Alisher Navoiy

Ўрта аср арбоби
Alisher Navoiy
Таваллуд санаси:
09.02.1441
Вафот санаси:
03.01.1501

O‘zbek xalqining ulug‘ mutafakkiri Alisher Navoiy jahon adabiyoti, madaniyatiga, insonlar baxt-saodati, xalq farovonligi, mamlakat obodonligi uchun ulkan hissa qo‘shgandir. Alisher Navoiy turk dunyosi adabiyotining eng mashhur vakilidir. Chunki hech kim bu til va adabiyotning ravnaqi uchun uningdek xizmat qilolgan emas. Navoiydek jahoniy zot "Xitoydan to Xuroson"gacha yoyilgan turkiy qavmlarni "yakqalam" qildi va shu bilan birga millatning iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy ravnaqiga buyuk ta'sir ko‘rsatdi.

 

Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevralda Amir Temurning o‘g‘li Shohruh Mirzo shohligi davrida Hirotda tug‘ildi.

Uning otasi G‘iyosiddin Muhammad (uni G‘iyosiddin Kichkina ham der edilar) temuriylar saroyining amaldorlaridan, xonadonning ishonchli kishilaridan edi. Onasi amirzoda Shayx Abusaid Changning qizi bo‘lgan, ismi ma'lum emas. Alisherning bobosi Temurning o‘g‘li Umarshayx bilan emikdosh (ko‘kaldosh) bo‘lgan ekan.

Zamondoshlari uning haqida ko‘pincha "Nizomiddin Mir Alisher" deb yozadilar. "Nizomiddin" - din, diyonat nizomi degani bo‘lib, donishmand mansab egalariga beriladigan sifat, "mir" - amir demakdir.

Buyuk shoir o‘z asarlarida bu qutlug‘ dargohga yaqinligidan iftixor etishini bayon qiladi. Shuningdek, uning tarjimai holiga oid ayrim lavhalar asarlarida uchraydi. Bu tabarruk zot to‘g‘risidagi ba'zi ma'lumotlarni esa uning zamondoshlari o‘z kitoblarida beradilar.

Alisher saroy muhitida yashaganligi uchun alohida tarbiya va nazoratda o‘sdi. Kichiklik chog‘idan she'r va musiqaga ishqi tushdi. Olimu fozillar davrasida bo‘ldi. Uch-to‘rt yoshlarida davrining mashhur shoiri Qosim Anvorning bir she'rini yod aytib, mehmonlarni hayratga soldi. Bir yildan so‘ng uni maktabga berdilar. U bo‘lajak sulton Husayn Boyqaro bilan birga o‘qidi. Uning zehni va iqtidori haqidagi gaplar esa el orasida tarqalib bordi.

1447 yilda Shohruh Mirzo vafot etib, temuriy shahzodalar o‘rtasida taxt uchun kurash boshlanadi. Hirot notinch bo‘lib qoladi. Alisherlar oilasi Iroqqa yo‘l oladi. Yo‘lda, Taft shahrida Alisher zamonasining mashhur tarixchisi, "Zafarnoma" ning muallifi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashdi.

Alisher xonadoni 1451 yilda Hirotga qaytadi. 1452 yilda Abulqosim Bobur Mirzo Xuroson taxtiga o‘tiradi, notinchliklar bosiladi. G‘iyosiddin Muhammad Sabzavorga hokim qilib tayinlanadi . Alisher esa o‘qishini davom ettiradi . Maktab yosh Alisherni she'riyat, adabiyot olamiga olib kirdi . Bo‘lajak shoir Sa'diy Sheroziyning "Guliston", "Bo‘ston" asarlarini, Farididdin Attorning " Mantiq ut-tayr "ni so‘ngsiz ishtiyoq bilan o‘qidi .

Ayniqsa, qushlar tilidan keltirilgan hikoyatlar va ularning chuqur mazmuni Alisherning o‘y-xayolini tamom egallab oladi . "Mantiq ut-tayr" xayoli Alisherga bir umr hamroh bo‘ldi. Umrining so‘nggida esa "Lison ut-tayr" ("Qush tili") nomi bilan kitob yozdi. "Lison ut-tayr" garchi turkiy tilda yozilgan bo‘lsa-da, Navoiy uni Foniy taxallusi ostida e'lon qildi. Bo‘lajak shoir yana Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy asarlarini sevib o‘qir edi.

1453 yilda Alisherning otasi G‘iyosiddin Muhammad vafot etadi. Alisher Abulqosim Bobur hizmatiga kirdi. Avval Sabzavorda, so‘ng Mashhadda yashadi. Ikki maktabdosh do‘st — Husayn va Alisher yana birga bo‘ldilar. Bir munosabat bilan u 50 ming bayt, 100 ming misra she'r yod olganini aytdi. She'r shunchaki nutq o‘stirish emas, ma'rifat, tafakkur mashqi ham edi.

