Yozuvchi Nosir Fozilov adabiyotimizning qutlug‘ dargohiga 50-yillarning ikkinchi yarmida kirib kelgan bo‘lib, hozirgacha jami yetmishdan ortiq kitob chop ettirdi. U 1994 yili o‘zbek va qozoq adabiy aloqalari borasidagi katta xizmatlari uchun Qozog‘iston Prezidenti ta’sis etgan «Tinchlik va ma’naviy hamjihatlik uchun» xalqaro mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Yozuvchi Nosir Fozilov 1929 yili Qozog‘istonning Chimkent viloyatiga qarashli Turkiston tumanining Qorachiq qishlog‘ida dehqon oilasida dunyoga keldi. Buvasi Tursunmuhammad a’lam esa G‘urbatiy taxallusi bilan she’rlar yozgan. Kamiy, Xislat, Sidqiy Xondayliqiylar bilan hamnafas, hamfikr bo‘lib, Toshkentda uning uchta she’riy kitobi chop etilgan.
Nosir Fozilovning bolaligi urush davriga to‘g‘ri kelganligi uchun ham o‘qib, ham mehnat qilgan. Shu tufayli u o‘z tengdoshlaridan ancha kech, ya’ni, 1949 yilda o‘rta maktabni tugatadi. So‘ng Toshkentga kelib, O‘rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi Milliy universitet)ga o‘qishga kiradi va uni 1954 yilda tugatadi. Shundan so‘ng «Gulxan», «Sharq yulduzi» kabi jurnallarda, nashriyotlarda turli lavozimlarda ishlaydi.
Nosir Fozilovning ko‘plab asarlari o‘zga tillarga ham tarjima bo‘lib, nashr etilgan. U 1994 yili o‘zbek va qozoq adabiy aloqalari borasidagi katta xizmatlari uchun Qozog‘iston Prezidenti ta’sis etgan «Tinchlik va ma’naviy hamjihatlik uchun» xalqaro mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Adibning birinchi hikoyasi 1953 yilda bosilgan bo‘lsa, birinchi kitobi 1959 yilda «Irmoq» nomi bilan chop qilinadi. So‘ngra «Oqim» (1962), «Robinzonlar» (1964), «Qush qanoti bilan» (1965), «Qorxat» (1968), «Ko‘klam qiyoslari» (1970), «Diydor», (1979), 2 jildlik «Tanlangan asarlar» (1983-1986), «Bir otar to‘pponcha» (1995) kabi o‘nlab kitoblari nashrdan chiqadi.
Nosir Fozilov tarjimon sifatida, ayniqsa, samarali ijod qildi. U Abay, Muxtor Avezov, Sobit Muqonov, G‘abit Musrepov, G‘abiden Mustafin, Abdulla Tojiboyev, Abdijalil Nurpeisov kabi ko‘plab qozoq adiblari asarlarini o‘zbekchaga ag‘darib, nashr ettirdi. Shuningdek, qirg‘iz, qoraqalpoq va o‘zga tillardan ham ko‘plab sara asarlarni o‘zbekchalashtirdi.
Uning ana shu ijod sohasidagi samarali mehnati zoye ketmadi. 1985 yilda unga «Shum bolaning nabiralari» kitobi uchun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining G‘.G‘ulom nomidagi, 1986 yilda esa qozoq adabiyotidan qilgan tarjimalari uchun Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasining Bayimbet Maylin nomidagi, «Ustozlar davrasida» asari uchun esa Hamza nomidagi Davlat mukofoti berildi. 1990 yilda u O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi unvoniga sazovor bo‘ldi.
Yozuvchi Nosir Fozilov adabiyotimizning qutlug‘ dargohiga 50-yillarning ikkinchi yarmida kirib kelgan bo‘lib, hozirgacha jami yetmishdan ortiq kitob chop ettirdi. Bular orasida o‘ttizga yaqini original asarlar, qolganlari tarjimalardir.
Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.
Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.
TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.
TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.
DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.
DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.
Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.
O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.
Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.
O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.
С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.
O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.
Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.