Улуғбек Ҳамдамов

Шоир, Ёзувчи
Улуғбек  Ҳамдамов
Таваллуд санаси:
1968 Aprel 24

Ulug‘bek Hamdam (Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich) 1968 yil, 24 aprelda Andijon viloyati, Marhamat tumanida tug‘ilgan. Ulug‘bek ham nazm, ham nasrda ijod qiladi. Ulug‘bek Hamdam qardosh turk tilidan tarjima bilan ham shug‘ullanadi. U asarlarida turli xil qismatlarni badiiy kashf qilishga intiladi. Ulug‘bek Hamdam 1968 yil 24 aprelda Andijon viloyati Marhamat tumani Yuqori Rovot qishlog‘ida tug‘ilgan.

Tarjimai hol

Ulug‘bek 1975-1985 yillarda o‘rta maktabda o‘qidi. 1988 yilda Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetiga o‘qishga kirdi.1992 yilda esa o‘qishni Turkiyada davom ettirdi. 1993 yilda Toshkentga qaytib, dastlab magistraturani, so‘ngra aspiranturani tugatdi.

1993-1994 yillarda Sharqshunoslik institutida turk tilidan dars bergan. 1994-1996 yillarda Hozirgi Milliy Universitet o‘zbek filologiyasi fakultetining kunduzgi aspiranturasini o‘qigan.

U 1997 yilda «30-yillar o‘zbek she’riyatida «sof lirika» muammosi» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Shu yildan boshlab Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim bo‘lib ishlamoqda. Hozir u «XX asr o‘zbek she’riyatida badiiy tafakkur tadrijining ijtimoiy-psixologik asoslari» degan mavzudagi doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.

Ulug‘bek ham nazm, ham nasrda ijod qiladi. Uning 1998 yilda dunyo yuzini ko‘rgan «Yolg‘izlik» deb atalgan qissa va hikoyalardan tashkil topgan to‘plami muayyan bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Chunki ushbu kitobdan joy olgan qissa biz ko‘nikib qolgan epik asarlardan tamoman farqli holda syujetsizdir. Asar qaysi bir jihati bilan kundalikni eslatadi, biroq kundalikka xos bo‘lgan xronologik izchillik yo‘q hisobi. Undagi «voqelik» asar qahramonining ong oqimi mahsuli sifatida qaralishi mumkin.

Ulug‘bek 1997 yilda yozilgan «Muvozanat» romanida turli xil qismatlarni badiiy kashf qilishga intiladi. Ma’lumki, bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan ikkinchisiga o‘tish jarayoni insonlar ongida bir xilda silliq kechadi, deb bo‘lmaydi. Asar bosh qahramoni Yusuf ham muayyan qiyinchiliklar-u muammolarga duch keladi, ko‘ngil muvozanatiga erisholmay iztirob chekadi, lekin ularni ruhiy-ma’naviy jihatdan yengib o‘tadi.

Ulug‘bek Hamdamning ilk she’riy to‘plami 2001 yilda «Tangriga eltuvchi isyon», 2005 yilda esa «Atirgul» to‘plamlari nashr etildi. Bu to‘plamlarga kirgan she’rlarda modern adabiyoti ta’siri ustuvorlik qiladi.

Ulug‘bek Hamdamning 2004 yili nashr etilgan «Isyon va itoat» romani ham bugungi adabiy hayotning muhim voqealaridan biri bo‘ldi.

2009- yildan beri "Sharq yulduzi" jurnalining bosh muharriri lavozimida ishlab kelmoqda.

«Tangriga eltguvchi isyon» (2002), «Atirgul» (2006), «Seni kutdim» (2007) she’riy hamda «Yolg‘izlik» (2000), «Muvozanat» (2003), «Isyon va itoat» (2004), «Sabo va Samandar», «Uzoqdagi Dilnura» (2010) kabi nasriy asarlari nashr etilgan. Ilmiy asarlar to‘plami ham bor («Badiiy tafakkur tadriji», 2003; «Yangilanish ehtiyoji», 2007).

Ulug‘bek Hamdam qardosh turk tilidan tarjimalar ham qiladi. Uning tarjimasida mavlono Jaloliddin Rumiyning «Ichindagi ichindadir» (1997, 2001), professor Usmon Turonning «Turkiy xalqlar mafkurasi» (1995) nomli asarlari alohida kitoblar shaklida nashr etilgan.

Сайт фойда берди!
85236 та одамга сайт фойда берди 😊

Лойиҳаларимиз

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — Ўзбек ва дунё исмларининг маъноси. Исмлар маъноси, 2008–2024
Obuna ва GoodGroup лойиҳаси