Chingiz Aytmatov qirg‘iz xalqining ulug‘ yozuvchisidir. Uning nomi XX asrda xalqaro miqyosda tan olingan jahon adabiyotining butok vakillari bilan bir safda turadi.
Ayni vaqtda ko‘pdan-ko‘p taniqli adabiyotshunos olimlar uni L.N.Tolstoy, F.Dostoyevskiy, Folkner kabi adiblar qatoriga qo‘yadilar. Shu ma’noda u hayotlik chog‘idayoq mumtoz (klassik) adib degan yozuvchi uchun nihoyatda sharafli e’tirofga munosib bo‘lgan so‘z ustasidir. Uning asarlari jahonning yetmishdan ortiq tiliga tarjima qilingan.
U qirg‘iz va rus tilida birdek ijod qiluvchi zullisoynayn yozuvchidir.
Qirg‘iz va rus madaniyati, yozma adabiyotining taraqqiyoti darajasidagi, milliy fikrlashdagi, tilidagi o‘ziga xosliklar, farqlar juda katta ekani barchaga ayon. Muallif ayrim asarlarni avval qirg‘iz tilida yozib (masalan, «Oq kema», «Alvido», «Gulsara»), so‘ng qirg‘iz tiliga o‘girildi.
Yozuvchi asarlarida shu kunning dolzarb hodisalari xalq og‘zaki ijodi orqali yetib kelgan afsonalar, rivoyatlar bilan singishib ajib bir yaxlitlik tashkil etadi.
Ch.Aytmatov asarlari ziyo soluvchi quyosh-insoniyat tarixidagi eng ulkan dostonlardan biri sanaluvchi qirg‘iz «Manasi»dir.
Ch.Aytmatov o‘zbek xalqi va o‘zbek adabiyotining katt'a do‘stidir. Vizantiya madaniyati jahon madaniyati ravnaqiga nechog‘li ko‘rsatgan bo‘lsa, o‘zbek madaniyati Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati rivojiga shu darajada ta’sir ko‘rsatgandir, deydi Chingiz Aytmatov (Yozuv-jada ta’sir ko‘rsatgandir, deydi Chingiz Aytmatov).
Yozuvchining deyarlibarcha yirik asarlari o‘zbek tiliga o‘girilgan. Uning qissa, romanlarini o‘zbek kitobxoniga yetkazishda Asil Rashidov, Ibrogim G‘afurov kabi mohir tarjimonlar astoydil mehnat qilmoqdalar. Xalqlar o‘rtasida tinchlikni, adabiyotlar o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash ishida Chingiz Aytmatov davlat va jamoat arbobi sifatida ulkan ishlarni amalga oshirmoqda.
Chingiz Aytmatov 1928-yil 12 dekabrda Qirg‘izistonning Talas vodiysidagi Shakar ovulida tug‘ildi. Bobosi Aytmat og‘a ajoyib qo‘bo‘zchi edi.
U temir yo‘lda ishlashi bilan o‘g‘li To‘raqulni Avliyo otadagi rus-tuzim maktabiga joylashtirdi. Keyinchalik, To‘raqul Aytmatov Qirg‘izis-tonning katta davlat arbobi darajasiga ko‘tarildi.
Biroq, afsuski, shaxsga sig‘inish davrining qurboni bo‘ldi. Chingizning onasi Naima Aytmatova o‘qimishli, oqila ayol edi. Bo‘lajak adibga bolalik yillarida buvisi Oyimxon aya va uning qizi Qoraqiz opa ko‘pdan-ko‘p rivoyat, afsona, qo‘shiqlar aytib berishdi. Yozuvchi asarlariga bolalikdan eshitgan shu rivoyatlarning muayyan ta’siri bo‘lsa, ajab emas. Chingiz avval rus maktabida o‘qidi, so‘ng qirg‘iz maktabida o‘qishni davom ettirdi.
