Abdurashidxonov Munavvar qori

Шоир, Ёзувчи
Abdurashidxonov Munavvar qori
Таваллуд санаси:
1878 yil
Вафот санаси:
23.04.1931

O‘zbek xalqining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri, milliy ozodlik uchun o‘tgan asr boshlarida olib borilgan kurash rahnamosi Munavvar qori Abdurashidxonov hayoti va faoliyati mustaqillik sharofati bilan o‘rganila boshlandi.

Sho‘ro hukumatining birinchi raqamli dushmani deb atalgan, o‘zbek istiqlolchilarining yo‘lboshchisi Munavvar qori faoliyatini tadqiq etish ta’qiqlangan edi.

XX asr o‘zbek ziyolilari tomonidan «ma’naviy pir», «millat yo‘linda, millat istiqbolidagi buyuk maqsadlar uchun kecha-kunduz tinmay ishlab yotgan millat xodimi» deb yakdil tan olingan, shoir Tavallo tomonidan:

Cho‘qmunavvar etdi olamni Munavvar qorimiz,

Ko‘rdimiz ravshanligidan fe’limiz, atvorimiz.

Ibrat oling, yoshlar, deb to‘kdi ko‘zdin yoshlar.

Nutqida tahrir etib bizlarni yo‘qu borimiz...

- deb madh etilgan adib, murabbiy, muharrir, ma’rifatparvar, jamoat arbobi Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘li 1878 yilda Toshkent shahrining Shayx Xovand Tohur dahasi Darxon mahallasida mudarris oilasida tug‘ildi. Toshkent shahridagi Eshonquli dodxoh va Buxorodagi Mirarab madrasalarida tahsil olgan. Toshkentga qaytgach, Darxon masjidida imomlik vazifasini bajaradi.

Munavvar qori XIX asrning oxiridan boshlab jadidchilik harakatlarida faol ishtirok eta boshladi. 1901 yilda o‘z hovlisida, keyinchalik Toshkentning turli dahalarida jadid maktablarini ochadi. Bu maktablar uchun 1907-yilda "Adibi avval", "Adibi soniy" darsliklarini yaratadi. "Tajvid al-Qur’on", "Er yuzi" singari qo‘llanmalarni tuzib, nashr etadi. Bolalar uchun qator she’riy va nasriy hikoyalar yozadi.

U 1909 yili Toshkentda "Jamiyati xayriya" uyushmasini tuzadi va "Turon" nomli jamiyatni ochadi. Munavvar qori 1906 yilda dastlabki o‘zbek matbuoti namunalaridan biri "Xurshid" gazetasini nashr etdi. Keyinchalik "Najot", "Kengash" gazetalarida bosh muharrir, "Sadoyi Turkiston"da esa bo‘lim muharriri bo‘lib xizmat qiladi.

Munavvar qori Abdurashidxonov yangi o‘zbek teatrining poydevorini qurgan siymolardan biridir. U 1913 yilda o‘z atrofidagi tengdoshlari va yoshlarni uyushtirib «Turon» madaniy - ma’rifiy, qolaversa, siyosiy tashkilotini tuzadi.

U teatr san’atiga «buzuq odatlarning buzuqligini bilmak» va tuzatmak muassasasi, yuqorida aytilganidek, «tabibi hoziq» deb qaradi va bu yo‘lda katta ishlar olib bordi, xususan tor fikrli kishilarning teatr san’atiga qarshiligini sindirdi. «Turon» truppasining 1914 yildan 1924 yilgacha faoliyati fikrimizga dalil bo‘la oladi.

Munavvar qori 1917 yil fevral inqilobidan keyin Turkistonda demokratik milliy davlatchilikni tuzish g‘oyasini ilgari surdi. U Qo‘qonda tashkil topgan Turkiston Muxtoriyatini qo‘llab-quvvatladi.

Sho‘ro davrida u o‘zining ochiq ma’rifiy ishlarini va yashirin siyosiy harakatlarini davom ettirdi. 1918 yilning aprelida Turkiston xalq dorilfununining asoschisi va rektori etib saylanadi. U 1918 yilda "Turk o‘chog‘i" ilmiy-ma’rifiy jamiyatini tashkil qiladi.

Munavvar qori 20-yillarda o‘zbek yurtining mustaqilligi uchun kurash vazifasini o‘z oldiga qo‘ygan "Milliy ittihod" va "Milliy istiqlol" yashirin tashkilotlariga rahbarlik qilgan.

20-yillarning o‘rtalarida milliy ziyolilarni ta’qib qilish kuchayishi natijasida Munavvar qori hamma lavozimlardan chetlashtiriladi. Biroq hatto qatag‘on ham Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘lini istiqlol g‘oyalaridan qaytara olmadi.

Millatimiz madaniyati taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan Hamza, Elbek, Oybek, Akmal Ikromov, Abdulhay Tojiyev, Salimxon Tillaxonov, Qayum Ramazon, Bahrom Haydariy, Mannon Uyg‘ur kabi adiblar, olimlar, san’atkorlar, davlat arboblari Munavvar qori Abdurashidxonovning shogirdlaridir.

U 1929 yilda qamoqqa olinadi va 1931 yilda otib o‘ldiriladi. Uning xoki Moskvadagi Vagankovo qabristonidadir.

Манбаа: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/abdurashidxonov_munavvar_qori_
Сайт фойда берди!
85086 та одамга сайт фойда берди 😊

Лойиҳаларимиз

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — Ўзбек ва дунё исмларининг маъноси. Исмлар маъноси, 2008–2024
Obuna ва GoodGroup лойиҳаси