Muhammad Yusuf
Shoir
Tavallud sanasi:
1954 Aprel 26
Vafot sanasi:
2001 Avgust 1

 

O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining marhamat tumani, Qovunchi qishlog‘ida tug‘ilgan. 1973 yil Respublika Rus tili va adabiyoti institutiga o‘qishga kirgan. 1978 yil institutni bitirib, harbiy xizmatga ketgan.

1980 yildan ish faoliyatini boshlagan. U Respublika kitobxonlar jamiyatida muharrir (1980-82), “Toshkent oqshomi” gazetasida muxbir (1982-86), G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir (1986-92) “O‘zbekiston ovozi” gazetasida katta muharrir (1992-93), Respublika Milliy axborot agentligida bosh muharrir o‘rinbosari (1993 ) “Navro‘z” xayoriya jamg‘armasida tashkiliy ishlar va xatlar bo‘limi boshlig‘i (1994-95), “Vatan” gazetasida maxsus muxbir (1995), “Tafakkur” jurnali tahririyatida bo‘lim mudiri (1995-96), 1996-97 yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi, 1997 yildan 2001 yilgacha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida raisning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Muhammad Yusufning “Tanish teraklar” (1985), “Bulbulga bir gapim bor” (1987), “Uyqudagi qiz” (1989), “Halima enam allalari” (1989), “Iltijo” (1989), “Ko‘nglimdagi yor” (1991), “Bevafo ko‘p ekan” (1991), “Ishq kemasi” (1991), “Osmonimga olib ketaman”(?), “Erka kiyik” (1992 yil), “Yolg‘onchi yor” (1994), “O‘zingdan qo‘ymasin xalqim” (2000), “Saylanma” (2001), “Ulug‘imsan Vatanim” (2004), “Xalq bo‘l, elim” (?), “Biz baxtli bo‘lamiz” (2008) nomli kitoblari chop etilgan.

1997 yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi bo‘lgan.

1996 yilda “Do‘stlik” ordeni, 1998 yilda “O‘zbekiston xalq shoiri” unvonlari bilan taqdirlangan.

2000 yilda Oliy Majlis deputati etib saylangan.

Manbaa: http://www.muhammadyusuf.uz/node/1