U 1956-1958 yillarda Moskvada Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi
oliy adabiyotchilar kursida tahsil oldi. U turli yillar davomida
Qirg‘izistondagi yetakchi adabiy jurnal «Literaturnie Kirgizistan»ning bosh muharriri, «Pravda» ro‘znomasining jumhuriyatdagi muxbiri, Qirg‘iziston kinematografchilar uyushmasi boshqaruvining raisi bo‘lib ishladi. U jumhuriyat kinosi rivojiga ham katta hissa qo‘shdi. Qirg‘iz kino san’ati ham xuddi badiiy adabiyoti kabi Chingiz Aytmatov asarlarining ekranlashtirilishi misolida jahon miqyosiga chiqdi.
Adib nomini ilk bor xalqaro miqyosda mashhur qilgan asar «Jamila» qissasi bo‘ldi. 1958 yilda yozilgan bu qissa 1959 yili rus va frantsuz tillariga kitob holda e’lon qilingan, ikki yil ichida sobiq Ittifoq va horijdagi o‘ttizga yaqin tilga o‘girildi. Sho‘ro adabiyotida bunday hodisa bo‘lgan emas. Asarni frantsuz tiliga o‘girgan Lui Aragon uni «Muhabbat haqida yozilgan jahondagi eng ajoyib qissa» deb baholadi va hatto maqolaning nomini ham shunday deb atadi.
Qissada Jamila va Doniyorning beg‘ubor, pokiza muhabbatlari asosida inson erki va huquqi, asriy odatlarga faol munosabat ko‘rsatildi. Novatorlik Chingiz Aytmatov ijodining bosh xususiyatidir. «Somon yo‘li» qissasi buning yorqin dalilidir. Asarning Bosh qahramoni To‘lg‘anoy hayotning juda og‘ir mashaqqatlarini boshidan o‘tkazgan. Dahshatli urush eridan, uch o‘g‘lidan judo qilgan. Biroq, bu yetmagandek, takdir uning boshiga yana bir kulfat soladi. Farzandi o‘rniga farzandday bo‘lib qolgan kelini Aliman hayotdan bevaqt ko‘z yumadi. Shunchalar achchiq, shunchalar beshafqat bo‘lasanmi, ey qismat. Biroq, yozuvchi tasavvuricha, qismat batamom beshafqat bo‘lishi mumkin emas. Chunki hayot shunday. Kelinidan To‘lg‘anoyga yodgor bo‘lib nabira qoladi. Uning hayotida hayotning davomi. To‘lg‘anoy avlodlari kasbikorining abadiyati mujassam. Yozuvchi mahorati tabiat va jamiyat, o‘tmish va bugun asotir va yangilik, fantaziya va reallik, afsona va haqiqat uzviyligini badiiy tasvirda namoyon bo‘ladi.
«Oq kema» qissasi adibning ana shu yo‘nalishdagi poklik va adolat, xunrezlik va uning ahloqiy ildizlari, milliy an’analar va insoniy qadriyatlar talqiniga bag‘ishlangan navbatdagi eng go‘zal asarlaridan biridir. Asarda o‘quvchi nurday toza orzular og‘ushida yashovchi, Ona bug‘u hamda Oq kema haqidagi ertaklarning ertak emas, chin ekaniga astoydil ishongan va ularning ro‘yobga chiqishiga ko‘z tutgan Bola: nihoyatda halol, samimiy va haqgo‘y bo‘lishiga qaramay qizi, nabirasi tinchligi va osoyishtaligi deb o‘zlariga qaram va mute’ bo‘lib qolgan, shu bois, hatto Ona bug‘uni o‘ldirishgacha borib yetgan Mo‘min bobo: odam qadri-yu tabiat, milliy qadriyat-u, urf-odat barchasiga bir pul deb qaraydigan vahshiy sifat O‘rozqul singari obrazlarga duch keladi.
Ona bug‘uning o‘ldirilishi natijasida barcha orzu umidlari chilparchin bo‘lgan Bolaning baliqqa aylanib, Oq kemaga yetish maqsadida suvga tushib nobud bo‘lishi ramziga yozuvchi toza umid va insoniy poklikni, ma’naviy tubanlikka qarshi isyonni, barkamollikni ulug‘lovchi katta estetik ma’noni singdirgan.
