Zahriddin Muhammad Bobur

O`rta asr arbobi
Zahriddin Muhammad Bobur
Tavallud sanasi:
14.02.1483
Vafot sanasi:
26.01.1530

Zahriddin Muhammad Boburning dunyoning ko’plab tillariga tarjima qilingan asarlari g’azal va ruboiylari yosh avlodni Vatanga ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi.Ulug’ o’zbek shoiri mutaffakir tarixchi shoh va sarkarda boburiylar saltanatini asoschisi Amir Temurning beshinchi avlodi Farg’ona viloyati hokimi Umarshayx Mirzoning farzandi Bobur Zahriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo 1483 yil 14 fevralda Andijonda tavallud topti.

Bobur barcha temuriy shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar yirik fozilu ulamolar ustozligida harbiy ta’limi ilmi arab va fors tillarini o’rgandi. Yoshligidan ko’plab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qildi ilm-fanga she’riyatga qiziqa boshladi. Dovyurakligi va jasurligi uchun “Bobur” (“She’r”) laqabini oldi.

Otasi 39 yoshida fojiali vafot yetgach 12 yoshida valiahd sifatida tahtga o’tirdi. U paytlardagi Farg’ona viloyatining sarhadi hozirgi Farg’ona viloyatining hududiga qaraganda boshqacha bo’lgan. Uning sharqi - Qashg’arga, g’arbi - Samarqandga, janubi - Badaxshon tog’lariga, shimol tomoni - Olmaliq va Olmaota shaharlariga borib taqalgan.

Bobur otasi yo’lidan borib mashhur sufiy – Xoja Ahrorga ixlos qo’yadi va uning taraqati ruhida voyaga yetadi umrining oxiriga qadar shu e’tiqodga sodiq qoladi. Keyinchalik “Boburnoma” asarida Bobur Xoja Ahror ruhi bir necha bor uni muqarrar halokatdan xastalik va chorasizlikdan xalos etganini eng og’ir sharoitlarda rahnamolik qilganligini ta’kidlaydi.

Movarounnahr XV asr oxirida o’zaro nizolashayotgan temuriy shahzodalar yoki mulkdor zodagonlar boshchilik qilib turgan deyarli mustaqil bo’lib olgan ko’plab viloyatlarga bo’linib ketgan Movarounnahr taxti uchun kurash avjga chiqqan turli siyosiy fitnalar uyushtirilayotgan edi.

Bundan tashqari Umarshayx Mirzoga tobe bir necha bek va hokimlar yosh hukumdorga bo’ysunishdan bosh tortadilar. Ularning ayrimlari Boburning ukalarini yoqlasa ba’zilari mustaqillik da’vosini qiladi Yana boshqa birlari Boburga raqib boshqalari amaki va tog’alariga qo’shilib uni o’ldirishga tushadi.

Qarindosh-urug’lar o’rtasidagi nizolar oqibatida Bobur 1504 yilning iyun oyida Movarounnahrni tashlab yaqinlari va o’ziga sodiq bo’lgan navkarlari hamrohligida Afg’onistonga o’tib ketadi. U yerdagi ichki nizolardan foydalanib G’azna va Qobulni egallagach mustaqil davlat qurishga jadal kirishadi, qo’shinni tartibga keltiradi, qattiq ichki intizom o’rnatadi. Bobur Afg’onistonda el obononligi va ravnaqi yo’lida jon kuydiradi uning manfaatlari yo’lida odilona va oqilona ish tutadi.

Afg’onistondagi amaliy faoliyatiga ko’ra butun Xuroson va Movarounahrda qudratli va davlat boshlig’i va muzaffar sarkarda sifatida katta obro’ orttira bordi mintaqadagi siyosiy hayot e’tiborli o’ringa ko’tarildi.1507 yil boshlarida Bobur Hindistonga yurish boshlaydi. Ammo urinishi muvaffaqiyatsiz tugab, poytaxt Qobulga qaytadi.

