Ali Ergashevich Hamroyev— taniqli oʻzbek rejissyori, ssenariychisi va aktyori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1969). Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1971). Ali Hamroyev 1937-yil 19-mayda Toshkenda tugʻilgan. Otasi Ergash Hamroyev. Ali Hamroyev Moskvadagi Gerasimov nomli Kinematografiya Institudida (VGIK) tahsil olgan. VGIKni 1961-yil tugatgan.
Hamroyev 1960- va 1970-yillarda olgan filmlari bilan SSRIda shuhrat qozongan. Ali Hamroyev shu kungacha 30 dan oshiq hujjatli film va 20 dan oshiq badiiy film yaratgan
Hamroyevning eng mashhur filmlari „Yor-Yor“ (1964), „Soqchi“ (1972), va „Vodiyllik kelin“ (1984) filmlaridir. Hamroyevning „Bo Ba Bu” (1998) filmi koʻplab Yevropa mamlakatlarida namotish qilingan. 2010-yil Hamroyev oʻzining yangi filmida Jack Nicholson Amir Temur rolini oʻynashga rozi boʻlganini eʼlon qildi.
Hamroyev 1961-yildan „Oʻzbekfilm“da rejissyor boʻlib ishlay boshlagan. „Bolalar haqida kichik hikoyalar“ uning birinchi filmi. Ali Hamroyev „Yor-yor“, birinchi oʻzbek film-operasi „Dilorom“, „Laylak keldi, yoz boʻldi“, „Qizil qum“, „Favqulodda komissar“, „Shijoat“, „Yettinchi oʻq“, „Muxlis“, „Inson qushlar ortidan boradi“ (Dehli festivalida „Eng yaxshi rejissura uchun“ sovrinini olgan, 1977), „Mevazorlik ayol“ kabi filmlari bilan tanilgan. Shuningdek, „Salom, Bahor!“, „Turkiston“, „Oʻzbekiston“, „Toshkent jasorati“ va boshqa hujjatli filmlarga ham rejisorrlik qilgan.
Lotin.uz — фойдаланувчиларга берилган матнни лотиндан кириллга ва аксинча ўгириш хизматини таклиф этади.
Ҳар куни энг сара латифалар ва кулгули расмлар. Ўзбек тилидаги кулгу маркази!
TVinfo.uz — Бугун, эртага ва кейинги ҳафта учун тўлиқ теледастурлар.
Мақол ва нақлларнинг энг катта коллекцияси. Ҳар бир мақол учта тилда (ўзбек, рус, инглиз).
Валютани юқори курсда алмаштириш учун яқин пунктларни аниқлаб берувчи сервис. Пункт жойлашувини картада кўрсатади.
Ўзбекча телеграм каналларининг энг катта каталоги. Фақат фаол каналлар, рукнларда ва батафсил статистикаси билан.