Розия Каримова

Раққоса
Розия Каримова
Таваллуд санаси:
1916
Вафот санаси:
15.04.2011

Roziya Karimova o’zbek balet aktrisasi, raqqosa, baletmeyster va xoreograf. U nafaqat talantli raqqosa, balki mohir pedagog va raqs san’atining nazariy, amaliy masalalari bilan jiddiy shug’ullangan yirik tadqiqotchi olima hamdir. Uning bu xizmatlari e’tiborga olinib, mustaqillik yillarida unga faxriy san’atshunoslik doktori ilmiy darajasi berildi. Roziya Karimova «O’zbekiston xalq artisti» O’zbekiston Davlat mukofoti Mukarrama Turg’unboeva nomidagi mukofot, «El-yurt hurmati» ordeni sohibidir.

O’zbek balet aktrisasi, raqqosa, baletmeyster va xoreograf Roziya Karimova 1916 yilda Qozonda tug’ilgan.
Samarqanddagi O’zbek Davlat musiqali drama teatri studiyasida ta’lim olib, 1930 yildan shu teatrda o’z faoliyatini boshladi va lirik raqslar bilan bir qatorda dramatik rollarni ham ijro etdi.

Anorxon (Q. Yashin, «O’rtoqlar», 1932), Asal (K. Yashin «Gulsara» 1935), Osiyo (U, Hojibekov, «Arshin mol olon», 1936) kabi obrazlar aktrisa ijodining ilk mahsulidir.
Shundan so’ng, 1934—1949 yillarda Toshkentdagi musiqali teatrda, 1949—1953 yillarda A. Navoiy nomidagi Opera va balet teatrida Gulandom (Ye. Brusilovskiy, «Gulandom»), Oqbilak (S. Vasilenko, «Oqbilak»), Fraskita (J. Bize, «Karmen»), Kumush (M. Ashrafiy, S. Vasilenko, «Bo’ron») kabi partiyalarni ijro etib, «O’rtoqlar», «Bo’ron», «Gulsara», «Ulug’bek», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» kabi opera asarlaridagi raqslarni sahnalashtirdi va o’zi ulardagi yolg’iz o’yinlarni o’ynadi.

Shuningdek, K. Yashinning «O’rtoqlar» operasidagi raqslarni Olma ota teatrida sahnalashtirdi. Muqimiy nomidagi O’zbek Davlat musiqali drama va komediya teatrida baletmeyster, 1935—1960 yillarda shu teatrda solistka bo’lib, «Nurxon», «Farhod va Shirin», «Ravshan va Zulxumor», «Tohir va Zuhra», «Oftobxon», «Oq nilufar», «Zafar» va boshqa qator spektakllardagi raqslarni sahnalashtirdi va ulardagi yolg’iz raqslarni mohirona ijro etdi.

R. Karimova «Andijon samosi» (yalla), «Katta o’yin», «Gul o’yin», «Safti ufori» va boshqa milliy raqslarni ham nihoyatda nozik did va nafislik bilan o’ynagan katta iste’dod sohibidir.

U Gavhar Rahimova rahbarligidagi xotin-qizlar ansambli safida 1942 yilda Eronda, 1943 yilda Shimoli-g’arbiy frontlarda bo’lib, madaniy xizmat qildi. U nafaqat talantli raqqosa, balki mohir pedagog va raqs san’atining nazariy, amaliy masalalari bilan jiddiy shug’ullangan yirik tadqiqotchi olima hamdir. 

1932 yildan O’zbekiston Davlat xoreografiya bilim yurtida pedagog, 1964 yildan Hamza nomidagi San’atshunoslik institutida ilmiy xodim sifatida o’zbek raqs san’atining muhim masalalari ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib borib «Farg’ona raqslari», «Buxoro raqslari», «Robiya Otajonova raqslari», «Bahor» ansambli raqslari», «Doira zarblariga mashg’ulot», «O’zbekiston raqslari» kabi o’ndan ortiq kitoblar va qo’llanmalarni yaratdi, ko’plab maqolalar yozgan R. Karimova ko’plab raqqosalarni tarbiyalashdek sharafli ishga munosib hissa qo’shdi.

Bernora Qorieva, Ra’no Nizomova, Ibrohim Yusupov, Dilafro’z Jabborova, Shokir Ahmedov, Dilbar Abdullaeva, Karima Uzoqova, Sivilya Tangurieva, Inna Kirkova, Muhabbat Abdullaeva, Qodir Mo’minov kabi raqqosa va raqqoslar uning shogirdlaridir.

Uniig bu xizmatlari e’tiborga olinib, mustaqillik yillarida unga faxriy san’atshunoslik doktori ilmiy darajasi berildi.
Roziya Karimova «O’zbekiston xalq artisti» (1950) unvoni, O’zbekiston Davlat mukofoti (1983), Mukarrama Turg’unboeva nomidagi mukofot (1994) sohibidir. 
Shuningdek, 1998 yilda u «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlandi.

Манбаа: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/karimova_roziya_zarif_qizi
Сайт фойда берди!
67643 та одамга сайт фойда берди 😊

Лойиҳаларимиз

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — Ўзбек ва дунё исмларининг маъноси. Исмлар маъноси, 2008–2024
Obuna ва GoodGroup лойиҳаси