davom ettirmoqdalar, uning muqaddas nomini abadiylashtirish yo‘lida samarali mehnat qilmoqdalar.
Yu. Rajabiyning o‘zbek musiqa va qo‘shiq san’ati kamolotidagi katta xizmatlari 1958 yilda «O‘zbekiston xalq artisti» unvoni, Respublika Davlat mukofoti (1973) bilan taqdirlandi. 1966 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga saylandi.
O‘zbekiston musiqa san’atining ulkan arbobi Yunus Rajabiy 1976 yilda Toshkent shahrida vafot etdi. O‘zbekiston Televideniye va radio eshittirish Davlat qo‘mitasi qoshidagi «Maqom» ansambliga, Jizzax musiqali drama teatriga va Toshkent musiqa pedagogika bilim yurtiga, Toshkentdagi markaziy ko‘chalarning biriga Yunus Rajabiy nomi berildi.
Respublikamiz madaniy jamoatchiligi 1997 yilda Yunus Rajabiyning 100 yillik yubileyini keng nishonladi. O‘zbek milliy madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shganligi uchun u 2000 yilda «Buyuk xizmatlari uchun»ordeni bilan mukofotlandi.
Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.
Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.
TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.
TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.
DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.
DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.
Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.
O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.
Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.
O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.
С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.
O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.
Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.