O‘zbek adabiyotiga 80-yillarda kirib kelgan yosh shoiralardan biri Zulfiya Mo‘minovadir. U Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Omon Matjon, Halima Xudoyberdiyeva kabi ustozlardan ilhom olgan. Shoiraning to‘plamdan-to‘plamga mahorati oshib, izlanishlar doirasi kengayib, u o‘zining dadil ovozi bilan o‘quvchilar e'tiborini tortdi.
Tarjimai hol
Zulfiya ijodida «Yonayotgan ayol» she'riy guldastasi kitobxonga ham, adabiy jamoatchilikka ham, ayniqsa, ma'qul bo‘ldi.
Zulfiya Mo‘minova 1959 yili Samarqand viloyatining Narpay tumanida tug‘ilgan. «Qishlog‘imiz Horatov tog‘ining yon bag‘rida joylashgani uchun bag‘oyat so‘lim va go‘zal tabiatli, - deb yozadi u o‘z tarjimai holida.
- Bu yerda xalq og‘zaki ijodini yaxshi biladigan, yaxshi ijro etadigan odamlar yashaydi. Shular qatori mening rahmatli bobomni Mo‘min oqin deb atashgan.
Bobom bir necha soatlab dostonlar aytganlar. Oradan yillar o‘tdi va xalq qo‘shiqlariga bo‘lgan havas mening qalbimda she'rga bo‘lgan intilish urug‘ini sochdi.
O‘zbek adabiyotiga 80-yillarda kirib kelgan yosh shoiralardan biri bo‘ldim. Bu yillar biror hafta yoki kun yo‘q ediki, she'riyat haqida bahs va suhbatlar bo‘lmagan bo‘lsa. Bu bahs va munozaralarda charxlandim. Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Omon Matjon, Halima Xudoyberdiyeva kabi ustozlardan ilhom oldim...»
Zulfiya shu yillarda Toshkent davlat universitetining "Filologiya" fakultetini bitirdi (1983). «Saodat» jurnali va radioda ishladi.
Shoiraning dastlabki she'riy to‘plami 1988 yilda «Vatan tashlab ketmaydi» nomi bilan nashr bo‘lgan. Shu yili uning yana «Beshiklarni asragin, dunyo», 1993 yilda esa «Yonayotgan ayol» she'riy kitoblari olam yuzini ko‘rgan.
Shoiraning to‘plamdan-to‘plamga mahorati oshib bordi. «Beshiklarni asragin, dunyo» to‘plamida shoiraning izlanishlar doirasi kengayib, u o‘zining dadil ovozi bilan o‘quvchilar e'tiborini tortdi. Zulfiya ijodida «Yonayotgan ayol» she'riy guldastasi kitobxonga ham, adabiy jamoatchilikka ham, ayniqsa, ma'qul bo‘ldi.
U hammadan, yaxshi odamlardan, go‘zallik va hurlikdan, iffatli va iboli ayollardan, mehribon va mushfiq onalardan, tabiat va Vatan jamolidan hayratlanadi. Ayni chog‘da yomonlardan, qora niyatli, chirkin yuraklardan betoqat bo‘ladi, nafrati halqumiga sig‘maydi. Qarang:
Dunyo yaxshi dedim, dunyo gul, dedim,
Dunyo yomon, dedi yomonlar.
Yaxshilarga yetib kelguncha
Yuragimni yedi yomonlar.
Shoiraning yangi she'riy armug‘oni «Azizim, baxtiyorman» (1997) deb ataladi.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.