1519 yil bahoriga kelib Hindistonni zabt etish rejalarini amalga oshirishga kirishadi va keyin 5-6 yil mobaynida bir necha yurishlar uyushtiradi. Nihoyat 1526 yilning aprel oyida Paninpatda asosiy raqibi –Dehli sultoni Ibrohim Lo’diyning 100 ming kishilik qo’shinini 12 ming askar bilan mag’lubiyatga uchratib Dehlini eggalaydi.

Oradan ko’p o’tmay ikkinchi yirik hind sarkardasi Rano Sango ustidan ham zafar qozonib shimoliy Hindistonning Bengaliyagacha bo’lgan qismini o’ziga bo’ysundirib oladi. So’ngra jangu jadallar bilan Hinistonning ko’pgina o’lkalarini zabt etadi. Dehli, Agra, Jo’npur, Harid, Bahor va boshqa o’lkalarda o’z bayrog’ini ko’taradi.

Boburning bobolari - Sohibqiron Amir Temur uning o’g’li Mironshoh Mirzo Sulton Abusaid Mirzolarning jismonan baquvvat otni musht bilan urganda dovdiratadigan darajada kuchli bo’lishgani tarixiy manbalardan ma’lum. Bobur ham bolalik chog’ilaridanoq nixoyatda sog’lom binobarin sho’x tabiatli chapdast yigit bo’lib o’sdi.

Boburning jismonan baquvvatligi havas qiladigan darajadagi sog’ligi butun umri davomida - uning podshohlik faoliyatida shaxsiy hayotida namoyon bo’lgan. U davlat ishlari bilan band bo’lgan chog’lari dono shoh kundalik hayotda xushchaqchaq ulfat, yaqin do’stlari orasida jismoniy baquvvat yigit qo’shinda esa qo’rqmas va bahodir sarkarda sifatida tarixda qolgan.

Boburning qizi Gulbadanbegimning “Humoyunnoma” asarida keltirilishicha, Bobur Hindistonda Agra shahrini egallagach xursandchilikdan bo’lsa kerak qa’la devoriga chiqib ikki yigitni ikki qo’ltig’ida dast ko’tarib devor ustida yugurgan. Agrani o’ziga poytaxt sifatda tanlagan Bobur bu mamlakatda katta qurilish va obodonlashtirish ishlarini boshlab yuboradi.

Shu tariqa Hindistonda uch yarim asrga yaqin xukm surgan qudratli boburiylar sulolasiga asos soladi. Afg’onistonda bo’lganidek u Hindistonda ham ko’plab ijtimoiy xayrli ishlarni amalga oshiradi, mamlakat taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Boburning maqsadi – parchalanib ketgan yurtni birlashtirib ulug’ saltanat qurish edi.

O’sha paytda Hindistonda besh musulmon va ikki musulmon bo’lmagan podshoxlar hukm surar bundan tashqari tog’lar va changalzorlar ichida ko’plab rojalar (beklar) bor edi. Rono Sango bilan bo’lgan jangda Boburning buyuk sarkardalik mahorati yaqqol namoyon bo’ldi. Yerni larzaga solib o’kirib kelayotgan dushman fillariga nisbatan Bobur bobosi - Amir Temur ishlatgan usulni qo’llab yonirilgan kajava - g’ildiraklarni fillar tomonga yumalatib yuboradi.

 Olovdan qo’rqib ketgan fillar orqaga burilib saf-saf bo’lib kelayotgan piyoda askarlarini yezib boshlaydi. Bobur g’anim ustidan to’liq g’alaba qozonadi. Bobur Mirzo qayerda va qay bir davlatda bo’lmasin adabiyot va tarix, musiqa va sa’natdan yaxshi xabardor bo’lgan olimu fozillar davrasida ishtirok etdi, xususan ijod ahliga kasbu hunar sohiblariga samimiy yehtirom ko’rsatdi homiylik qildi, ularni moddiy va ma’naviy rag’batlantirib turdi.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/zahriddin_muhammad_bobur
Sayt foyda berdi!
85061 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi