Yusupova Toʻti

Yusupova Toʻti
Aktyor
Tavallud sanasi:
10 mart 1936 yil

Yusupova Toʻti (1936.10.3, Samarqand) — Oʻzbekiston xalq artisti (1994). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1957).

1957 yildan hozirgacha Oʻzbekiston milliy akademik drama teatri aktrisasi. Hafiza (A.Qahhor, "Shohi soʻzana"), Sonya (A.Chexov, "Vanya togʻa"), Qorasoch (Uygʻun, "Shubha"), Hojar (A.Qahhor, "Tobutdan tovush"), Nuri (Oybek, "Qutlugʻ qon"), Ona (E’ Robles, "Oʻlimdan kuchli"), Xonzoda (Hamza, "Boy ila xizmatchi"), Shafaq (M. Karim, "Oy tutilgan tunda"), Rahima (Oʻ. Umarbekov, "Komissiya"), Sotti (S.Ahmad, "Kelinlar qoʻzgʻoloni"), Fotima, Zebi (Oʻ.Umarbekov, "Shoshma quyosh", "Qiyomat qarz"), Nodira (T.Toʻla, "Nodira"), Mastura (Hamza, "Paranji sirlari") kabi turli qaxramonlar obrazini yaratdi.

Qahramonlari xarakterining ijtimoiy va psixologik jihatlarini chuqur ocha bilish, ularni ruhiy goʻzallik va hayotbaxshlilik ruhi bilan taʼminlash, obraz mohiyatini muhit bilan uzviylikda olib borish Yusupova ijodiga xos. "Qalliq oʻyin" (Qizbibi), "Eski zamon hangomalari" (Buvi) kabi filmlarda ham suratga tushgan.

Manbaa: http://www.wikiwand.com/uz/To%CA%BBti_Yusupova