«Asrga tatigulik kun» romani Chingiz Aytmatovning jahon miqyosi-dagi shuhratiga yangi shuhrat qo‘shdi. «Asarga tatigulik kun» romanida aks ettirilgan voqealar, asosan, Bo‘ronli deb nom olgan temir yo‘l bekatidagi mittigina olti-etti oila yashaydigan ovulchada ro‘y beradi. Ovulcha esa Qozog‘istonning hayhotdek Sario‘zak cho‘lida joylashgan.
Roman kompozitsion nihoyatda mahorat bilan tuzilgan. Undagi voqealar butun umr shu Buronli temir yo‘l bekatida oddiy temiryo‘lchi bo‘lib ishlagan Qozonqopning vafoti, uni dafn etish uchun Ona Bayit qabriston tomon yo‘lga tushish bilan boshlanadi. Asardagi voqealar shu manzilga yetib kelguncha o‘tgan vaqt ichida sodir bo‘ladi. Asarning bosh qahramoni Edigey Jongeldin halol mehnatkash odam. U urushda qatnashgan, urush qiyinchiliklarini ko‘rgan. Bo‘ronli bekatida temiryo‘l ishchisi bo‘lib ishlaguncha boshidan ne-ne ko‘rguliklarni o‘tkazgan, bariga chidagan. Manqurtlar haqidagi rivoyat «Asrga tatigulik kun» romanining butkul zamonaviy ahamiyatini belgilovchi eng muhim qism va romanning butkul hujayralariga singib ketgan yetakchi g‘oyalardan birining manbaidir. Rivoyatga ko‘ra, qadim zamonda Sario‘zak yerlari bosqinchi Junganglar tomonidan zabt etilgan. Ular asir olingan yerda jangchilarning sochlarini tap-taqir qirib, yangi so‘yilgan tuya terisidan boshlariga qalpoq kiygizib, oftob qizig‘ida cho‘lga haydab qo‘yganlar. Qiynoq shu qadar vahshiy va azobli bo‘lganki, ularning ko‘plari chidamay nobu bo‘lgan. Omon qolganlari esa xotira degan narsadan mahrum manqurtga aylangan.
Sario‘zakning ana shunday manqurt yigitlaridan biri Jo‘lomon o‘tmishini xotiralash u yoqda tursin, hatto o‘zini qutqargani kelgan tuqqan volidasini tanimaydi, na urug‘i va otasining nomini eslaydi.
Bu yetmaganidek, jungjanglardan birining o‘rgatuvchi bilan o‘z onasini otib o‘ldiradi. Chingiz Aytmatovning «Qiyomat» romanida ezgulik va oliyjanoblikning, yaxshilik va to‘g‘rilikning, adolat va haqgo‘ylikning, qiyomat-qiyim darajasiga tushayotgan holatlari tabiat, jamiyat, inson va iymon muammolarini aks ettirish orqali ko‘rsatiladi.
Tabiatni paymol etish tufayli ro‘y berayotgan qiyomat darajasidagi payxonliklar, barbodliklar, xunrezliklar o‘z-o‘zidan bo‘layotgani yo‘q. Ularni amalga oshirayotgan qayta ijtimoiy-kuchlar, razil odamlar bor. Bular Akbara bilan Toshchaynarga tabiatda yashash uchun hatto oshyon qolmasligi: tog‘da noyob konga yo‘l ochilishi munosabati bilan ularning uyasi joylashgan qamishzorga butkul o‘t qo‘yilishi tufayli besh bo‘ri bolasining nobud bo‘lishi: Akbara bilan Toshchaynar toqqa qochgandan so‘ng esa, bu yerda yangi dunyoga kelgan to‘rt bo‘ri bolasining endi razil, insoniy xislatlaridan mahrum Bozorboy tomonidan o‘g‘irlanib, aroq olish uchun sotib yuborilishi: Ober-Qandalov boshliq vahshiysiyoq kishilar tomonidan mo‘may pul topish ilinjida sayroqlarga qiron keltirishlari va boshqalar tabiatni qiyomatga solayottan hodisalar emasmi.
