Маҳмуд Тоиров

Шоир
Маҳмуд Тоиров
Таваллуд санаси:
1952 Avgust 31

Shoir Mahmud Toirov she’rlari respublikamizning o‘nlab taniqli xonandalari ijrosida kuylanib kelinmoqda. Shoirning «Oqib ketgan armonlar» va «Otamning o‘kinchi» nomli dostonlari o‘z samimiyati bilan o‘quvchilar e’tiborini qozongan.

Tarjimai hol

Shoir Mahmud Toirov 1952 yilning 31 avgustida Toshkent viloyatining Parkent tumani Parkent qishlog‘ida tavallud topgan. Mahmud Toirov 1959 yil Nizomiy nomidagi o‘rta maktabga o‘qishga kirib, uni 1969 yili tamomlaydi.

Xuddi shu yili Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetining kechki bo‘limiga o‘qishga kiradi. Talabalar shaharchasidagi qurilish tashkilotida duradgor bo‘lib ishlaydi.

Kechki bo‘limda o‘qigani bois, 1971-1973 yillarda harbiy xizmatda bo‘ladi.

1973 yili xizmatdan qaytib o‘qishni davom ettiradi. Sobiq «Yosh gvardiya» nashriyotida musahhih va musahhixlar bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlaydi.

1977 yili universitetni tugatib, Respublika radiosining bolalar va o‘smirlar uchun eshittirishlar bosh tahririyatida mehnat faoliyatini davom ettiradi.

1984 yilda «Parkent tongi» gazetasiga muharrir etib tayinlanadi. 1999 yil iyun oyidan boshlab O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyat bo‘limining mas’ul kotibi lavozimida ham ishlab kelmoqda.

Mahmud Toirov she’rlari respublikamizning o‘nlab taniqli xonandalari ijrosida kuylanib kelinmoqda.

Mahmud Toirov ijodi, mehnat faoliyati munosib taqdirlandi - 2001 yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlandi. 2005 yilda unga «O‘zbekiston xalq shoiri» unvoni berildi.

Faoliyati

Mahmud Toirovning birinchi she’ri o‘rta maktabning 7-sinfida o‘qib yurgan kezlari «Tannoz kelur» nomi bilan Parkent tumanining «Sur’at» gazetasida e’lon qilingan. Ilk to‘plami «Ayt endi, yuragim» esa 1991 yilda G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida chop etildi. Shundan so‘ng shoirning «Biz nechun uchrashdik» (1992), «Muhabbat shevasi» (1995), «Oqib ketgan armonlar» (1996), «Barmoqlar bodasi» (1998), «Haqni tanib» (1999), «Yuz to‘rtlik» (2002) to‘plamlari va «Saylanma»si (2002) nashr qilinadi. Shoirning «Oqib ketgan armonlar» va «Otamning o‘kinchi» nomli dostonlari o‘z samimiyati bilan o‘quvchilar e’tiborini qozongan.

Манбаа: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/toirov_mahmud_
Сайт фойда берди!
69228 та одамга сайт фойда берди 😊

Лойиҳаларимиз

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — Ўзбек ва дунё исмларининг маъноси. Исмлар маъноси, 2008–2024
Obuna ва GoodGroup лойиҳаси