Cho‘lpon

Cho‘lpon
Адабиётшунос, Шоир, Ёзувчи
Таваллуд санаси:
1897 yil
Вафот санаси:
1938 Oktyabr 4

Abdulhamid Chơlpon 1897 yilda Andijonda Qatorterak  mahallsida tơğildi. Otasi Sulaymonqul Mulla Muhammad  nus ơğli ham  dehqonchilik ham hunarmandchilik bilan shuğullangan. Chơlpon Andijonda  eski  maktabda ơqidi, tuzem maktabida ơqib, rus tilini tơliq ơrganadi, Andijon  va Toshkentdagi madrasalarda tahsil kơradi, arab va fors, turk tillarini  mukammal  gallaydi. U butun umri davomida Firdavsiy, Hofiz, Sa'diy,  Umar Xayёm, Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy kabi sơz san'atkorlarining  asarlarini mutaolaa qiladi. 

Tarjimai hol

Chơlpon  Turkistonda keng yoyilgan ma'rifatchilik, jadidchilik harakatining atoqli  namoёndalari Muhammadxơja  Behbudiy, Abdulla  Avloniy, Abdurauf Fitrat,  Munavvarqori Abdurashidxonov asarlarini ơqib ơrganadi.

Chơlpon 1914 yildan chiqa boshlagan  "Sadoi  Turkiston", "Sadoi Farğona" gazetalarida ơz maqolalari bilan qatnashadi.  1920 yilga qadar "Ishtirokin", "Qizil bayroq", "Turkiston", "Buxoro  axboroti" gazetalarida mas'ul lavozimlarda xizmat qiladi.

Chơlpon 20 yillarda "Uyğonish",  "Buloqlar", "Tong sirlari",  "Soz" tơplamlarini  'lon qiladi, "Gơzal  ёzğichlar", "Adabiy parchalar" kitoblari nashr  tiladi, 1926 yilda  "Yorqinoy" dramasi alohida kitob tarzida chop  tiladi.

Chơlpon 1931-1935 yillarda Moskvada  SSSR  MIQ da tarjimon bơlib ishlab turganda "Kecha" romanini ёzib tugallaydi,  Gorkiyning "Ona" romanini ơzbek tiliga ơgiradi. 1935 yil boshlarida  Toshkentga qaytib kelganda Gor kiyning "Egor Bulichev va boshqalar"  p'esasini, Pushkinning "Boris Godunov" fojiasini va "Dubrovskiy"  qissasini,  Ejen Pot'ening "Baynalminal", Robindranat Tagorning "Hoy, yơlovchi qiz", Leonid Andreevning "Yetti osilgan qissasi", Shekspirning  "Hamlet" asarlarini ơzbek tiliga tarjima qiladi. 1936 yilda uning mashhur  "Kecha va kunduz" romani alohida kitob shaklida nashr  tiladi.

Cho‘lpon 1922-1935 yillarda o‘zining «Uyg‘onish» (1922), «Buloqlar» (1923), «Tong sirlari» (1926), «Soz» (1935) kabi to‘rtta she’riy to‘plamini nashr ettirdi. 30-yillarga kelib «Jo‘r» kabi she’riy to‘plamini tayyorladi. Ammo «Soz»i chop etiladi-yu, «Jo‘r» to‘plami qatag‘onlik tuzog‘iga ilinib, qolib ketadi. Shoirning to‘plamlari orasida «Buloqlar» (1923) alohida ajralib turadi.

To‘plam besh bo‘limdan iborat bo‘lib, ular «Sharq uchun», «Sezgilar», «Sevgi», «Qora yo‘llar» va «Qor qo‘ynida» deb nomlanadi. Shoirning o‘zi qayd etishicha, mazkur she’riy guldasta «jahon fotihlari changalida ezilib yotqon Sharq o‘lkalariga» bag‘ishlangan.

Cho‘lpon yetuk lirik shoirgina emas, balki «Novvoy qiz», «Oydin kechalarda», «Qor qo‘ynida lola» kabi o‘nlab hikoyalar, «Kecha va kunduz» (1936) kabi ajoyib roman ham yaratgan iste’dodli adibdir.

U dramaturg sifatida ham salmoqli ijod qilgan. Uning «Halil farang», «Cho‘rining isyoni» kabi kichik pesalari, «O‘rtoq Qarshiboyev», «Mushtumzo‘r» kabi dramalari hamda ko‘p vaqt sahnadan tushmagan «Yorqinoy» pesalari mashhur bo‘lgan. Shuningdek, rus yozuvchisi V. Yan bilan hamkorlikda «Hujum» dramasini yaratgan.

Cho‘lpon mohir tarjimon sifatida V.Shekspirning «Hamlet» fojiasini, A.S.Pushkinning «Dubrovskiy» qissasi va «Boris Godunov» pesasini, M.Gorkiyning «Ona» romanini va boshqa ko‘plab asarlarni o‘zbek tiliga o‘girgan.

Манбаа: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/cho%E2%80%98lpon