Hatto, bu gunohlarni xudo ham, bandasi ham kechiradi, buning uchun tavba-tazarru qilib, to‘g‘ri yo‘lga kirmoq kerak degan va qismatini pgu yo‘lga tikkan Avdiy Kalisratov takdiri-chi. Bu chorlov, bu da’vat uni nashavandlar to‘dasi uni it azobida tepkilab, poyezddan itkitib yuboradi. Shu taxlitda tavba-tazarruga, imonga, to‘g‘ri yo‘lga chorlagani uchun sayroklarga qiron keltirmaslikni zor-zor so‘rab iltijo qilgani uchun Ober-Qandalov boshliqvahshiylar guruhi uni tiriklayin daraxtga osib ketadi. Yozuvchi bu taxlit sodir bo‘layotgan voqealar yangiliklar emasligini, bu kasallik faqat XX asrga kelibgina paydo bo‘lmaganini ta’kidlash uchun tarix asoratlaridan o‘ziga xos qiyos-misol oladi va uning nihoyatda teran, falsafiy ifodasini beradi.
Bu Iso bilan aloqador diniy ta’limotning badiiy talqinidir. «Xudoga muhabbat bilan to‘lmagan dil illatlarga to‘ladi» deydi Iso. «Inchunin, insonga muhabbat bilan limmo-lim bo‘lmagandir ham, vovaylokim, o‘likdir».
Rim noyibi Pontiy Pilat va g‘animlar esa Isoning bu harakatini haloyiqni isyonga chaqirish va xalqni yo‘ldan qaytsa Pontiy Pilat boshini xalos etishga va’da beradi. Ammo, Iso haq yo‘ldan qaytmoqdan ko‘ra azobda jon taslim etishni ravo ko‘radi.
Asardagi eng murakkab obraz Avdiy Kalistratovdir. U xudoga, dinga dil-dilidan, vujud-vujudi bilan ishonadi. Biroq uning fikricha, shu vaqtgacha insoniyat tafakkurida bo‘lib kelgan Xudo eskirgan, shu bois uniyangilash, zamondosh Xudo yaratish kerak. Bu fikridan, o‘zi aytishicha, o‘tda kuydirsalar ham qaytmoqchi emas. «Asr bo‘yi qotib qolgan fikrlarni o‘zgartirish, aqidabozlikdan qutilish, inson ruhiga Xudoni anglashda xurlik berish va Xudoni inson borlig‘ining eng oliy zuhroti deb bilish» Avdiyning din va Xudo haqidagi qarashlarining asosini tashkil etadi. Bu kufrona fikrlari uchun u diniy seminariyadan haydalgan ham. Bir jihatdan, borib turgan shakkok. Bir jihatdan vijdon va imon yo‘lidan adashganlarning tarafdori, jonkuyari, ularni to‘g‘ri yo‘lga solish uchun jonini berishga tayyor, ayni vaqtda, xuddi ana shularning o‘zi tomonidan avval itdek kaltaklanib so‘ng, salkam Isodek qatl etiladi. Avdiyni an’anaviy yo‘sindagi yaxshi yoki yomon kishi obrazi deb atash qiyin. U murakkab obrazdir. Shu fikrdan kelib chiqib, «Qiyomat» romanining bosh qahramoni Iso ham Avdiy Kalistratov ham, Bo‘ston ham yohud Akbara va Toshchaynar ham emas, balki ularning barchasini birlashtirib turuvchi Imondir, deb aytish mumkin.
Insoniyatni, ezgulikni omon sakdab qoluvchi ulug‘ kuch asli yaratganning ma’naviy qudratiga ishonchdan nurlanib turuvchi imondir, demoqchi bo‘ladi yozuvchi.
