Faynberg Aleksandr Arkad'evich

Faynberg Aleksandr Arkad'evich
Шоир, Ёзувчи
Таваллуд санаси:
1939 Noyabr 2
Вафот санаси:
2009 Oktyabr 14

Tarjimai holi

Aleksandr Faynberg Arkadevich 1939 yil 2-noyabr Toshkent tug’ilgan. O’zbekiston xalq shoiri (2004). Toshkent Davlat Unversitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1965). O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslaxatchi (1965-69). 

“Etyud” (1967), “Soniya” (1969), “She’rlar” (1977), “Olis ko’priklar” (1978), “Ijobat” (1982). “Qisqa to’lqin” (1983), “Yoymato’r” (1984), “Erkin sonetlar” (1990) va bilan she’riy to’plamlar muallifi. Faynbergning she’riy ijodida o’tmish bilan hozirgi kun, G’arb bilan Sharq, milliylik bilan baynalmilallik o’zaro tutashib, o’ziga xos badiiy olamni vujudga keltiradi. Faynbergning lirik qaxramoni tarixiy-ijtimoiy silsilalar asrida o’zining insoniy mohiyatini to’la saqlab qolgan, o’zgaga mehr-shafqat va madad qo’lini uzatishga tayyor, ayni paytda yer kurrasida sodir bo’layotgan nohush voqea va hodisalardan iztirob chekuvchi jo’mard insondir. Faynbergning she’riy ijodida rus va Yevropa shoirlarining eng yaxshi badiiy tajribalari sintezlashgan. Sharq mumtoz she’riyati an’analari ham uning ijodiy uslubiga begona emas.

Faynberg ijodining muhim qismini badiiy tarjima tashkil etadi. O’zbek she’riyatini mukammal bilgan shoir Navoiy g’azallari, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Omon Matchon va bilan o’zbek shoirlarining she’r va dostonlarini rus tiliga tarjima qilgan. Faynberg stsenariysi asosida “O’zbekfilm” kinostudiyasida “Mening akam”, “Jazirama oftob tagida”, “Qandahorda toblangandar”, “Tojikfilm” kinostudiyasida esa “Jinoyatchi va oqlovchilar” va bilan filmlar suratga olingan. Faynberg stsenariysi asosida 20 ga yaqin multfilmlar yaratilgan.

Манбаа: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/faynberg_aleksandr_arkadevich_