-
Mohi - oy, oydek, go'zallikka mansub; Sitora - yulduz, baxtli tolei baland; Bonu - malika, shohlar avlodiga mansub aslzoda; Mohisitora - istarasi issiq, jozibali, nafosatli qiz, Mohisitorabonu - Oy va yulduz malikasi
-
Ali oldinda turuvchi, rahbar, peshvodir. Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning tog‘asi shiitlarning birinchi imomi hisoblanadi. Shu sababli u Imomali deb yuritilgan va bu nom kishilar ismiga ham o‘tgan
-
Zabarjad-zangori tusli asiltosh (�������)dek bebaho, qimmatli qiz
-
Yashovchi, barhayot, joni toshdek mustahkam, umri uzoq, hayoti nurli qiz. Bu ism Muhammad (sallolohu alayhi vasallam)ning ayollari Oysha (r.a.) ismlari bo‘lgan.
-
Muhammadning do‘sti, tarafdori yoki Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) yo‘ldosh bo‘ladigan, qo‘llaydigan bola, yohud ota-onasi (aka-opalari) ga hamroh, hamdam bo‘luvchi bolani Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) o‘z panohida asrasin
-
Ava ismi lotinchadan olingan bo‘lib, hayot yoki qush degan mazmun anglatadi. XX asrning boshlaridan ushbu ism keng yoyilib ketdi va shu kunga qadar ommalashib, tildan-tilga o‘tib kelmoqda.
-
Sharlotta fransuzcha ism bo‘lib, mustaqil, erkin deganidir. Bu nom asrlar davomida qo‘llanib, mashhur insonlar aynan Sharlotta nomi bilan atalgan. Qirolicha va malikalarning nomi aynan shu ism bilan jarang sochgan.
-
Ahmad - Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ning mehri, muruvvati bo‘lgan bola yoki maqtovga loyiq va nurli, istiqboli porloq, saodatmand bola. Nur (qar.) nomi - Alloh Taolo va Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) sifatlaridan biridir
-
Ayollik ramzi, sabrli, chidamli, matonatli, irodali, qanoatli va omad farishtasi, doimo omadli, muvaffaqiyatga erishuvchi qiz. Yunona - qadimgi Rim ma’budasi, Yupiterning ayoli, nikoh va tug‘ilish, onalik, ayollar va ulrning ko‘payish ma’budasi.
-
Qimmatbaho tosh, qadri baland, yorqin, hayoti porloq, nurli bo‘lsin, o‘z burchini ado etuvchi, intizomli, farishtadek pokdomon, sarishta yohud o‘lja, g‘animat. Bu so‘z ko‘k yo‘talga qarshi dori bo‘luvchi qush go‘shti nomi hamdir.
-
Aynan: "bo‘taloqning onasi" yoki aybsiz, gunohsizning, rostgo‘yning otasi. Ba’zilar Abubakr ismi "Tong otasi " deb izohlaydi. Muhammad (sallolohu alayhi vassalam) bilan birga namoz o‘qigani uchun Bakr shu laqabni olgan.
-
Xoli bilan tug‘ilgan bola ulg‘ayib boy-badavlat, xazinalar egasi bo‘lsin yoki xol bilan tug‘ilgan va qaza (dag‘al, ipak, past nav ipakdek) e’tiborsiz yomon qiz. Bu ma’noda bolani yomon ko‘zlardan asrash uchun beriladi
-
Ushbu nom nemischadan olingan bo‘lib, qat’iyatli himoyachi degan ma’noni anglatadi. Bu asrlar davomida mashhur ism bo‘lib kelgan va ko‘plab taniqli shaxslar Uilyam ismi bilan atalgan. Shu jumladan Uilyam Shekspir va Uilyam Fatx.
-
Lusiya lotinchadan olingan bo‘lib, yorug‘lik, nur degan ma’noni anglatadi. Ushbu ism xristian an’analari bilan bog‘langan. Sadoqati va e’tiqodi bilan tanilgan shahid ayol avliyo Lusiya sharafiga o‘n uchinchi dekabr bayram kuni sifatida nishonlanadi.
-
Lia ismining fransuzcha mazmun mohiyati mavhum. Qanday ma’no anglatishi haqida aniq ma’lumot keltira olmaymiz. Fransuzlar ham farzandiga aynan shu ismni qo‘ymoqchi bo‘lsa, ma’nosi yashirinligiga e’tibor qaratmasdan, jarangli hamda chiroyli bo‘lgani uchun ham ko‘p qo‘llaydilar.
-
Bu nom nemischadan olingan bo‘lib, mehnatsevar degan ma’noni anglatadi. Ameliya ismi ham asrlar davomida qo‘llanib, mashhurlar aynan shu nom bilan atalgan. So‘nggi yillarda ushbu ism yanada ommalashib, Buyuk Britaniyada eng ko‘p qo‘llangan ismlar qatoridan joy olgan.
-
Enso nomi Italiyada paydo bo‘lib, boshqa mamlakatlar, shu jumladan Fransiyada ham mashhur nomlar qatoriga kiradi. Bu nomning fransuzcha aniq mazmuni mavjud emas.
Umumiy ma’noda Enso ismini g‘olib degan ma’noda talqin qilinib, qat’iyatli, mardonavor fazilatlar bilan bog‘lanadi.
-
Italiya va ispan tilidan olingan bo‘lib, parvardigorga sodiqman degan ma’noni anglatadi. Ushbu ism o‘rta asrlardan beri qo‘llanilib, Ispaniya qirolichasi Izabella va aktrisa Izabella Rosselini shu nom ostida yashab o‘tishgan. Shuning uchun ham Izabella dunyoga mashhur ismlardan sanaladi.
-
Luka nomi italyancha va lotincha Loukas nomidan olingan Nur, yorug‘lik degan ma’noni anglatadi. Shuningdek, Italiyaning janubidagi Lukaniya mintaqasi bilan bog‘liq familiya sifatida paydo bo‘lgan degan ehtimol ham mavjud.Shu nuqtai nazardan, Luka nomi ushbu mintaqadan kelgan odamni anglatadi.
-
Aynan: "bo‘taloqning onasi" yoki aybsiz, gunohsizning, rostgo‘yning otasi. Ba’zilar Abubakr ismini "Tong otasi" deb izohlaydi. Muhammad (sallolohu alayhi vasallam) bilan birga namoz o‘qigani uchun Bakir shu laqabni olgan. O‘rganuvchi, izlanuvchi, tadqiq qiluvchi yoki bakr-bo‘taloq. Bakir - shiitlar imomi Muhammad ibn Alixonning laqabi bo‘lgan.
Sayt foyda berdi!
121446 ta odamga sayt foyda berdi 😊
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2026