Yusuf Roziqov Sulaymonovich

Yusuf Roziqov Sulaymonovich
Rejissyor, ssenariychi
Tavallud sanasi:
05.06.1957

1957 yil 5 iyun kuni Toshkentda harbiy xizmatchilar oilasida tug‘ilgan. O‘gay otasi — Lev Tvatrosovich Xeruntsev arman millatiga tegishli bo‘lgan. U fuqaro aviatsiyasi uchuvchisi, parvoz muhandisi bo‘lgan.

Maktabni bitirgach, Toshkent davlat universiteti filologiya fakultetida o‘qish bilan birga, “O‘zbekfilm” kinostudiyasida chiroq ustasi bo‘lib ishlagan. 1986 yil Butun Rossiya davlat kinematografiya institutining stsenariyachi fakultetini (V.K.Chernix fakluteti) tamomlagan. 1983 yil Moskvadagi yoshlar filmi festivalida uning «Lestnitsa v dome s liftom» (Liftlik uyning zinasi) (rejissyor Aman Kamchibekov) filmi eng yaxshi qisqametrajlik film nominatsiyasida bosh mukofotni olgan. Rejissyor 15 yil Moskvada yashab o‘tgan va «Mosfilm» kinostudiyasida ishlagan.

1999 yil oktyabrdan “O‘zbekfilm” kinostudiyasi direktori, 2004 yildan mazkur kinostudiya badiiy rejissyori.

Yusuf Sulaymonovich ilk o‘zbek seriallari «Domla» (1994), «Tartib» (1997) rejissyori va stsenariychisi.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/roziqov_yusuf_sulaymonovich