Navoiy 15 yoshlarida o‘z she'rlari bilan zamonasining mashhur shoirlari diqqatini tortdi. Xondamirning yozishicha, she'rlari bilan endigina tanilib kela boshlagan Alisher o‘z davrining dongdor shoiri Mavlono Lutfiy xizmatiga boradi. Mavlono undan she'r o‘qishni iltimos qiladi. Alisher o‘zining:

Orazin yopg‘och, ko‘zimdin sochilur har lahza yosh,

Bo‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz nihon bo‘lg‘och quyosh.

matla'i bilan boshlanadigan g‘azalini o‘qiydi. She'rdan hayratga tushgan keksa shoir bunday deydi: "Valloh, agar muyassar bo‘lsa edi, o‘zimning forsiy va turkiy tillarda aytgan o‘n-o‘n ikki ming baytimni shu g‘azalga almashtirardim va buni o‘zimning katta yutug‘im deb hisoblar edim". Bu turkiy (o‘zbek) she'riyatiga juda katta iste'dod kirib kelayotganidan nishona edi.

1457 yilda Abulqosim Bobur vafot etdi. Hokimiyat tepasiga Abusaid Mirzo keldi. Husayn Boyqaro taxt uchun kurashga sho‘ng‘ib ketdi. Navoiy esa Mashhad madrasalarida o‘qishni davom ettirdi. Do‘stlar orttirdi. Keksa shoir Kamol Turbatiyni shu yerda uchratdi. Turbatlik bu shoir Alisher bilan bir bayt muhokamasi ustida tanishib qoldi. Shoir 1464 yilda Hirotga qaytadi. Biroq poytaxtda uni noxushliklar kutadi. Abusaid Mirzo u bilan taxt talashayotgan Husayn Boyqaroni yaqin kishilarini ta'qib va tazyiq ostiga olgan, jumladan, tog‘alari Mirsaid Qobuliy va Muhammad Ali G‘aribiylarni oldinma-keyin qatl ettirgan edi. Ular iste'dodli shoirlar edi.

Alisherning ota mulki musodara qilingan, hatto yashab turgani boshpana ham qolmagandi. U shaharda uzoq qola olmadi. Holbuki, yosh shoirning ijodi barq urgan payti edi. Abdurahmon Jomiydek zamonasining alloma adibi bilan yaqindan tanishib, saboqlar olib, mehr qozongan edi. Navoiy — "Mahmud Nuran" deb e'zozlagan bu mashhur shoir va olim o‘zini siyosatdan uzoq tutar, hatto shahar tashqarisidagi Sa'diddin Qoshg‘ariy (1456 yilda vafot etgan mashhur shayx, Jomiyning ustozi) mozori yonidan joy qilib, o‘sha yerda yashar edi.

Navoiy 60-yillarning ikkinchi yarmida Samarqandda yashadi. Nihoyat, Samarqand o‘z go‘zalligi bilan ham Navoiyni maftun etadi . Shoir uni " firdavsmonand "( jannatmisol) deb ataydi va unga hech qachon "gardi fano" o‘ltirmasligini - zavolikka yuz tutmasligini istaydi. Navoiy shu yillari shoir sifatida juda katta shuhrat topa bordi. 1465 - 1466 yillarda uning muxlislari she'rlarini to‘plab, "devon" tuzadilar. Bu kitob bugun "Ilk devon" nomi bilan mashhurdir.

1468 yil oxirida Eronni egallash uchun bo‘lgan jangda Abusaid halok bo‘ladi. Husayn Boyqaro 1469 yilning boshida Hirotni qo‘lga oladi va Samarqandga xat yo‘llab, Navoiyni o‘z yoniga chaqiradi. Husayn Boyqaro uni davlat ishlariga jalb etadi. Muhrdor qilib tayinlaydi.

Davlat va jamoat arbobi

Alisher Navoiy 1469-1472 yillarda muhrdor, 1472-1476 yillarda vazir bo‘lib ishlaydi. 1487-1488 yillarda Astrobodga hokimlik qildi. Alisher ijod kishisi edi. U tabiatan buyruqvozlikdan va hukmfarmonlikdan yiroq, tafakkur hamda taxayyulga moyil, g‘oyat nozikta'b bir kishi edi. Mansab-lavozimlar har qancha yuksak bo‘lmasin uning uchun zil-zambil yuk bo‘lib, Husayn Boyqaroga bo‘lgan ixlos va muhabbatigina uni iste'fo berishdan saqlab turar edi.

