Zohidjon Obidov

Shoir
Zohidjon Obidov
Shoir
Tavallud sanasi:
1923 yil
Vafot sanasi:
5.08.1996

Urush faxriysi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, jangchi-shoir Zohidjon Obidovning yigirmadan ortiq she'riy to‘plamlari e'lon qilingan. To‘plamlardagi ayrim she'rlar qo‘shiq bo‘lib yangraganini, ayrimlari hajviya sifatida kulgiga yetaklaganini, yana ba'zilari zamon va zamondoshlarning o‘y-fikrlarini ifoda etganini ko‘ramiz.

Tarjimai hol

Zohidjon Obidov mashhur shoirlarnin asarlarini ham o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan.

Jangchi-shoir Zohidjon Obidov 1923 yil Toshkentda tug‘ilgan. U o‘rta maktabni tugatib, oliy o‘quv yurtiga emas, frontga - jangga otlandi. Leningrad bo‘sag‘alarida bo‘lgan janglarda yarador bo‘lib ona yurtiga qaytdi. Shundan so‘ng Toshkent Davlat universitetiga o‘qishga kirdi.

Uni tugatgach, Namangan pedagogika institutida dars berdi. Ayni chog‘da viloyat Yozuvchilar uyushmasiga rahbarlik qildi. Z.Obidov Toshkentga qaytgandan so‘ng O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida, G‘afur G‘ulom nomidagi «Adabiyot va san'at» nashriyotida hamda «Mushtum» jurnalida faoliyat ko‘rsatdi.

Zohidjon Obidov 1996 yilning 5 avgustida vafot etgan.

Zohidjon Obidovning to‘plamlarga kirgan she'rlarni chuqurroq ko‘zdan kechirsak, undagi ayrim she'rlar qo‘shiq bo‘lib yangraganini, ayrimlari hajviya sifatida kulgiga yetaklaganini, yana ba'zilari zamon va zamondoshlarning o‘y-fikrlarini ifoda etganini ko‘ramiz.

Zohidjon Obidov M.Lermontov, T.Shevchenko, M.Bajan, R.Hamzatov kabi mashhur shoirlarning asarlarini ham o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan. Urush faxriysi. «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» unvoni bilan taqdirlangan.

Faoliyati


Zohidjon Obidov shoir sifatida 50-yillardan boshlab ijod qilib keldi. Shu damgacha shoirning yigirmadan ortiq she'riy to‘plamlari e'lon qilingan. Jumladan, 

  • «Yaxshi niyat» (1957), 
  • «Yangi oyning o‘rog‘i» (1961), 
  • «Oshiqko‘ngil bilan» (1963), 
  • «Xitoydan sovg‘a» (1963), 
  • «Tong yulduzlari» (1964), 
  • «Sening izlaring» (1965), 
  • «Ko‘ngil navosi» (1968), 
  • «Handalarim» (1969), 
  • «Umid to‘lqinlari» (1972), 
  • «Yurakdagi mavjlar» (1973), 
  • «Kuygankuyov» (1973), 
  • «Tanlangan asarlar» (1974), 
  • «Talpinur dil» (1977), 
  • «Qo‘lingni ber» (1979), 
  • «Ko‘ngil taronasi» (1983), 
  • «Kuyla, dilkash dutorim» (1984), 
  • «Dilrabosan» (1984), 
  • «Baxshida» (1985), 
  • «Senga talpinaman» (1990), 
  • «Qanotli qo‘shiqlar» (1991) kabi kitoblari bosilgan.
Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/obidov_zohidjon
Sayt foyda berdi!
48795 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2023
Obuna va GoodGroup loyihasi