Баҳром Раҳмонов

Ёзувчи
Баҳром Раҳмонов
Ёзувчи
Таваллуд санаси:
1915 yil
Вафот санаси:
aprel 1963 yil

Asli kasbi kori huquqshunos bo‘lgan Bahrom Rahmonov o‘nlab otashin va dolzarb publitsistik maqolalari va «Yurak sirlari» sahna asari bilan ham adabiyotimiz tarixidan munosib o‘rin egallaydi. Ushbu asar ustoz rejissyor Toshxo‘ja Xo‘jayev tomonidan hozirgi O‘zbek milliy akademik teatrida sahnalashtirilgan. Uning o‘nlab siyosiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy hayot muammolariga bag‘ishlangan publitsistik asarlari o‘zining o‘ta dolzarbligi bilan alohida ajralib turardi.

Tarjimai hol

Asli kasbi kori huquqshunos bo‘lgan Bahrom Rahmonov o‘nlab otashin va dolzarb publitsistik maqolalari va «Yurak sirlari» sahna asari bilan ham adabiyotimiz tarixidan munosib o‘rin egallaydi. Adib 1915 yil Toshkentda ziyoli-hunarmand oilasida tavallud topgan bo‘lib, o‘rta maktabni tugallagach, Toshkent Davlat yuridik institutiga o‘qishga kiradi. Oliy ma’lumotni olib, mazkur institut qoshidagi aspiranturada tahsil oladi.

U 1939-1940 yillarda Krasnodardagi 78-o‘qchi polk maktabida o‘qiydi. Maktabni tugatib, shu polkning bo‘lim komandiri sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Bo‘lg‘usi adib huquqshunos bo‘lganligi tufayli urush arafasida Janubiy frontdagi 74-o‘qchi polk prokuraturasida harbiy tergovchi vazifasida xizmat qildi. U Ikkinchi jahon urushining boshdan-oyoq barcha mashaqqatlarini o‘tab, 1946 yilda ona shahri Toshkentga qaytadi. Avvaliga Turkiston harbiy okrugida prokuror yordamchisi, so‘ngra Tashqi ishlar vazirligida bo‘lim mudiri bo‘lib ishlaydi. 1948-1953 yillarda esa dastlab «Qizil O‘zbekiston» (hozirgi «O‘zbekiston ovozi») gazetasida targ‘ibot bo‘limini boshqaradi, biroz vaqtdan so‘ng mazkur gazetaning bosh muharriri o‘rinbosari etib tayinlanadi. Uning badiiy ijodga kirib kelishi gazetada ishlab yurgan kezlaridan boshlangan bo‘lib, dastlab o‘nlab publitsistik maqolalar yozadi.

«Bahrom Rahmonov huquqshunos bo‘lsa ham, - deb eslaydi yozuvchi va jurnalist Maqsud Qoriyev o‘zining «Ezgulikka intilib» (1998) nomli kitobida, - jurnalistika, adabiyot, san’atga benihoya havasli inson edi». Chindan ham, uning o‘nlab siyosiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy hayot muammolariga bag‘ishlangan publitsistik asarlari o‘zining o‘ta dolzarbligi bilan alohida ajralib turardi.

Bahrom Rahmonov 1955-1958 yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi raisi bo‘lib xizmat qiladi, biroq haqiqatparast, o‘ta vijdonli inson hayot yo‘li davomida ro‘baro‘ kelgan nohaqlik va fojialar beiz qolmadi.

U ham odamlardek ko‘p yashashi, ko‘p yaxshi asarlar yaratishi mumkin edi, ammo bevaqt o‘lim uni bor-yo‘g‘i 48 yoshida oramizdan olib ketdi. Bu 1963 yil aprel oylari edi.

Манбаа: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/rahmonov_bahrom
Сайт фойда берди!
85313 та одамга сайт фойда берди 😊

Лойиҳаларимиз

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — Ўзбек ва дунё исмларининг маъноси. Исмлар маъноси, 2008–2024
Obuna ва GoodGroup лойиҳаси