Shunga qaramasdan, u sadoqat bilan xizmat qildi. Donishmandligi, tadbirkorligi bilan ko‘plab g‘alayonu qon to‘kishlarni oldini oldi, urushlarni tinchlik bitimlariga aylantirdi. Uning bu fazilati, ayniqsa, 1972-1476 yillardagi vazirlik faoliyatida yaqqol namoyon bo‘ldi.

Husayn Boyqaro hokimiyat ishlarida Navoiyning aql va sadoqatida tayanib ish ko‘rdi. Uni qarshiligiga qaramasdan, yuqori martabalarga tayinladi, 1472 yilda esa "amir"(vazir)likka qo‘ydi. Buyuk shoir "amiri kabir" (ulug‘ amir), "amirul muqarrab" (podshoga eng yaqin amir) unvonlariga musharraf bo‘ldi. Uning vazirlik yillari Hirotda obodonlik avj olgan, madaniyat gullab, yashnagan davr bo‘ldi. Ulug‘ amir o‘zi bosh bo‘lib, suvsiz yerlarga suv chiqardi, eski ariqlarni tozalattirdi, yangi kanallar qazdirdi. Eski binolarni ta'mir qildirib, yangilarini qurdirdi. Qanchadan-qancha madrasalar, xonahoqlar qurdirdi.

Ijod og‘ushida

Alisher Navoiy she'rni, shoirlikni hamma narsadan baland tutdi. Vazirlik martabasida turib ham she'r yozishni to‘xtatmadi. Atrofidagilar uning bu ishiga rag‘bat va hurmat bilan qaradilar. Shoh Husayn Boyqaroning o‘zi unga rahnamolik qildi. Ulug‘ shoirning ilk she'riy devonini muxlislari tuzgan bo‘lsalar, birinchi devoni - "Badoye ul-bidoya" ("Badiiylik ibtidosi")ni 1472-1476 yillarda shohning amri va istagiga ko‘ra o‘zi kitob qildi.

1485-1486 yillarda ikkinchi devon - "Navodir un-nihoya"("Nihoyasiz nodirliklar") maydonga keldi. Alisher Navoiy 1481-1482 yillarda "Vaqfiya" asarini yozadi. Vaqf deb biror xayrli ishning sarfu xarajatini ta'min qilmoq uchun ajratilgan yer yoki mulkka aytiladi. Alisher Navoiyning eng katta orzusi doston yozish, birinchi navbatda, XII asrning buyuk shoiri Nizomiy Ganjaviy (1141-1209) dan keyin shoirlik qudratining mezoniga aylanib qolgan "Xamsa"ni yaratish edi.

Nizomiyning "Panj ganj" nomi bilan tarixga kirgan "Xamsa"si 5 masnaviydan tashkil topgan edi: "Maxzan ul - asror" ("Sirlar xazinasi"), "Xusrav va Shirin", "Layli va Majnun", "Hayf paykar"("Yetti go‘zal"), "Iskandarnoma". Yuz yildan keyin unga Xusrav Dehlaviy (1253-1325) javob qildi. U o‘z dostonlarini "Matla ul-anvor" ("Nurlar boshlanishi"), "Shirin va Xusrav", "Majnun va Layli", "Hasht behisht"("Sakkiz jannat"), "Oynayi Iskandariy" (Iskandar oynasi) deb ataladi.

Lekin bular hammasi forsiy tilda yozildi. Ulardan forslar, shu tilni bilganlargina bahramand bo‘ldilar. O‘z xalqining shunday hazinadan bebahra qolishi Navoiyni qiynadi. Navoiy maslahatga ustozi Abdurahmon Jomiy huzuriga boradi. Jomiy Navoiyni bu ishga tezlikda kirishishga undaydi, uning o‘z kuchi va imkoniyatlariga ishonchini mustahkamlaydi. Navoiy besh dostonni ikki yilda tamomlaydi.

1483 yilda o‘z "Xamsa"sini yoza boshlab, 1485 yilning boshida tugatadi. Shoir ishlagan kunlar hisobga olinsa, 54 ming misralik ulkan obida 6 oyda bitkaziladi. Turkiy tilda birinchi marotaba "Xamsa" yaratiladi. Olimu fuzalo - barcha bu hodisani zo‘r olqish bilan kutib oldilar. Zayniddin Vosifiyning "Badoye' ul-vaqoye'"sidan: "Shoh Navoiyga: "Bir mojaro Siz bilan bizning oramizdan ko‘pdan hal bo‘lmay keladi, shuni bugun bir yoqlik qilaylik", deydi. Bu mojaro shundan iborat ediki, Sulton Husayn Alisherning muridi bo‘lishini ko‘pdan orzu qilar va uni "pirim" deb atar edi.

Alisher esa har gal: "Yo Ollo, yo Ollo, bu qanday gap bo‘ldi! Aslida — biz muridmiz, siz — hammasiga pirsiz", der edi.

