Ҳабиб Абдуллаев

Геолог
Ҳабиб Абдуллаев
Таваллуд санаси:
1912 yil
Вафот санаси:
1962 yil

U tabiat va yer farzandi edi. U yerni ham dehqoncha mehir, ham olimona tuyqu bilan sevardi. Shu sababli u butun umrini yer ilmiga baxshida etdi. Bu yo’ldagi mashaqqatlarni sabot bilan yengdi. Aqademik Habib Abdullaev Oloy tog’lari etagida joylashgan xushmanzara Aravon qishlog’ida o’zbek dehqoni oilasida dunyoga keldi. Ehtimol, qishloq atrofining ajoyib tabiati, uning uyi yaqinida katta konlardan birining topilganligi Habibning qalbida geologiya faniga qiziqish uyg’otgandir. Ana shu qiziqish uni O’rta Osiyo Iidustrial instituti (hozirgi Toshkent Politexnika instituti)ning tog’-geologiya fakul'teti sari yetakladi, O’rta Osiyoning tog’u toshlari, cho’lu biyobonlariga da'vat etdi, yer ostida necha million yillardan buyon yashirinib yotgan qazilma boyliklarni "tilga kiritish"ga undadi.

U o’zi yirik tadqiqotlar olib borishi bilan birga yosh avlodda, maktab o’quvchilarida ham geologiyaga qizihish uyg’otishga intilardi. Faqat respublikamizda emas, balki, umuman O’rta Osiyoda geologiya fani va amaliyotida erishilgan katta muvaffaqiyatlar Habib Muhamedovichning ilmiy faoliyati bilan uzviy bog’liqdir. Uning tashabbusi bilan O’zbekiston Fanlar aqademiyasining hozir uning nomi bilan ataladigan Geologiya instituti asosida geologiyaning turli sohalari bo’yicha to’rtta ilmiy tekshirish instituti tashkil etildi. Respublikamizning faxri hisoblangan yirik ilmiy markaz - Yadro fizikasi institutining tashkil etilishida xam Habib Muhamedovich jonbozlik ko’rsatdi. Ulug’ Vatan urushi yillari bevosita Habib Muhamedovich ishtirokida O’zbekiston qora metalllrgiyasining to’ng’ichi Bekobod metallurgiya zavodi barpo etildi. Mamlakatimizning mineral xom ashyo bazasini tez sur'atlar bilan rivojlantirish, qazilma boylik konlarini izlash va ularni tezda ishga solishda Abdullaev o’zining salmoqli hissasini qo’shdi. U yer osti boyliklarining tarixan tashkil topishi va qaysi qatlamlarda qanday qazilma boyliklar yotishi mumkinligi haqidagi o’z nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaga suyanib sovet va chet el geologlari ko’p yangi konlar ochdilar

Qamrovi keng olim Habib Muhamedovich fan yo’lida har qanday qiyiichiliklardan qo’rqmaydigan fidoyi edi. Ana shu fidoyilik tufayli u faqat ittifoqidagina emas, balki jahonda ham tanildi. Uning Fransiya geologiya jamiyati Buyuk Britaniya qirollik mineralogiya jamiyatining a'zosi etib saylanganligi ham bejiz emas. Habib Muhamedovich partiya va davlat ishlarida ishlagan chog’larida ham, respublika fani shtabi - O’zbekiston Fanlar aqademiyasiga rahbarlik qilganida ham geologiya sohasidagi tadqiqotlarini davom ettirdi. U geologiya sohasidagi ilmiy ishlari uchun respublikada birinchi bo’lib Lenin mukofotiga sazovor bo’ldi.


Habib Abdullaev davlat va jamoat ishlari bilan band bo’lishiga qaramasdan, huzuriga kelgan shogirdlari bilan suhbatlashishni kanda qilmas, maslahatlar berar, ilmiy tadqiqotlarni davom ettirish uchun vaqt topar edi. Abdullaev 130 dan ortiq ilmiy asar yozdi. U o’zining o’lmas asarlari, g’oyalari bilan O’zbekiston sha'nini baland ko’tardi. Habib Abdullaevning farzandlariga murojaat etib aytgan gaplari ayni vaqtda respublikamizdagi barcha bolalarga aytilgandek tuyuladi:


 "Bolalarim, hamisha inoq bo’lib yashang, bir-biringizdan hech qachon hech nimani ayamang, har qanday sharoitda ham bir-biringizni suyang, qo’llab-quvvatlang... Men o’n ikki yasharligimdan mehnat qila boshlaganman. Mehnatsevar bo’ling, aziz bolajonlarim. Men o’zimning butun umrimni xalqimizga va fanimizga baxsh etdim. Sizlar ham, qaerda va qaysi lavozimda ishlashingizdan qat'iy nazar, o’z hayotingizni, mehnatingizni xalqqa bag’ishlang, halol xizmat qilib, jonajon O’zbekistonmizga munosib farzandlari bo’lib yetishing". 

Манбаа: http://kitob.uz/view_data.php?id=1878
Сайт фойда берди!
85087 та одамга сайт фойда берди 😊

Лойиҳаларимиз

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — Ўзбек ва дунё исмларининг маъноси. Исмлар маъноси, 2008–2024
Obuna ва GoodGroup лойиҳаси