Ch.Aytmatov asarda ezgulik mohiyatini rang-barang: ilohiy falsafiy, insonparvar asoslar bilan chambarchas aloqadorlikda tasvirlaydi. Zero, ezgulikni talqin etishda bu uch olimning mushtarak birligi yozuvchi g‘oyalarini to‘laqonli badiiy gavdalantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ezgulikning ilohiy asoslari, bir jihatdan, Iso obrazi va ikkinchi jihatdan, diniy seminariyada o‘qib, uni tark etgan Avdiy Kalistratov obrazi orqali ilgari suriladi.
Ezgulikning insonparvar asoslarini Chingiz Aytmatov, ayniqsa, Bo‘ston obrazi orqali ilgari suradi. Bo‘ston zahmatkash, ilg‘or cho‘ponni, ikkinchi sinfda o‘qiyotganida otasi frontda halok bo‘lgan, onasidan ham erta ayrilgan. Uning suyagi mehnatda qotdi. Bir burda nonni o‘zi topib yedi. Shu bois dangasa, ishyoqmas, tullaq, g‘iybatchilarni jinidan yomon ko‘radi, ularga murosasiz. Biroq, o‘z navbatida, xuddi shu sifatlari uchun tashabbuskorligi va umum ishiga jonkuyarligi uchun Bo‘stonni ularning ham ko‘rarga ko‘zi yo‘q. «Dunyoning shafqatsizligi» Avdiyga ham Isoga ham, hatto Akbara va Toshchaynarga ham, shuningdek, Bo‘stonga ham birdek. Bo‘stonning kuydi-pishdiligi, to‘g‘riligi uchun undan qanday qilib o‘ch olishni bilmay yurgan Bozorboyga o‘xshaganlarning unga nisbatan falsafasi ham tayyor «ilgarigi zamonlar bo‘lganida-ku, sirtga suv yuqtirmas quloqvachcha sovet hukumatining sinfiy dushmani sifatida shartta otib tashlanardi-ya, oh-vohiga qaramay. Attang-a u paytlar o‘tib ketdi-da».
Ezgulikning yo‘li doim azobda, lekin nainki azob, hatto qiyomatdagi asosiy falsafasi bo‘lmasa Iso yo‘lidan qaytmasmidi, Avdiy fikrini o‘zgartirmasmidi, Bo‘ston murosaga kelib yashamasmidi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, yozuvchi, adolatli, haqgo‘y Bo‘stonga qarshi Qo‘chqorboyevning Avdiyga qarshi Ober-Qandalovning Isoga qarshi Pontiy Pilatning qarashlarida umumiylik va mushtaraklik bor ekanini katta mahorat va badiiy teranlik gavdalantirib beradi. Adib asardagi obrazlar mohiyatini ochishda, insonparvarlik g‘oyalarini kitobxonga teranroq singdirishda asotirlardan mahorat bilan foydalanadi. Masalan, Eski bulg‘or qo‘shiqlarining ijrosi, shu qo‘shiq ta’sirida Avdiy qalbi, iymonning yanada tozarishi, Iso va Pontiy Pilat o‘rtasidagi gunohlarni yuvish va dil ko‘zlarini ochish haqidagi baxslar, deyarli butun asar davomida barcha jafokash qahramonlarning chorasiz choklarda yaratganga tavallo qilishlari va ngu tavallo mazmunidagi imon, ishonch va tazarrular nurida ular siymosi, tabiatning yanada pokdomonroq bo‘lib borishi romanning hayotiyligi, haqqoniyligi va ta’sirchanligini oshiradi.
Ayni vaqtda «Qiyomat» romanini atoqli tarjimon Ibrogim G‘ofurov o‘zbek tiliga katta mahorat bilan o‘girilganligini ham ta’kidlash kerak.
Qarshi davlat universitetining katta o‘qituvchi A. Hamdamov
Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.
Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.
TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.
TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.
DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.
DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.
Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.
O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.
Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.
O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.
С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.
O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.
Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.