Endi Sulton Husayn Alisherdan so‘radi: — Pir nima-yu, murid nima?

Alisher javob berdi:

— Pirning tilagi - muridning tilagi bo‘lishi kerak.

— Shunda Sulton Husayn o‘zining oq otini olib kelishni buyuradi. Ot juda asov, chopag‘on edi.

Sulton Husayn aytdi:

— Siz murid, men murid bo‘ladigan bo‘lsam, Siz shu otga minasiz, men uni yetaklayman.

Alisher noiloj otga minishga majbur bo‘ladi . Ot g‘oyat asov bo‘lib, shohdan boshqani o‘ziga yaqinlashtirmas edi. Alisher oyog‘ini uzangiga qo‘yishi bilan ot tipirchilay boshladi, Sulton Husayn otiga o‘shqirdi, ot itoat qilib , Alisherning minishini kutdi. Alisher egariga o‘tirishi bilan Sulton Husayn otining jilovidan ushlab yetaklay boshladi . Alisher hushidan ketdi. Uni egardan ko‘tarib oldilar. Tarihda bunday hol ko‘rilmagan edi. Hyech bir zamonda shoh shoirga jilovdorlik qilmas edi.

1480-1490 yillar Navoiy uchun badiiy ijodda samarali davr bo‘ldi . Shoir "Xamsa" dan keyin ko‘p o‘tmay, ketma - ket nasriy kitoblar yaratdi. U 1488 yilda yozgan "Tarixi mulki ajam" ("Ajam shohlar tarixi") shularning biri edi. Bu asar "Muhokamat ul-lug‘atayn"da "Zubdat ut-tavoxir"("Tarixlar qaymog‘i") deb ham ataladi. 1480 yillarning oxiri, 1490 yillarning boshida Navoiyning yaqin do‘stlari, ustozlaridan Sayyid Hasan Ardasher (1489), Abdurahmon Jomiy (1492), Pahlavon Muhammad (1493) ketma-ket vafot etdilar.

Navoiy ularga bag‘ishlab "Holoti Sayyid Hasan Ardasher", "Xamsat ul-mutahayyirin", "Holoti Pahlavon Muhammad" asarlarini yozadi. Navoiyning 1490 yillardagi eng katta xizmatlaridan biri "Xazoin ul maoniy" ("Ma'nolar xazinasi")ni tuzish bo‘ldi. 1492-1498 yillarda tartib qilingan 4 qism devondan iborat bu ulkan she'riy kulliyot shoirning turkiy tilda yozilgan deyarli barcha lirik she'rlarini qamrab olgan edi.

Shoir 7-8 yoshidan 20 yoshigacha bo‘lgan davrni umrining navbahori hisobladi va shu davr devonini "G‘aroyib us-sig‘ar"("Yoshlik g‘aroyibotlari") deb atadi.

Hayotining so‘nggi yillari 1490 yillarning boshidagi og‘ir yo‘qotishlar, ayniqsa, 40 yillik qadrdoni Pahlavon Muhammad bilan ustozi Jomiydan judo bo‘lish Navoiyga qattiq ta'sir etdi.

1498 yilda Alisher Navoiy "Majolis un-nafois"ni qayta ko‘zdan kechirib, to‘ldirdi. Shoirlar adadni 459 taga yetkazdi. Shu yili yoshligidan qalbida muhrlanib kelgan "Mantiq ut-tayr" ga javob yozadi. "Lison ut-tayr" Navoiy ijodini yakunlovchi asarlardan biridir. Buyuk shoir 1498 -1499 yillarda xatlarini to‘plab, "Munshaot" tuzdi. Unda 88 ta xat jamlangan bo‘lib, ularning aksariyati shoirning shoh va shahzodalarga yo‘llangan.

Alisher Navoiy she'r yozishda 1 million 378 ming 660 ta betakror so‘z ishlatgan. Boisi faqat turkiy emas, forsiy, arabiy, urdu, xitoy, mo‘g‘ul va boshqa tillardagi so‘zlardan ham mahorat bilan foydalangan.

Shoirning 1500 yilning oxirlarida yozib tugatgan "Mahbub ul-qulub" asari uning eng so‘nggi asari bo‘lib qoldi . Navoiy 1501 yilning 3 yanvarida vafot etadi . Butun halq - shohdan gadogacha, olimdan cho‘pongacha, shoirdan dehqongacha ulug‘ farzandining o‘limiga qayg‘u va iztirob bilan motam tutadi.

Манбаа: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/alisher_navoiy
Сайт фойда берди!
86658 та одамга сайт фойда берди 😊

Лойиҳаларимиз

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — Ўзбек ва дунё исмларининг маъноси. Исмлар маъноси, 2008–2024
Obuna ва GoodGroup лойиҳаси