Asqar Qosimov

Шоир, Ёзувчи
Asqar Qosimov
Шоир, Ёзувчи
Таваллуд санаси:
1946 yil
Вафот санаси:
1985 yil

Asqar Qosimov qisqa umr ko‘rib, adabiyotimizda chaqmoqdek chaqnab o‘tgan shoirlardan biridir. U hassos shoir sifatida elga tanildi. Ilk she’rlaridagi samimiyat, tabiiylik, soddalik, xalqona tiniq ohanglar she’riyat muxlislariga tezda manzur bo‘ldi. She’riyatda rost gapirishni, tuyg‘ularini rang-barang ohanglarda, yorqin timsollarda jonlantirishni yaxshi ko‘rardi. U ozod fikrlar shoiri edi.


Biografiya

Kichik hayotiy lavhalar, oniy lahzalarni suratlantirib chuqur shoirona umumlashmalar chiqarish Asqarning sevimli poetik usullaridan biri edi. Ehtirosli xitoblar, kuchli savollar vositasida she’rga chuqur hayot, falsafiy mazmun bag‘ishlash va uni harorat, hayajon bilan o‘quvchi yuragiga yetkazish shoir ijodida yetakchi o‘rin tutadi.
Qisqa umr ko‘rib, adabiyotimizda chaqmoqdek chaqnab o‘tgan shoirlardan biri Asqar Qosimovdir.
U 1946 yilda Toshkent shahrida tug‘ildi. Hozirgi Milliy universitetning filologiya fakultetini bitirib, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir lavozimida ishladi.
Asqar Qosimov 1985 yilda bevaqt vafot etgan. Uning otashin misralari, qaynoq she’rlari barhayot yashab kelmoqda.
Faoliyati

Uning «Favvora» (1974), «Moviy osmon» (1977), «Zamin ko‘rki» (1979), «Tolbargak» (1980), «Ko‘nglim kabutari» (1982), «Sirlar» (1985) kabi she’riy to‘plamlari bosilib chiqqan. «Obida» («Turdi Farog‘iy»), «Sirlar» nomli dramalari e’lon qilingan. Asqar Qosimov mohir tarjimon sifatida ham tilga tushgan. Buyuk yunon dramaturglari Esxil («Zanjirband Prometey») va Yevripidning («Medeya») tragediyalarini shoir mahorat bilan o‘zbek tiliga ag‘dargan va alohida-alohida kitob qilib chiqargan.
Asqar Qosimov o‘tgan asrning 70-yillarida hassos shoir sifatida elga tanildi. Ilk she’rlaridagi samimiyat, tabiiylik, soddalik, xalqona tiniq ohanglar she’riyat muxlislariga tezda manzur bo‘ldi. Ayniqsa, uning:
Bugun qo‘shni chorboqqa
Kelin tushdi yor-yor.
Ilojim yo‘q bormoqqa,
Ko‘nikaman zor-zor, -
deb boshlanadigan va xalq qo‘shiklari ruhida, ma’yus ohanglarda bitilgan «Yor-yor» she’ri ko‘pchilik sevib o‘qiydigan asarga aylanib ketdi.
Asqar Qosimov she’riyatda rost gapirishni, tuyg‘ularini rang-barang ohanglarda, yorqin timsollarda jonlantirishni yaxshi ko‘rardi. U ozod fikrlar shoiri edi.
Asqar yonib ijod qilgan paytlarda dil dardlarini bemalol so‘zlash, xalq va jamiyatdagi haqiqiy ahvolni ochiq aytish mumkin emas edi. Hukmron mafkura ijod ahlidan soxta sho‘ro g‘oyalarini targ‘ib va tashviq qilishni qattiq talab qilar, bu mafkura tog‘orasiga sig‘magan fikrlar tazyiq ostiga olinar edi. Barmoq bilan sanarli shoirlargina bu tazyiqlardan noroziligini turli majozlar, tashbehlarga o‘rab ifodalashga urinishgan. Buning uchun ham katta dadillik, ijodiy jasorat zarur edi. Asqar ana shunday jasur shoirlar jumlasiga kiradi.
Kichik hayotiy lavhalar, oniy lahzalarni suratlantirib chuqur shoirona umumlashmalar chiqarish Asqarning sevimli poetik usullaridan biri edi. Masalan, u «Uzilgan chechaklar» she’rida yozadi:
Suv uzra ra’nomi, suv uzra gulmi
Maylini oqimga topshirgan?
Chindanam daryomi, chindanam suvmi
Bir dasta chechakni girdobda shopirgan?
Sohilda batsrayib turgan ey maysalar!
Gapiring,
Tilingiz bor bo‘lsa!
Chechaklar qiryuqqa chitsolmay chayqalar...
Nahosh gul shunchalar xor bo‘lsa?
Ana shunday ehtirosli xitoblar, kuchli savollar vositasida she’rga chuqur hayot, falsafiy mazmun bag‘ishlash va uni harorat, hayajon bilan o‘quvchi yuragiga yetkazish Asqar ijodida yetakchi o‘rin tutadi.

Манбаа: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/qosimov_asqar_asrarovich
Сайт фойда берди!
85136 та одамга сайт фойда берди 😊

Лойиҳаларимиз

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — Ўзбек ва дунё исмларининг маъноси. Исмлар маъноси, 2008–2024
Obuna ва GoodGroup лойиҳаси