Abbos Bakirov

Актёр, Режиссёр
Abbos Bakirov
Таваллуд санаси:
16 may 1910 yil
Вафот санаси:
29 yanvar 1974 yil

Bakirov Abbos ( Andijon ) — aktyor va rejissyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1939). Faoliyatini 1931 yiIda Oxunboboyev nomidagi Andijon viloyat musiqali drama va komediya teatrida aktyor sifatida boshlagan.

Mahkam polvon ("Bogʻbon qiz"), Qosim dehqon ("Ontarish"), Muslimboy ("Halima") va boshqa uning ilk obrazlaridir. Rustam ("Rustam"), Ferdinand ("Makr va muhabbat"), Gʻofir ("Boy ila xizmatchi"), Romeo ("Romeo va Julyetta") kabi rollarida joʻshqin qalbli, shijoatkor qaxramonlar tarzida namoyon boʻlgan. Bakirov tabiatan qatʼiyatli, institutiluvchan kishi boʻlgani holda obrazlarga ham shu hislatlarni singdirishga harakat qilgan. Birinchi oʻzbek ovozli filmi — "Azamat"dagi Azamat roli bilan u kino faoliyatini boshladi. Eng yaxshi rollari: Amir Olimxon ("Amirlikning yemirilishi"), Sulton Mahmud ("Abu Ali ibn Sino"), Abbos ("Ulugʻbek yulduzi"), Aʼzamxon ("Ikki dil dostoni"), Yusufbek hoji ("Oʻtgan kunlar") va boshqa Insonning shaxsiy kechinmasi bilan eʼtiqodi, dunyoqarashini mushtarak tarzda koʻrsatishda, ayniqsa, Yusufbek hoji roli Bakirovni realistik sanʼatning moxir ustasi ekanini koʻrsatdi. Bakirov ijobiy va salbiy rollarni bir xil mahorat bilan oʻynagan. U sahnada tana, qoʻl harakatlaridan, ayniqsa, yuz, koʻz va ohangdan ustalik bilan foydalangan.

Rejissyor sifatida 40 dan ortiq spektakl sahnalashtirdi. Xalq tarixi, urf-odatlarini yaxshi bilganligi tufayli Bakirov milliy asarlarni alohida muvaffaqiyat bilan sahnalashtirgan: "Alisher Navoiy", "Shohi soʻzana", "Ogʻriq tishlar", "Muqimiy", "Xolisxon", "Nurxon", "Nodira", "Layli va Majnun" va boshqa shular jumlasidan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1970).

Манбаа: http://www.wikiwand.com/uz/Abbos_Bakirov
Сайт фойда берди!
42679 та одамга сайт фойда берди 😊

Лойиҳаларимиз

Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — Ўзбек исмларининг маъноси. Исмлар маъноси, 2008–2023
Obuna ва GoodGroup лойиҳаси