-
“Bu bolani hattoki it ham olmaydi, uning hech kimga keragi yo‘q“, deyilagan ma’noga qo‘yiladi. Bu bilan bolani ko‘z tegishdan, bevaqt o‘limdan asramoqchi bo‘lishadi
-
Alloh Payg‘ambarga (sollallohu alayhi vasallam) baxsh etgan ziyo, ya’ni baxt, saodat, to’lei shu baxtdek porloq, baland bo‘lsin ma’nosida.
-
Qar. Qalamqosh yoki chiroyli qoshli qiz
Majoziy ma’noda: sheriyat olamida shaxdam qadam bosib o‘z ismiga mos bo‘lgan chiroyli fe’l-atvorga ega bo‘lgan inson.
-
o‘z panohida saqlovchi, asrovchi, mana shu ma’noda bu nom Allohning sifatlaridan biridir. Qar. Abduhofiz, shuningdek hofiz Qur’onni yoddan o‘quvchi, qiroatchi yoki ashulasi, quychi
-
o‘z-o‘zini va borliqni ayon etib, ravshan qilib turuvchining, ya’ni Allohning quli. Nur “yog‘du, yorug‘lik“ ma’nosida Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning sifatlaridan biri (qar. Nur)
-
Aynan: peshona, manglay, ya’ni saodatli, baxtu-toleli bola yoki tuban, past bola. Ism keyingi ma’noda chaqaloq yomon ko‘zdan yiroq bo‘lsin, ko‘z tegmasin degan maqsadda beriladi
-
Dinga sig‘inuvchilar (xudojo‘ylar)ning eng a’losi, go‘zali. Bu nom imom Alining faxriy unvoni bo‘lgan va oldin shiitlar, keyinchalik esa sunniylar orasida kishi ismi sifatida tarqalgan
-
Pok, pokiza, begunoh, muqaddas; aziz; ilohiy. Falastindagi Dovud payg‘ambar barpo qilgan shahar nomi. Shuningdek bu nom Allohi Taoloning sifatlaridan biri bo‘lib, “nuqsonlardan xoli“ ma’nosini anglatadi. Qar. Abduquddus
-
Topib olingan qiz yoki ozod, hur qiz yohud Shosh (shahar) farzandi, yohud yomon, iflos qiz. Keyingi ma’no bolaga ko‘z tegmasin degan maqsadni ifodalaydi
-
Iso - qadimiy yahudiycha Jexogua, lisus (xristos) nomining arabcha shaklidir. Eng yuksak, eng ulug‘, oliy, yuqori martabali. Bu nom Muhammad payg‘ambarning kuyovi, to‘rtinchi xalifaning ismidir. Ali - Allohning tuhfasi, ehsoni, lutfu karami; Allohning ko‘magi va yaqini.
-
Qizil rangli qimmatbaho tosh, yoqut. Turkiy xalqlar yoqut kishini turli kasalliklardan asraydi, davo bo‘ladi deb hisoblaganlar. Shundan kelib chiqib, odamlar dardiga malham bo‘luvchi, dardkash, qalblarga shifo beruvchi ma’nosida ham qo‘yiladi.
-
Qirolicha; podshohning avlodiga mansub ulug‘ martabali ayol. Shohbonu, go‘zallar go‘zali, mahvashlar mahvashi, zakovatli sohiba. Malikalardek obro‘-e’tiborli bo‘lsin ma’nosida ham qo‘yiladi. Ushbu ism sohibalaridan biri Amir Temurning xotini, katta malika - Saroymulkxonim, Qozonxonning qizidir.
-
Xoli bilan tug‘ilgan bola ulg‘ayib boy-badavlat, xazinalar egasi bo‘lsin yoki xol bilan tug‘ilgan va qaza (dag‘al, ipak, past nav ipakdek) e’tiborsiz yomon qiz. Bu ma’noda bolani yomon ko‘zlardan asrash uchun beriladi
-
"Fayyoz — juda saxiy, qo'li ochiq, muruvvatli. Fayoziddin — dinning saxiy, saxovatli, qo'li ochiq bandasi ma'nosini anglatadi. Ushbu ism oxiriga ""bek"", ""jon"", ""ali"" qo'shimchalari ham qo'shilishi mumkin. Ism o'zagi avvalida esa ""Mir"", ""Abdu"" va boshqa qo'shimchalar ham uchrab turadi"
-
Ushbu ism ham o‘ziga xos ma’noga ega emas. Shunday bo‘lsa-da, fransuzlarda juda mashhur nom sanaladi. Manon ismi Marining qisqargan shaklidir. Ikkala ism bir-biriga monand bo‘lgani uchun poklik, inoyat va kuch kabi fazilatlar bilan bog‘liq.
-
Muhammad va imron ismlaridan birikib hosil bo‘lgan nom. Muhammad - maqtovga, olqishlarga sazovor, Payg‘ambarimiz (sallolohu alayhi vassalam) ismlari; Imron - tiriklik, barhayotlik, boqiylik, uzoq umr ko‘ruvchi, imonli, e’tiqodli, jasur, ko‘p yashovchi. Qur’onda Maryamning otasining ismi hamda Isoning bobosining nomi bo‘lgan.
-
Muhammad va Yasin ismlaridan birikib hosil bo‘lgan nom. Muhammad - maqtovga, olqishlarga sazovor, Payg‘ambarimiz (sallolohu alayhi vassalam) ismlari; Yasin - iymonli, e’tiqodli bo‘lsin, din yuragida bo‘lsin ma’nosida ham qo‘yiladi. Qur’oni Karimda keltirilgan "Yosin" surasiga (Qur’onning yuragi) nisbat olib qo‘yilgan.
-
Aynan: "bo‘taloqning onasi" yoki aybsiz, gunohsizning, rostgo‘yning otasi. Ba’zilar Abubakr ismini "Tong otasi" deb izohlaydi. Muhammad (sallolohu alayhi vasallam) bilan birga namoz o‘qigani uchun Bakir shu laqabni olgan. O‘rganuvchi, izlanuvchi, tadqiq qiluvchi yoki bakr-bo‘taloq. Bakir - shiitlar imomi Muhammad ibn Alixonning laqabi bo‘lgan.
-
Ella ingliz tilidan olingan nomlardan biridir. To‘liq, butun degan ma’no anglatadi. XIX asrdan buyon ushbu ismdan keng qo‘llanilib kelingan. Taniqli insonlar — jaz qo‘shiqchisi Ella Fitsjerald, britaniyalik aktrisa Ella Purnell shular jumlasidan. Buyuk Britaniya va AQSHda ushbu nom bilan atalganlar ham anchagina, ya’ni mashhur ismlar sirasiga kiradi.
Sayt foyda berdi!
71458 ta odamga sayt foyda berdi 😊
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024